Seleksiya yutuqlari tushunchasi, huquqiy muhofaza qilish tashkiliy asoslari Seleksiya yutuqlari to'g'risida‖gi Qonunning maqsadi seleksiya yutuqlarini yaratish, huquqiy muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Asosiy tushunchalar. Ushub Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo'llaniladi: zot - genetik jihatdan o'zaro bog'liq biologik va morfologik xususiyatlari hamda belgilariga qarab aniqlanadigan hayvonlar (shu jumladan, parrandalar, hashoratlar, ipak qurti) yoki ularning duragaylari guruhi bo'lib, bu xususiyatlar hamda belgilarning ayrimlari aynan shu guruhga xos bo'ladi va uni hayvonlarning boshqa guruhlaridan farqlab turadi. Zot guruhi, zot ichidagi (zonal) tip, zavod tipii, zavod liniyasi, zot oilasi, partenoklonlar, liniyalar, duragaylar zotning muhofaza qilinadigan obyektlaridir; ish beruvchi - seleksiya yutug'ini yaratish to'g'risida topshiriq bergan va bu topshiriq bajarilishini moliyalashtirayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs; litsenziar - seleksiya yutug'idan foydalanish huquqini litsenziatga litsenziya shartnomasi asosida olgan yuridik yoki jismoniy shaxs; nav - o'simliklar guruhi bo'lib, u nasldan-naslga barqaror o'tuvchi, muayyan genotip yoki genotiplar kombinatsiyasini boshqalaridan ajratib turuvchi belgilarga qarab aniqlanadi va Ayni bir botanik taksondagi boshqa o'simliklar guruhidan bir yoki bir necha belgilari bilan farqlanadi. Klon, liniya, birinchi avlod duragayi, populyatsiya navning muhofaza qilinadigan obyektlaridir; patent egasi - seleksiya yutug'iga berilgan patentning egasi; seleksiya yutug'i - o'simliklarning yangi navi, hayvonlarning yangi zoti; talabnoma beruvchi - seleksiya yutug'iga patent berish haqida talabnoma topshirgan yuridik yoki jismoniy shaxs. Seleksiya yutuqlarini huquqiy muhofaza qilishning tashkiliy asoslari. O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentigi seleksiya yutuqlarini huquqiy muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatining amalga oshirilishini ta'minlaydi. O'zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi seleksiya yutuqlarini huquqiy muhofaza qilish sohasidagi yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini ta'minlaydi. Agentlik seleksiya yutuqlariga patentlar berish haqidagi talabnomalarni qabul qilib oladi hamda ko'rib chiqadi, ular bo'yicha rasmiy ekspertiza o'tkazadi, O'simlik navlari davlat reestrini hamda hayvon zotlari davlat reestrini yuritadi, seleksiya yutuqlariga patentlar beradi, talabnoma materiallari va O'zbekiston Respublikasida ro'yxatga olinib, muhofaza qilinayotgan seleksiya yutuqlari haqidagi ma'lumotlarni rasmiy ravishda elon qiladi, seleksiya yutuqlari to'g'risidagi qonun hujjatlarini qo'llashga doir qoidalar qabul qiladi hamda tushuntirishlar beradi. O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi vazirligining Qishloq xo'jalik ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasi, Chorvachilikda naslchilik ishlari bo'yicha bosh davlat inspeksiyasi talabnomada ko'rsatilgan seleksiya yutuqlarining patentga layoqatliligini ekspertizadan o'tkazadi. Ijodiy mehnati bilan o'simliklarning yangi navi yoki hayvonlarning yangi zotini yaratgan (chiqargan yoki aniqlagan) jismoniy shaxs seleksiya yutug'ining muallifi deb etirof etiladi. Agar seleksiya yutug'ini yaratishda bir nechta jismoniy shaxs ishtirok etgan bo'lsa, ularning hammasi hammualliflar deb etirof etiladi. Hammualliflarga tegishli bo'lgan huquqlardan foydalanish tartibi qonun hujjatlarida hamda ular o'rtasidagi kelishuvda belgilanadi. Mualliflik huquqi boshqaga o'tkazilmaydigan shaxsiy huquq bo'lib, muddatsiz himoya qilinadi. Patent ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:14:45
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.8 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:14 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.8 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:59 ]
Arxiv ichida: doc