Sanoat mulkiga bo'lgan huquq. O'simliklarning yangi navlari va hayvonlarning yangi zotlariga bo'lgan huquq

Sanoat mulkiga bo'lgan huquq. O'simliklarning yangi navlari va hayvonlarning yangi zotlariga bo'lgan huquq

O'quvchilarga / Huquq
Sanoat mulkiga bo'lgan huquq. O'simliklarning yangi navlari va hayvonlarning yangi zotlariga bo'lgan huquq - rasmi

Material tavsifi

Sanoat mulkiga bo'lgan huquq. O'simliklarning yangi navlari va hayvonlarning yangi zotlariga bo'lgan huquq. Oshkor etilmagan axborotni noqonuniy foydalanishdan muhofaza qilish Reja: Patentga bo'lgan huquq va shaxsiy huquqlar Patentga bo'lgan huquqni boshqa shaxslarga o'tkazish tartibi Seleksiya yutug'i tushunchasi Seleksiya yutuqlarini huquqiy himoyaga layoqatlilik shartlari Seleksiya yutuqlariga patent berish tartibi Seleksiya yutug'i muallifining huquq va majburiyatlari Seleksiya yutug'iga nisbatan patent egasining huquq va majburiyatlari Oshkor etilmagan axborotni muhofaza qilish shartlari Oshkor etilmagan axborotdan g'ayriqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlik. Oshkor etilmagan axborotga nisbatan huquqni boshqa shaxslarga o'tkazish tartibi Sanoat mulki obyektlari intellektual mulk obyektlarining tarkibiy qismi hisoblanadi. «Sanoat mulki» iborasini tom manoda tushunmaslik lozim. Ushbu iborani qo'llash XVII-XIX asrlarda Yevropamamlakatlarida huquqiy yorliq - patent orqali muhofaza qilinadigan ixtirolar - texnik tusdagi yechimlarni, asosan, sanoat sohasida qo'llanganligi bilan bog'liq. Hozirgi vaqtda sanoat mulki nafaqat sanoatda, balki amaliyotning, turmushning hamma sohalarida keng qo'llaniladi. Garchi bu ibora unchalik aniq-ravshan bo'lmasa ham, biroq qonunshunoslikda mustahkam o'rnashib qolgani sababli xalqaro konvensiyalarda, rivojlangan mamlakatlar qonunlarida intellektual mulk huquqi obyektlarini huquqiy muhofaza yorlig'i asosida himoya qilinadigan katta bir guruhining nomi sifatida an'anaviy jihatdan keng qo'llanib kelmoqda. Sanoat mulkini muhofaza qilish bo'yicha Parij konvensiyasida sanoat mulkining muhofaza obyektlari sifatida quyidagilar ko'rsatiladi: 1) ixtirolar; 2) foydali modellar; 3) sanoat namunalari; 4) tovar belgilari; 5) xizmat ko'rsatish belgilari; 6) firma nomi; 7) manbani ko'rsatish; 8) tovarning kelib chiqish joyi nomi (1-2-moddalar); 9) g'irrom raqobatning oldini olish. Amaldagi FKda sanoat mulkiga bo'lgan huquq ixtiro, foydali model sanoat namunasiga bo'lgan huquq sifatida nazarda tutiladi. FKning 1082-moddasiga asosan ixtiro, foydali model, sanoat namunasi yaratilish fakgi bo'yicha emas, balki maxsus huquqiy muhofaza yorlig'i hujjati - patent berilgan taqdirdagina himoya qilinadi, qo'riqlanadi. Huquqiy muhofaza yorlig'i - ixtiro, foydali model va sanoat namunasiga nisbatan patent dastlabki patent deb ataladi. Ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga nisbatan qo'yil-digan, patent olish huquqini vujudga keltiradigan talablar hamda patent idorasining bunday hujjatni berish tartibi O'zbekiston Respublikasining 2002 yil 29 avgustda qabul qilingan «Ixtiro-ar, foydali modellar va sanoat namunalari to'g'risida»gi Qonun (bundan keyin matnda Qonun deb yuritiladi) bilan belgilanadi. Ixtironing patentga layoqatlilik shartlari ushbu Qonunning 6-moddasida belgilab qo'yilgan. Bunga asosan, ixtiro sifatida ko'rsatilgan obyekt (yani amaliy ahamiyatga ega bo'lgan muammoning yechimi) agar u yangi, ixtirochilik darajasiga ega bo'lsa va uni sanoatda qo'llash mumkin bo'lsa, patent asosida huquqiy muhofaza qilinadi. Agar ixtiro texnika taraqqiyoti darajasidan malum bo'lmasa, u yangi deb hisoblanadi. Ixtiro texnika taraqqiyoti darajasi haqidagi ma'lumotlardan yaqqol ayon bo'lmasa, u ixtirolik darajasiga ega bo'ladi. Texnika taraqqiyoti darajasi ixtiro ustuvorligi sanasiga qadar jahonda ommaga oshkor bo'lgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 108.37 KB
Ko'rishlar soni 68 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:58 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 108.37 KB
Ko'rishlar soni 68 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga