SANOAT, TRANSPORT, ALOQA, MUDOFAA VA BOSHQA MAQSADLARGA MO'LJALLANGAN YERLAR TO'G'RISIDA TUSHUNCHA VA HUQUQIY HOLATINING UMUMIY XUSUSIYATLARI Reja: 1. Sanoat maqsadlarga mo'ljallangan yerlar to'g'risida tushuncha. 2. Transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo'ljallangan yerlar to'g'risida tushuncha. Sanoat va transport,aloqa,mudofaa va boshqa maqsadlarga mo'ljallangan yerlar to'g'risida tushuncha Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo'ljallangan yerlar Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo'ljallangan yerlarga belgilangan maqsadlarda foydalanish uchun yuridik shaxslarga berilgan yerlar kiradi. Bu toifadagi yerlar tashkilotlarga yuklangan vazifalarni bajarish uchun belgilangan tartibda me'yoriy yoki loyiha-texnik hujjatlar asosida beriladi. Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarda foydalaniladigan yerlarning maydoni 2023-yil 1-yanvar holatiga ko'ra, 767,7 ming gektar, ya'ni jami yerlarning 1,71 foizini tashkil qiladi. Ushbu toifa tarkibiga kiruvchi yerlar tushunchasi O'zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 69-moddasida belgilangan. Unga ko'ra: Sanoat maqsadlariga mo'ljallangan yerlar deganda sanoat korxonalariga, shu jumladan kon sanoati, energetika korxonalariga ishlab chiqarish va yordamchi binolar hamda inshootlar qurish uchun doimiy foydalanishga berilgan yerlar tushuniladi. O'zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 70-moddasida ko'rsatilishicha, sanoat korxonalari o'zlari foydalanmayotgan yerlarni tuman va shahar hokimlarining qaroriga binoan yuridik va jismoniy shaxslarga vaqtincha foydalanishga berishlari mumkin Transport maqsadlariga mo'ljallangan yerlar jumlasiga temir yo'l, ichki suv transporti, avtomobil, havo va truboprovod transporti korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga transport inshootlari, qurilmalari va boshqa obyektlaridan foydalanish, saqlash, qurish, rekonstruksiya qilish, ta 'mirlash, takomillashtirish va rivojlantirish sohasida ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun doimiy foydalanishga berilgan yerlar kiradi. Truboprovod, quvur - suyuqlik yoki gazni katta diametrli truba (quvur) orqali muayyan masofaga yetkazib beruvchi transport turi Aloqa maqsadlariga mo'ljallangan yerlar jumlasiga aloqa liniyalarini hamda ularga tegishli inshootlarni joylashtirish uchun aloqa, radio eshittirish, televideniya va axborot korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga doimiy foydalanishga berilgan yerlar kiradi. Korxona - yuridik shaxs huquqiga ega bo'lgan mustaqil xo'jalik yurituvchi subyekt. Mahsulotlar, tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko'rstish, ishlarni bajarish uchun tashkil etiladi. Iqtisodiy faoliyatning xilma-xil turlari bilan shug'ullanadi. Davlat, jamoa, qo'shma, yakka (oila, xususiy) korxonalar bor Muassasa - ta'lim-tarbiya ishlarini olib boruvchi, belgili shtat va ma'muriyatiga ega bo'lgan tashkilot. ◆ Davlat muassasalari. Ijtimoiy muassasalar. Ilmiy muassasalar tashkilot - bu faoliyati bosh maqsadga erishish uchun ongli ravishda muvofiqlashtiriladigan odamlar guruhi. tashkilot tushunchasi fransuz organization, organizer - tashkil etish, yaratish, birlashtirish, tartibga solish, biriktirish so'zidan kelib chiqqan. Menejmentda tashkilot tushunchasidan ikki ma'noda foydalaniladi: tashkilot boshqaruvning funksiyasi - jarayon sifatida; tashkilot korxona, muassasa sifatida, ya'ni odamlar va ularning ishlashi uchun sharoitlar. Transport maqsadlariga mo'ljallangan yerlarga, kabel va aloqa havo liniyalari va elektr uzatish liniyalari o'tgan yerlarga tutash yerlarda qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:14:45
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.35 MB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:58
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:14 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.35 MB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:58 ]
Arxiv ichida: pptx