Rossiya siyosiy va huquqiy ta'limotlarining ayrim xususiyatlari

Rossiya siyosiy va huquqiy ta'limotlarining ayrim xususiyatlari

O'quvchilarga / Huquq
Rossiya siyosiy va huquqiy ta'limotlarining ayrim xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Rossiya siyosiy va huquqiy ta'limotlarining ayrim xususiyatlari Reja: 1. Kirish 2. Ma'rifatparvarlik yo'nalishi vakillarining siyosiy-huquqiy qarashlari 3. Slavyanofillar va g'arbchilar yo'nalishi vakillarining siyosiy-huquqiy qarashlari 4. Liberal yo'nalish vakillarining siyosiy-huquqiy qarashlari Rossiya siyosiy-huquqiy madaniyati o'zining xususiyati va an'analariga egadir. Ular bir qancha omillar ta'sirida shakllandi. Bu omillar orasida Rossiyaning jug'rofiy-siyosiy holati, uning Sharq bilan Farb o'rtasida joylashganligi, katta hududiy makonga egaligi va iqlimiy sharoitlari, aholi tarkibining xilma-xilligi, xo'jalik faoliyati, ijtimoiy-madaniy turmushi, an'analari va e'tiqodlarini eslatib o'tish kifoyadir. Rossiya davlati ko'p millatli bo'lganligi uchun muayyan darajada milliy, tarixiy, diniy, ijtimoiy-madaniy xususiyatlarni hisobga olishga majbur edi. Masalan, muayyan siyosiy maqsadlarga bo'ysundirilgan shaklda rus davlati qonunlari bilan bir qatorda shariat, odat huquqi va boshqa huquq tizimlari ham harakatda bo'lgan. Ko'p asrlar davomida Rossiyada hukm surgan mustabid hokimiyat tuzumi, aholining aksariyat qismini huquqsizligi, ichki va tashqi siyosatda asosan zo'rlik usullariga amal qilish, mamlakatning boshqarishda markazlashgan byurokratik tizimga tayanish, har qanday erkin fikrning bostirish siyosati mamlakatning iqtisodiy, siyosiy va huquqiy hayotining qoloq va to'rg'un holatda qolishiga sabab bo'ldi. XI-asrda vujudga kela boshlagan rus siyosiy va huquqiy ta'limotlarida mustaqillik, davlatning markazlashtirish, kuchli, cheklanmagan mustabid podshox hokimiyatini o'rnatish g'oyalari o'z aksini topadi. Bu ta'limotlarda pravoslav cherkov bilan davlat o'rtasidagi o'zaro munosabatlar masalalari ham katta o'rin olgan. Provaslav cherkovi davlatning idoralaridan biridir. U podshoh hokimiyatiga bo'ysunishi shart, degan fikr keng targ'ib qilindi. Mamlakatni qoloqlikdan chiqarish zarurligini anglash Petr I davridan boshlab rus davlatchiligining eng muhim strategik vazifalaridan biri bo'lib qoldi. Keyingi davrlarda ham Rossiyaning Farbiy Yevropailg'or mamlakatlariga nisbatan orqada qolganligi, iqtisodiy va madaniy, siyosiy va huquqiy ahvolining Yevropaga taqqoslab baholash va zarur bo'lgan islohotlarni amalga oshirish muammolari siyosiy fikr diqqat markazida bo'ladi. Rus davlati o'zining hududiy va etnik tarkibi jihatidan Yevropakontinentiga mansub davlat sifatida shakllandi. Bunga xristianlikning ta'siri katta bo'ldi. Xristianlik 988 yil Kiyev Rusi knyazi Vladimir davrida qabul qilindi va davlat dini sifatida Rossiya ijtimoiy-siyosiy hayotida katta rol o'ynadi. Rus davlati taraqqiyotining hamma bosqichlarida rus davlatchiligining boshlanishi va ildizi Kiyev Rusi ekanligi haqidagi g'oya o'qtirilib kelindi. Rossiyaning mo'g'ullar zulmidan ozod qilinishi, Moskva knyazligi zaminida markazlashgan rus davlatining shakllanishi va mustahkamlanishi davriga kelib Kiyev Rusi va Moskva davlati tarixining ildizi bir ekanligi haqidagi g'oya xukumron davlat mafkurasi darajasiga ko'tarildi. Bu g'oya Moskva hukumdorlarining Kiyev buyuk knyazlari orqali dunyopodshohi hisoblangan Rim imperatori Avgust bilan vorislik aloqasi borligini va provaslav xristianligining yagona homiysi Moskva hukumdorlaridir, degan fikrni asoslashga xizmat qilishi kerak edi. Moskva qadimiy Rim va Konstantinopoldan keyingi uchinchi Rim, deb e'lon qilinishi shu bilan izohlanadi. Bu ta'limotni Pskov ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 74.38 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 74.38 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga