Saylov tizimini yanada erkinlashtirish va demokratlashtirish yo'lida

Saylov tizimini yanada erkinlashtirish va demokratlashtirish yo'lida

O'quvchilarga / Huquq
Saylov tizimini yanada erkinlashtirish va demokratlashtirish yo'lida - rasmi

Material tavsifi

Saylov tizimini yanada erkinlashtirish va demokratlashtirish yo'lida Fuqarolarning saylov huquqlarini qonunchilik yo'li bilan mustahkamlab qo'yish, ularning erkin amalga oshirilishini ta'minlash demokratik huquqiy davlatning asosiy belgilaridan biridir. Saylovlar demokratik jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotining ajralmas elementi, aholi xohish-irodasini ifoda etish, xalq suverenitetini ro'yobga chiqarishning asosiy shaklidir. U yoki bu davlat saylov tizimining xususiyati, ochiqligi va demokratikligiga uning siyosiy tizimi demokratizmining darajasi ham, o'tkazilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati ham, va nihoyat, mamlakatning jahon miqyosida tutgan obro'si ham ko'p jihatdan bog'liq bo'ladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov alohida takidlagan ediki, «fuqarolarimiz va saylovchilarimizning o'z fikri va etiborini, xohish-irodasini bildirishlari uchun erkinlik va yana bir bor erkinlik hukmronligini, ommaviy axborot vositalari va kuzatuvchilarga o'z huquq va burchlarini amalga oshirishda zarur imkoniyatlarni ta'minlash, teng va yashirin ovoz berish sharoitini yaratib berishni, muxtasar aytganda, demokratik norma va andozalarga so'zsiz rioya qilishni hayotning o'zi bizdan talab etmoqda». Bu qoida saylov tizimining qonunchilik asoslarini shakllantirishga mas'uliyat va talabchanlik bilan yondashishni, ularni ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning, fuqarolar huquqiy ongi, huquqiy madaniyatining yetukligi darajasini hisobga olgan holda bosqichma-bosqich va izchil rivojlantirib borishni talab qiladi. Shu kunlarda o'n olti yilligi keng va tantanali bayram qilinayotgan mamlakatimizning Asosiy Qonuni - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, malumki, saylov tizimiga alohida, mustaqil bob bag'ishlangan. Istiqlol yillarida mamlakatimizda, o'z mohiyatiga ko'ra noyob, turli darajadagi saylovlar xususiyati inobatga olingan saylov to'g'risidagi bir qator qonunlar qabul qilindi. Fuqarolarning amaldagi qonun hujjatlarida mustahkamlab qo'yilgan huquqlari, saylov qoidalari va tartib-taomillari saylovlarni umumetirof etilgan demokratik prinsiplar va andozalarga, shu jumladan, yashirin ovoz berish orqali umumiy, teng va to'g'ridan-to'g'ri saylash huquqi singari fundamental tamoyillarga to'la mos holda o'tkazish imkoniyatini bermoqda. Umuman olganda esa, mamlakatimizning saylov to'g'risidagi qonun hujjatlari, aksariyat rivojlangan demokratik davlatlarda bo'lgani singari saylovlardan saylovlargacha bo'lgan davrlarda tobora takomillashtirilmoqda va rivojlantirilmoqda. Bu tabiiy tadrijiy jarayon bo'lib, u bir tomondan, mamlakatimizda ro'y berayotgan muhim tarkibiy demokratik o'zgartirishlarning natijasi bo'lsa, ikkinchi tomondan, bu jarayonning o'zi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi demokratik islohotlarning borishi va mazmuniga ta'sir ko'rsatmoqda. Rivojlanishning izchil, bosqichma-bosqich va tadrijiy yo'li mamlakatimiz Prezidenti tomonidan yaratilgan va kuchli fuqarolik jamiyati qaror topgan demokratik davlat qurilishining o'zbek modeliga asos bo'lgan beshta eng muhim tamoyilning biridir. Bu tamoyilning ro'yobga chiqarilishi mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyin tarixan qisqa davrda davlat va jamiyatni izchil isloh qilish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish imkoniyatini berdi. Bu strategiya o'zida, bir tomondan, demokratik qurilishning jahondagi ilg'or tajribasini, ikkinchi tomondan esa xalqimizning boy tarixiy merosini, milliy qadriyatlarini, odatlari va teran madaniy, ma'naviy an'analarini o'zida mujassam etdi. Mazkur strategiyaning amalga oshirilishi mafkuralashtirilgan, totalitar davlatdan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.95 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.95 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga