Rim xususiy huquqi - o'quv fani

Rim xususiy huquqi - o'quv fani

O'quvchilarga / Huquq
Rim xususiy huquqi - o'quv fani - rasmi

Material tavsifi

Rim xususiy huquqi - о'quv fani Reja: 1. Rim xususiy huquqi va uning predmeti 2. Rim huquqining tarkib topishida davlat organlari 3. Rim huquqining tarixiy davrlarga bо'linishi 1. Rim xususiy huquqi va uning predmeti Huquq tizimi alohida huquq sohalaridan tashkil topadi. Har bir ilm sohasining о'ziga xos predmeti, ya'ni bahs mavzui mavjud bо'lib, u ana shu mavzui bilan boshqa huquq sohalaridan farqlanadi. Fanning predmeti deganda u yoki bu huquq sohasining normalari vositasida tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarni tushunamiz. Muayyan huquq sohasining predmeti, uning mazmunini tashkil qiluvchi ma'lum doiradagi munosabatlarning xususiyatlari bilan ifodalanadi. Rim xususiy huquqi о'z davrida nafaqat Rim, balki о'zga davlatlar qonunchiligigiga ham manba bо'lib keldi. Hozirgi davrda u deyarli barcha oliy yuridik ta'limmuassasalarida о'quv fani sifatida о'rganiladi va fuqarolik huquqi fanining asosiy tartiblari va nazariy kategoriyalariga nisbatan о'z mavqeini saqlab keladi. Shunday ekan,biz umum tan olgan an'anaga muvofiq, о'quv fani sifatida Rim huquqining predmetini aniqlab olishimiz lozim. Rim huquqi, jumladan Rim xususiy huquqi qadimiy va о'lmas madaniy, siyosiy, huquqiy qadriyatlarga kiradi. U qadimiy va navqiron shahar Rimda bundan 2,5 ming yil avval paydo bо'lgan. Rim huquqi qoidalarining aksariyati kо'pgina davlatlarida qabul qilingan va shu vaqtgacha Yevropa, Amerika, Rossiya va boshqa davlatlar qonunchiligiga ta'sir о'tkazib kelmoqda. Rim huquqi mashhur XII jadval qonunlari adolat va insof, ya'ni yaxshi ezgu niyatlar mezonlari nuqtai nazaridan ishlab chiqilganligi uning juda yuqori baholanishiga sabab bо'ldi. Bu qonunlar о'zgarmas huquqlardan iboratligi bilangina emas, balki hayot taqozosi va sharoitga qarab odilona talqin etilishi bilan ham bezavol qonunlarga aylandi hamda kо'p zamonlar va xalqlarning huquqiy normalariga asos bо'la oldi. Buni hammadan avval ulug' nemis faylasufi Gegel tushungan edi. U Rim huquqi qonunlari turmush talabalariga tо'g'ri kelmay qolgan taqdirda Rim yuristlari о'z talqinlarida doimo bir xilda turmaganliklarini kо'rsatgan edi. Shu tariqa Rim pretorlari va huquqshunoslari qadimgi qonunlarning adolatparvar ruhini saqlagan holda Rim huquqining shaklan qotib qolgan qismidan, ya'ni hayot voqeligiga zid keladigan qonunlardan qutila borganlar, pirovardida qonunning asosiy vazifasini kuchaytirganlar, uni takomillashtirganlar. Tarixga chuqurroq nazar tashlasak, kishilarning xattiharakatlari ularning ehtiyojlari, manfaatlari va fe'latvorlaridan kelib chiqishiga amin bо'lamiz, - deb yozgan edi Gegel. Rim huquqshunoslari ham shu mazmundagi sо'zlarni yozib qoldirganlar. Bu о'rinda gap, albatta, qonunni har kim о'zi xohlagancha о'zgartiraverishi haqida emas, balki zamon, odat va odob taqozosi bilan qonun talablarini odilona va oqilona talqin etish haqida bormoqda. Rim qonunlari ana shunday talqin etish uchun imkon bergan. Bu esa ularga ustuvorlik, barqarorlik baxsh etgan. Demak, Rim huquqi qonunlarining kuchqudrati, о'lmas ahamiyati unga ijodiy yondashish imkoniyatining mavjudligidadir. Shuning uchun ham ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34.3 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34.3 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga