Rossiya podsholigi mustamlakachiligi davrida O'zbekiston hududida davlat va huquq Reja: O'rta Osiyoning Rossiya podsholigi tomonidan bosib olinishi va Turkiston o'lkasining siyosiy tuzumi Rossiya podsholigi protektorati sifatida Buxoro amirligi va Xiva xonligining siyosiy tuzumi O'rta Osiyoning Rossiya podsholigi tomonidan bosib olinishi va Turkiston o'lkasining siyosiy tuzumi XVI asrning 50-yillarida markazlashgan rus davlatining tashkil topishi jarayoni dastlab o'z atrofidagi unga doimo tahdid qilib kelgan davlatlarga zarba berish va ularni bosib olish yo'nalishida bo'lsa, keyinchalik qo'shni mamlakatlarning yerlarini ochiqdan-ochiq turli sabablar bilan bosib olish siyosatiga aylanadi. Rossiya imperiyasining qo'shni davlatlarni, xususan, o'zbek xonliklarining yerlarini bosib olishga, ularning ichki ishlariga aralashishga qaratilgan siyosati o'zining chuqur va uzoqni ko'zlovchi maqsadlariga ega. Mustamlaka sharoitida Qo'qon xonligi hududida tashkil etilgan Turkiston o'lkasi, ya'ni Turkiston general-gubernatorligi Rossiyaning chekka o'lkalaridan biri bo'lib qoladi. Unda harbiy-xalq boshqaruvi tuzumi joriy etiladi. O'lkaning huquqiy manbalari o'ziga xos ko'rinishda bo'lgan. Buxoro ustidan Rossiyaning homiyligi (protektorati) o'rnatilib, mustamlaka davlatga aylantiriladi. Bu davrda davlat markazlashgan davlatga aylantiriladi. Xiva xonligi ham Buxoro amirligi singari vassal davlatga aylantiriladi. Amudaryoning o'ng qirg'og'idagi yerlar Rossiya tarkibiga kiritilib, xon faoliyati shu yerdagi boshliq orqali nazorat etib borilgan. Shunday bo'lsa-da, uning Buxorodan farqi oliy hokimiyat xon qo'lida qolib, faqat tashqi to'laligicha, ichki siyosat esa qisman chegaralanadi. Shu o'rinda ta'kidlash lozimki, bu davrda Xiva xonligi va Buxoro amirligi hududiy-siyosiy nuqtai nazardan Rossiya, Angliya va Afg'oniston, Eron manfaatlari to'qnashgan nuqtaga aylanadi. Agarda, ushbu davlatlar hududi ruslar qo'liga o'tsa, ular uchun Hindiston sari yo'l ochilib, Angliya manfaatlari Afg'oniston va Hindistonda xavf ostida qolishi mumkin edi. Shu jihatdan, aynan Xiva xonligiga yurishdan oldin Peterburgda Rossiya va Angliya o'rtasida tuzilgan bitim talablariga muvofiq, har ikkala davlat o'z an'anaviy davlat va huquq tizimini saqlab qoladi. O'zbek davlatchiligining so'ngi bosqichlaridan biri, yangi davr - bu aynan rus podsholigi mustamlakachiligi davri bo'lib hisoblanadi. Chor Rossiyasi XVI asrning ikkinchi yarmidan boshlab O'rta Osiyo yerlarini bosib olishni maqsad qilib qo'yadi. Shu maqsadni amalga oshirish, o'lkadagi foydali qazilmalarning miqdori va joyini aniqlash maqsadida mintaqaga ketma-ket ekspeditsiyalar uyushtiriladi. XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib Rossiya imperiyasi O'rta Osiyo xonliklarini bosib olishga kirishadi. Mahalliy davlatlar o'rtasidagi siyosiy tarqoqlik Rossiya hukumatiga qo'l keladi. Xonlar orasida yakdillikning yo'qligi, qurollangan doimiy qo'shinlarning joriy etilmaganligi ularning mag'lubiyatiga sabab bo'ldi. Oqibatda 30-40-yil davomida olib borilgan yurishlar tufayli O'rta Osiyoda rus podsholigining hukmronligi o'rnatiladi. 1868-yilga kelib Rossiya Qo'qon xonligi hududining yarmini egallab ulguradi. Shu yil 29-yanvar 13-fevral kunlari oralig'ida Qo'qon xonligi bilan Rus davlati o'rtasida savdo bitimi imzolanadi. Bu bitim Qo'qon xonligining siyosiy jihatdan Rossiyaga qaramligini ta'minlaydi. Bu vaqtda xonlik hududi ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:14:45
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.98 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:58
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:14 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.98 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:58 ]
Arxiv ichida: doc