Rim xususiy huquqining manbalari va subyektlari

Rim xususiy huquqining manbalari va subyektlari

O'quvchilarga / Huquq
Rim xususiy huquqining manbalari va subyektlari - rasmi

Material tavsifi

Rim xususiy huquqining manbalari va sub'yektlari Reja: Rim huquqi manbalari 2. Rim huquqi subyektlari 1. Rim huquqi manbalari Rim huquqi manbalarining muhim tomonlarini teranroq tushunmoq uchun avval ularning aniq tasnifi bilan mufassal tanishib chiqish lozim bо'ladi. Shu bois endi turli tabaqa huquqlarining ta'rifiga о'tamiz. Avvalo shuni qayd etish lozimki, huquqning mazmuni jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni bilan bog'liq degan gapda ham jon bor, ammo, shu bilan birga, jamiyatning ma'naviy holati ham bunda katta ahamiyatga ega. Rim huquqi bilan shug'ullangan olimlarning kо'pchiligi hokimiyat tepasida turgan sinf vakillari о'z xohish-irodalarini, inon-ixtiyorlarini huquq yо'li bilan о'tkazishga intilganliklarini va bunga erishganliklarini ta'kidlaydilar. Shuning uchun ham ular hukmron sinfning iroda-ixtiyorini Rim huquqining asosiy manbai deb hisoblaydilar. Ammo bu irodaning shakllanishida asosiy о'rinni egallagan manbalar ham mavjud va ular odat, qonunchilik, magistrlar ediktlari, huquq fanlaridan iborat. Quyida ularga alohida tо'xtalamiz. 1. Odat - insonlar hayotida, ajdodlar turmushida yuzaga kelib avloddan avlodga о'tib rivojlanib keladigan odob-axloq normalari. Odat rasmiy hujjatda yozilib mustahkamlanmasa ham xalq ongida saqlanib keladi hamda kо'p marta takrorlanishi natijasida normativ kuchga ega bо'lib ketadi va hayot muammolarini tartibga solishga xizmat qiladi. Rim huquqshunosi Pomponiy: Davlatchiligimizning boshlang'ich davrlarida xalq aniq yozilgan qonunlarsiz, aniq qayd etilgan huquqiy qoidalarsiz yashagan va hamma narsa rekslar hukmi bilan boshqarilgan, - deb yozgan edi. Keyinchalik qonunlar qabul qilina boshlagan, qoidalar о'rnatilgan. Ammo shu bilan qadimiy odatlar birdan unutilgan emas. Ularning Rim huquqiga ta'siri va hattohuquqiy kuchi uzoq vaqtgacha saqlangan. II asrdayoq, huquqshunos Yustinian odatlarning Rim huquqi manbalaridan biri ekanligini quyidagicha ta'riflangan: Qadimiy ildiz otgan odat qaror topgan huquqiyqoida sifatida qabul qilinadi va bu huquq xalq tabiatiga mos huquq darajasini oladi. Modomiki, agar qoidalar xalq tomonidan qabul etilishi lozim bо'lsa, xalqqa ma'qulkelgan (ammo hali rasmiy hujjatga tushmagan) odatlar ham qonun о'rniga о'ta oladi. Chunki xalq о'z xohishini ovoz berish yо'li bilan e'lon qildimi yoki kundalik ishibilanmi, buning farqi yо'q. 2. Qonunchilik va qonunlar. Yozilmagan huquq hisoblanmish odatlardan farqli ravishda davlat idoralari tomonidan chiqarilgan qonun va farmonlar yozma huquqnormalaridan iborat bо'ladi. Ular davlat tashkilotlarining maxsus faoliyati natijasida yuzaga keladi. Qonun davlat oliy idoralari faoliyatining natijasidir. Rimda qattiq siyosiy kurashlar natijasida yuzaga kelgan siyosiy о'zgarishlar, davlat tо'ntarishlari tabiiy ravishda qonun chiqaruvchi idoralarning ham о'zgarishigaolib kelgan. Ilk davrlarda xalq majlislari shunday idora bо'lgan, sо'ng prinsipat davrida - senat va, nihoyat, monarxiya davrida imperator qonun chiqarish funksiyasini bajargan.Demak, qonunlar manbaini ham xalq majlisining yoki senatning qarori yoxud imperatorning konstitutsiyasi tashkil etgan. Rim davlatining kengayishi, uning rivojlana va mustahkamlana borishi bilan yozma huquq qoidalarning yetishmasligi, ulardagi noaniqliklar, ularining ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.53 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.53 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga