Saylov jarayoni

Saylov jarayoni

O'quvchilarga / Huquq
Saylov jarayoni - rasmi

Material tavsifi

Saylov jarayoni Reja: 1. Saylov jarayoni tushunchasi, bosqichlari va o'tkazilish muddatini belgilash tartibi 2. Saylov okruglarini tuzish, saylov uchastkalarini belgilash va saylov organlarini tashkil etish 3. Saylovchilarni ro'yxatdan o'tkazish va nomzodlar ko'rsatish tartibi 4. Tashviqot-targ'ibot ishlari, ovoz berish, qayta saylov va takroriy ovoz berish 5. Saylov natijalarini aniqlash va elon qilish 1. Saylov jarayoni tushunchasi, bosqichlari va o'tkazilish muddatini belgilash tartibi Saylov jarayonlarining boshlanishini elon qilish va uni o'tkazilishini ta'minlash hamma davlatlarda Konstitutsiya va qonunlar bilan belgilanadi. Bu esa o'z-o'zidan ravshanki, uning ishtirokchilarini huquqiy jihatdan ta'minlanishi demakdir. Barcha demokratik davlatlarda parlament mamlakat hayotida hal qiluvchi vazifani bajaradi. Shuning uchun saylovni o'tkazilishida AQSHda Kongress, Fransiyada Konstitutsiyaviy Kengash, Germaniyada Federal Majlis, Italiyada Prezident, Ispaniyada Qirol, Angliyada Qirolicha, Kanadada Qirol, Yaponiyada Imperator, Gretsiyada Prezi-dent va Parlament davlat va millat ramzi sifatida parlament say-lovlarini elon qiladi va uning haqqoniy o'tkazilishini tamin-laydi. Siyosiy partiyalar va ommaviy harakatlar saylov jarayonla-rida bir-birining faoliyatini nazorat qiladi. Agar biror-bir siyosiy partiya yoki davlat organi saylovda noqonuniy xatti-harakat-lar sodir etsa, juda yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Dunyoning barcha mamlakatlarining saylovlarini o'tkazilishida uning ishtirokchilarini huquqiy jihatdan ta'minlanish prinsipi to'g'ri amalga oshirilishi mamlakat rivojining kafolati bo'lib xizmat qiladi. Shu o'rinda, davlat organlari, jamoat birlashmalari va saylovchilar o'rtasidagi munosabatlarning demokratiyaviyligi muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir yuridik jarayon singari saylov jarayoni ham o'zida huquqiy normalar tizimini mujassamlashtirgan faoliyat turidir. Davlat hokimiyatining o'zini o'zi boshqarish organlarini tashkil etish uchun o'tkaziladigan saylovlarni saylov jarayoni deb tushunamiz. Saylov jarayoni huquqiy tomondan qatiy belgilangan tar-tibda, bosqichma-bosqich amalga oshiriladi: 1) saylovni belgilash; ushbu bosqich umuman bo'lmasligi ham mumkin, agarda saylov o'tkazish kuni qonun bilan belgilab qo'yilgan bo'lsa. Masalan, AQSHda davlat hokimiyati va o'zini o'zi boshqarish organlariga saylov juft yilning birinchi dushanbasidan keyingi seshanba kuni o'tkazilishi belgilab qo'yilgan. 2) saylov okruglarini belgilash; 3) saylov uchastkalarini belgilash; 4) saylov organlarini tashkil qilish (saylov organlari va boshqalar); 5) saylovchilarni ro'yxatga olish; 6) nomzodlarni ko'rsatish; 7) saylov oldi tashviqotlari; 8) ovoz berish; 9) ovozlarni hisoblash va saylov natijalarni aniqlash; 10) takroriy ovoz berish yoki takroriy saylovlar; 11) natijalarni elon qilish. Saylov jarayonlari bosqichlari barcha turdagi saylovlarda amalga oshiriladi (ikkinchi va to'rtinchi bosqichda nazarda tutilgan bosqichlar saylov jarayonini shakllantirish deb ataladi). Saylov jarayonlari bosqichlari bevosita saylov huquqiga tegishlidir, bilvosita saylovlarda ushbu bosqichlarning malum birlari bo'lmasligi yoki malum bir bosqichlar qo'shilishi mumkin. Masalan, saylov okruglari va saylov uchastkalarini tashkil etish bosqichini parlamentning ichki tashkiliy organi amalga oshirishi mumkin. Saylov jarayonining saylovni kunini belgilash bosqichi barcha demokratik davlatlarda maxsus tuzilgan organga yoki mansabdor shaxsga yuklatilgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.02 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.02 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga