Saylov tizimi tushunchasi

Saylov tizimi tushunchasi

O'quvchilarga / Huquq
Saylov tizimi tushunchasi - rasmi

Material tavsifi

Saylov tizimi tushunchasi RYeJA: 1. Saylov huquqi - fuqarolarning siyosiy huquqi sifatida 2. Saylov huquqi tamoyillari 3. Saylov tizimi tushunchasi 4. Saylovlar va ularni o'tkazish tartibi 5. Saylov organlari tushunchasi va ularning tizimi 1. Saylov huquqi fuqarolarning siyosiy huquqi sifatida O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining eng muhim siyosiy huquqlaridan biri davlat vakillik organlariga saylash va saylanish huquqidir (Konstitutsiyaning 117-moddasi). Fuqarolar ushbu huquq orqali davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o'z vakillari orqali davlatning eng muhim siyosiy masalalarini muhokama qilish va hal etishda faol ishtirok etadilar (Konstitutsiyaning 32-moddasi). Saylov huquqi - fuqaroning saylovdagi ishtiroki, vakillik organlariga saylash va saylanish kabi subyektiv huquqini ta'riflab berish uchun ishlatiladi. Bu borada aktiv saylov huquqi bilan passiv saylov huquqini bir-biridan farq qilish kerak. Aktiv saylov huquqi fuqaroning saylash, vakillik organlarini saylashda bevosita qatnashish huquqini bildiradi. Passiv saylov huquqi -saylanish huquqidir. Professor A. Saidov takidlashicha Saylov huquqi tushunchasi va iborasi ikki manoda ishlatiladi deb izohlaydi. Birinchisi, bu saylov huquqi saylab qo'yiladigan davlat organlarini shakllantirishni tartibga soluvchi huquqiy me'yorlar tizimidir. Saylov huquqining manbalari Konstitutsiya, davlatning oliy va mahalliy vakillik organlariga saylovlar haqidagi qonunlardir. Ikkinchisi, bu saylov huquqi fuqarolarning saylab qo'yiladigan organlarini tuzishda qatnashish, yani unga o'zlarining saylanish (passiv saylov huquqi) va ularning tarkibini saylash (faol saylov huquqi) huquqlaridir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga o'ttiz besh yoshdan kichik bo'lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida o'n yil O'zbekiston hududida muqim yashagan O'zbekiston fuqarosi saylanishi mumkin. O'zbekistonning 25 yoshga to'lgan fuqarosi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga yoki Senati azoligiga saylanishi mumkin. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga deputatlar saylovi umumiydir. Saylov kunigacha 21 yoshga to'lgan O'zbekiston fuqarolari saylanish huquqiga egadirlar. Davlat organlari o'zining tuzilish tartibi jihatidan turli xususiyatlarga egadir. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq davlatning bazi organlari saylanadi, boshqalari tuziladi. Davlat hokimiyati organlariga o'tkaziladigan saylovlar demokratik asosda o'tkaziladi. O'zbekistonda ildiz otib borayotgan demokratiya jahonda tan olingan demokratik an'analarni o'zida mujassamlashtiradi. Bu demokratiya hech qanday milliy, irqiy va boshqa cheklashlarni bilmaydi. Shu bilan birga, davlat organlarini saylash va tuzish tartibi ularning har qaysisining o'ziga xos xususiyatlariga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasi davlat vakillik organlariga saylovlar O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to'g'risidagi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risidagi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to'g'risidagi va O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to'g'risidagi qonunlar tashkil qilinadi va o'tkaziladi. 2. Saylov huquqi tamoyillari Davlatdagi eng muhim masalalarning fuqarolar xohish-irodasi bilan hal etilishi demokratiyaning yaqqol namoyon bo'lishidir. Davlat hokimiyatini shakllantirishda saylovlar va demokratik tamoyillar muhim ahamiyatga ega. O'zbekistonda eng muhim masalalarning asosan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.65 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.65 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga