Rossiyada Oktyabr to'ntarilishi va Turkiston o'lkasida bolsheviklar hokimiyatining o'rnatilishi

Rossiyada Oktyabr to'ntarilishi va Turkiston o'lkasida bolsheviklar hokimiyatining o'rnatilishi

O'quvchilarga / Huquq
Rossiyada Oktyabr to'ntarilishi va Turkiston o'lkasida bolsheviklar hokimiyatining o'rnatilishi - rasmi

Material tavsifi

Rossiyada Oktyabr to'ntarilishi va Turkiston o'lkasida bolsheviklar hokimiyatining o'rnatilishi Reja: 1. Turkistonda Sovet hokimiyatining o'rnatilishi. 2. TASSRning tashkil topishi va uning 1918, 1920 yillardagi Konstitutsiyalari. 3. TASSR qonunchiligi 1. Turkistonda Sovet hokimiyatining o'rnatilishi 1917 yil 27 fevralda Petrogradda burjua-demokratik inqilobi g'alabasi Turkiston o'lkasiga ham o'z ta'sirini o'tkazdi. Natijada Turkistonda ham ishchi va soldat deputatlari Sovetlari va har xil toifalar vakillaridan tuzilgan ijroiya komitetlari tashkil etila boshlandi. Toshketning hamma dahalari vakillari to'planib «Sho'roi Islom» tashkilotini tuzishgan. 1917 yilning mart oyida o'lka muxtoriyati masalasi Turkiston ijtimoiy-siyosiy hayotida asosiy masala bo'lib qoldi. Turkistonga muxtoriyat maqomini berish g'oyasi nafaqat demokratik ziyolilar o'rtasida, hatto oddiy fuqarolar orasida ham keng tarqalgan. 31 mart kuni rus podshosining o'lkadagi tayanchi- Turkiston general gubernatori hokimiyatni tark etdi. 1917 yil 7 aprelda Muvaqqat hukumat qarori bilan Shchepkin raisligida Turkiston komiteti tashkil qilingan. 9 kishidan iborat bu komitet a'zolarining 4 tasi: Davlat Dumasining azosi A.Bukeyxonov, II-chaqiriq Davlat Dumasi azosi Muhammadjon Tinishboev, II-chaqiriq Davlat Dumasining azosi Sadri Nizamovich Maqsudov va general mayor Abdulaziz Davlatshin bor edi. Aslida, Muvaqqat hukumat Turkiston general-gubernatorligi bilan almashtirilib, o'lkani mustamlakachilik uslubida boshqarishning tashqi lavhasigina o'zgartirilgan, uning mohiyati esa avvalgicha qolavergan. Buning natijasida, Turkiston qo'mitasi bilan mahalliy jamoat tashkilotlari o'rtasida qarama-qarshilik vujudga keldi. Turkiston mahalliy aholisining oshib borayotgan ijtimoiy-siyosiy faolligi sharoitida Toshkentda 1917 yil 16 aprelida «Sho'roi Islomiyaning Toshkent tashkiloti tashabbusi bilan chaqirilgan Butunturkiston musulmonlarining I-qurultoyi ish boshladi. Bu sezdda o'lkadagi barcha tub xalqlarning vakillaridan iborat 150 ta delegat qatnashgan. Rayosat tarkibiga Munavvar qori, Ubaydulla Xo'jaev, Sherali Lapin, Mustafo Cho'qaev, Toshpo'latbek Norbo'tabekov, Ahmad Zaki Validiy, Sodiq Sattorov, Islom Shoaxmedov, Abdurahmon O'razaev, Mulla AbduMahmud Mahmudov, Serekboy Akaev, Axmadbek Qo'ybokarov, Sobirjon Yusupovlar kirgan. Sezd kun tartibiga hukumatga munosabat; Rossiyada idora qilish shakli to'g'risida; Tasis majlisiga tayyorgarlik ko'rish haqida; Turkistondagi mahalliy fuqarolar muassasalari; Turkistonda diniy-shariat muassasalari; maktablar, madrasalar va vaqflar; moliyaviy ishlar; avvalgi zamondan qolgan muassasalarni yangilash; Turkistondagi barcha musulmonlarga rahbarlik qiluvchi islom diniy boshqaruvini tuzish to'g'risida» oziq-ovqat masalasi; urushga munosabat; front ortida (mamlakat ichkarisida) xizmat qiluvchilar haqidagi masala; «Sho'roi Islom»ni o'lka miqyosida birlashtirish to'g'risida; «Sho'roi Islomiya»ning ijroiya qo'mitalariga munosabat; Rossiya Umummusulmonlar sezdiga delegatlar saylash haqida; yer-suv to'g'risidagi masalalar kiritilgan edi. Sezdning so'nggi majlisida Markaziy rahbarlik organi - Turkiston o'lka musulmonlar Sho'roi (O'lka mus sho'rosi)ni tuzish to'g'risida qaror qabul qilindi. O'lka musulmon sho'rolarini tuzish milliy harakatiga uyushgan va markazlashgan tus bag'ishlash uchun barcha tarqoq, bir-biri bilan o'zaro bog'lanmagan musulmon jamiyatlari, qo'mitalari va ittifoqlarini birlashtirishni ko'zda tutardi. O'lkamussho'roning 1917 yilda bo'lib o'tgan majlisida Nizom qabul qilindi. Nizomga muvofiq barcha shahar, uezd, volost, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 46.63 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 46.63 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga