Sanoat, transport, aloqa, mudofaa yerlarining huquqiy holati Reja: 1. Sanoat yerlarining huquqiy holati. 2. Transport yerlarining huquqiy holati. 3. Aloqa yerlarining huquqiy holati. 4. Mudofaa ehtiyojlari uchun mo'ljallangan yerlarning huquqiy holati Sanoat yerlari mamlakatimiz yer fondi tizimida transport, aloqa, mudofaa maqsadlariga mo'ljallangan yerlar bilan birgalikda alohida mustaqil toifani tashkil etadi. Sanoat yerlarining huquqiy holati O'zbekiston Respublikasining Yer kodeksi (69-70-moddalar) hamda sanoat maqsadlariga mo'ljallangan yerlardan foydalanish tartibini belgilovchi maxsus qonun osti me'yoriy hujjatlari bilan tartibga solinadi. Sanoat yerlari tushunchasi O'zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 69-moddasida belgilangan. Unga ko'ra, sanoat maqsadlariga mo'ljallangan yerlar deganda sanoat korxonalariga, shu jumladan kon sanoati, energetika korxonalariga ishlab chiqarish va yordamchi binolar hamda inshootlar qurish uchun doimiy foydalanishga berilgan yerlar tushuniladi. Demak, sanoat yerlari sanoat korxonalarining ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun berilgan yer maydonlaridan iborat bo'ladi. Sanoat yerlarining huquqiy holati tushunchasi o'z ichiga sanoat yerlaridan foydalanish tartibi, shu toifa yerlarni boshqarish, sanoat korxonalarining yerdan foydalanishdagi huquq va majburiyatlari kabilarni oladi. Shuningdek sanoat yerlarini muhofaza qilish, yer kadastri ma'lumotlarini yuritish, davlat nazorati kabi harakatlar ham sanoat yerlari huquqiy holatini belgilashda alohida ahamiyat kasb etadi. Sanoat maqsadlariga mo'ljallangan yerlar Respublikamiz qonunchiligiga ko'ra davlat mulki hisoblanadi. Shuning uchun sanoat yerlari davlatning yerga nisbatan mulk huquqini amalga oshiruvchi tegishli mahalliy hokimiyat organlari tomonidan sanoat korxonalariga doimiy egalik huquqi asosida beriladi. Demak, yer qonunchiligining yerdan doimiy egalik huquqi asosida foydalanishga taalluqli bo'lgan barcha qoilari sanoat maqsadlariga mo'ljallangan yerlarning huquqiy holatini belgilashda asos rolini o'ynaydi. Bular jumlasiga yerdan oldindan belgilanmagan muddatda foydalanish, yerdan belgilangan maqsadda foydalanish, yerdan foydalanganlik uchun haq to'lash, yerdan foydalanish huquqini vujudga kelish asoslari va tartibi, yerdan foydalanishni bekor bo'lish asoslari va tartibi, yer qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik kabi qoidalarni kiritish mumkin. Sanoat yerlari asosan shahar va shahar tipidagi posyolkalardan tashqarida sanoat korxonalarini joylashtirish va ishlatish uchun ajratib beriladi. Bundan tashqari, sanoat yerlari shahar, posyolka, qishloq aholi punktlari yerlari tarkibida ham joylashgan bo'lishi mumkin. Bunday yerlar aholi punkti yerlari toifasiga kirib, ularning huquqiy holati shu toifa yerlar huquqiy holatiga muvofiq ravishda belgilanadi. Sanoat yerlari sanoat korxonalarining egaligida bo'lib, tegishli vazirlik va davlat qo'mitalari tomonidan boshqariladi. Sanoat korxonalari shu toifa yerlardan foydalanish huquqining birlamchi subyektlari bo'lib hisoblanadilar. Sanoat korxonalarining o'z vazifalarini amalga oshirish uchun berilgan yerlari sanoat yerlari obyektini tashkil etadi. Sanoat yerlari qoidaga ko'ra qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yerlardan beriladi. Agar buning imkoniyati bo'lmasa qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan sifati yomon yerlardan ajratib beriladi. Sanoat korxonalarini joylashtirish hamda faoliyatini yuritish uchun xizmat qiladigan yer maydonlarining miqdori yer qonunchiligida belgilanmagan. Uning miqdori sanoat korxonasini ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:14:45
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.36 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:58
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:14 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.36 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:58 ]
Arxiv ichida: doc