Rim huquqida shaxslar

Rim huquqida shaxslar

O'quvchilarga / Huquq
Rim huquqida shaxslar - rasmi

Material tavsifi

Rim huquqida shaxslar Reja: 1. Shaxslar tushunchasi. 2. Rim fuqarolarining huquqiy holati. 3. Lotinlar va peregrinlarning huquqiy holati. 4. Qullarning huquqiy holati. 5. Ozodlikka qo'yib yuborilgan shaxslarning huquqiy holati. 6. Kolonlarning huquqiy holati. 7. Yuridik shaxslar. Shaxslar mavzusi Rim huquqida asosiy institutlardan hisoblanib, Persona (persona) deb ataladi. Bu mavzuni yoritishda huquq layoqati Caput (kaput) va uning qanday holatlardan tashkil topishi va kimlar to'liq huquq layoqatiga ega ekanligi, hamda qanday shaxslar to'liq bo'lmagan huquqiy layoqatiga ega ekanligini bilish lozim. Chunki, Rim huquqida qullar huquq obyekti bo'lib hisoblangan, ularni «gapiruvchi qurol» (instrumentum vokale) sifatida tan olingan. Rim davlatida shaxslar huquq layoqatining to'liq bo'lishi va o'zgarishi ishlab chiqarish munosabatlarining o'sishi, rivojlanishi bilan bog'liq bo'lib, ayniqsa savdo munosabatlarining yanada kengayishi natijasida huquq layoqati ham o'zgarib borgan. Rim davlatining iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy rivojlanishini etiborga olib, dastlab nima uchun faqat Rim fuqarolari huquq subyekti sifatida tan olinganligini, keyin Rim davlatida yashovchi boshqa shaxslarning jumladan, libertinlar, kalonlar, lotinlar ham Rim huquqining subyekti sifatida tan olinishi va xususiy huquq tomonidan formal asosda tenglik elon qilishini diqqat bilan kuzatish maqsadga muvofiqdir. Huquq layoqatini o'rganish va muomala layoqatiga tushuncha berish, uning turlariga to'xtalish, qaysi paytdan va qachon muomala layoqatiga ega bo'lish, qanday shaxslarning muomala layoqati cheklanganligi, erkaklar va xotin-qizlarning to'liq muomala layoqatiga erishgan paytini aniqlash lozim. Mavzuni yoritishda vasiylikning o'rnatilishi (tutela) xomiylikning (kura) belgilanishiga, hamda bir-biridan farqini bilish hamda vasiyning roli, ayniqsa xomiylik (kurator) tushunchasiga ko'proq etibor berish kerak. Fuqarolik huquqiy munosabatlarning yanada rivojlanish natijasida qullar huquqiy holatlarining o'zgarishi, yani (pekuliy) asosida huquqiy munosabatlarda qatnashishi va mulkiy javobgarlikni belgilash uchun muhimdir. Qullar tomonidan tuzilgan, ishlab chiqarish xarakteri bilan bog'liq bo'lgan bitimlar yuzasidan kelib chiqqan moddiy javobgarlik uchinchi shaxslar oldida dastlab xo'jayin javob bermagan bo'lsa ham, keyinchalik esa huquqiy munosabatlarning yanada takomillashishi natijasida qullarning xo'jayini to'liq javob bergan. Libertinlarni (ozodlikka qo'yilganu, ammo dastlabki xo'jayiniga qaram) huquqiy holatni aniqlashdi, ayniqsa dastlabki xo'jayiniga qaramligi, meros huquqiy munosabatlarida, aliment olishlikka bo'lgan huquq, yordam olishga bo'lgan huquqlar asosida chegaralanishiga etibor berish lozim. Shuni etiborga olish kerakki, Rim yuristlari «yuridik shaxs» degan tushunchani to'liq anglab yetmaganlar, ammo huquq subyektini «jismoniy shaxs» lardan va tashkilotlardan iborat ekanligini anglaganlar. Rim yuristlari huquq subyektlari sifatida yuridik shaxslar deb davlat xazinasi, jamoa munitsipial senati, bir mutaxassislik bo'yicha ittifoqlar, korporatsiyalarga, teatrlar, non yopuvchi tashkilotlar, dafn qilish ittifoqi va boshqa jamoa tashkilotlarini tushunganlar. Jismoniy shaxslarning yig'indisi deb atalgan va bazi hollarda yuridik shaxslar deb ham tushunilgan. ayniqsa yuridik shaxslarning vujudga kelishi va bekor bo'lish asoslariga, ularning birlashishi, bir-biriga qo'shilishi masalalarini diqqat bilan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.52 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.52 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga