Caylov huquqi va saylov tizimi Reja: 1. Saylov huquqi tushunchasi va uning konstitutsiyaviy kafolatlanishi 2. Saylov tizimi tushunchasi va asosiy prinsiplari 3. Saylovlar va ularni o'tkazish tartibi Saylov huquqi tushunchasi va uning konstitutsiyaviy kafolatlanishi O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining eng muhim siyosiy huquqlaridan biri davlat vakillik organlariga saylash va saylanish huquqidir (Konstitutsiyaning 117-moddasi). Fuqarolar ushbu huquq orqali davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o'z vakillari orqali davlatning eng muhim siyosiy masalalarini muhokama qilish va hal etishda faol ishtirok etadilar (Konstitutsiyaning 32-moddasi). Saylov tushunchasi vakillik organni ovoz berish yo'li bilan tashkil toptirish tartibidir. Vakillik organlarini saylash jarayonida vujudga keladigan munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar saylov huquqi deb ataladi. Saylov huquqi O'zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy huquqining muhim institutidir. Saylov huquqi tushunchasining yana bir manosi ham bor. Bu tushuncha fuqaroning saylovdagi ishtiroki, vakillik organlariga saylash va saylanish kabi subyektiv huquqini ta'riflab berish uchun ishlatiladi. Bu borada aktiv saylov huquqi bilan passiv saylov huquqini bir-biridan farq qilish kerak. Aktiv saylov huquqi fuqaroning saylash, vakillik organlarini saylashda bevosita qatnashish huquqini bildiradi. Passiv saylov huquqi -saylanish huquqidir. Professor A.Saidov takidlashicha Saylov huquqi tushunchasi va iborasi ikki manoda ishlatiladi deb izohlaydi. Birinchisi, bu saylov huquqi saylov qo'yiladigan davlat organlarini shakllantirishni tartibga soluvchi huquqiy me'yorlar tizimidir. Saylov huquqining manbalari Konstitutsiya, davlatning oliy va mahalliy vakillik organlariga saylovlar haqidagi qonunlardir. Ikkinchisi, bu saylov huquqi fuqarolarning saylab qo'yiladigan organlarini tuzishda qatnashish, yani unga o'zlarining saylanish (passiv saylov huquqi) va ularning tarkibini saylash (faol saylov huquqi) huquqlaridir. Davlat organlari o'zining tuzilish tartibi jihatidan turli xususiyatlarga egadir. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq davlatning bazi organlari saylanadi, boshqalari tuziladi. Davlat hokimiyati organlariga o'tkaziladigan saylovlar demokratik asosda o'tkaziladi. O'zbekistonda ildiz otib borayotgan demokratiya jahonda tan olingan demokratik an'analarni o'zida mujassamlashtiradi. Bu demokratiya hech qanday milliy, irqiy va boshqa cheklashlarni bilmaydi. Shu bilan birga, davlat organlarini saylash va tuzish tartibi ularning har qaysisining o'ziga xos xususiyatlariga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasi davlat vakillik organlariga saylovlar O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to'g'risidagi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risidagi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to'g'risidagi va O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to'g'risidagi qonunlar tashkil qilinadi va o'tkaziladi. Davlatdagi eng muhim masalalarning fuqarolar xohish-irodasi bilan hal etilishi demokratiyaning yaqqol namoyon bo'lishidir. Davlat hokimiyatini shakllantirishda saylovlar va demokratik tamoyillar muhim ahamiyatga ega. O'zbekistonda eng muhim masalalarning asosan referendum yo'li bilan hal etilishi bevosita demokratiya namunasidir. Shuni ham takidlab o'tish kerakki, O'zbekistonda barcha davlat organlarini demokratik asoslarda tuzish tartibi va chinakam xalqchilligi bilan ham ajralib turadi. Xalqchillik shu narsada ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:14:45
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
44.97 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:14 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
44.97 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:59 ]
Arxiv ichida: doc