Seleksiya yutuqlarini sud orqali himoya qilishning ayrim jihatlari Intellektual mulk obyektlarini va ularga nisbatan mutlaq huquqlarni himoya qilishda, mualliflar, mutlaq huquq va patent egasi, litsenziya asosda foydalanuvchilarning huquqlarini amalga oshirish samaradorligini ta'minlashda sudlarning o'rni katta hisoblanadi. Zero, har qanday fuqarolik huquqlari da'vo qo'zg'atish asosida sud yo'li bilan himoya qilinadi va buzilgan huquqlar sud orqali tiklanishi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda fuqarolik huquqi uslublaridan biri hisoblanadi. Intellektual mulk obyektlarini sud orqali himoya qilish ham fuqarolik huquqining boshqa obyektlarini himoya qilishdan tubdan farq qilishi birinichi navbatda ularning obyekt sifatida o'ziga xosligi bilan bog'liq bo'lsa, ikkinchi navbatda intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquq sohiblarining huquqlari doirasini belgilash va ushbu huquqlarning muddatli ekanligi bilan bog'liq bo'ladi. Intellektual mulk obyektlari orasida seleksiya yutuqlari jonli tabiat ustidagi ilmiy tadqiqot natijasi sifatida gavdalanadi. Bunda seleksiya yutug'i hisoblangan yangi nav va zotga yetkazilgan zararni undirishga nisbatan mutlaq huquq egasining buzilgan huquqlarini himoya qilish va sud jarayonida ushbu holatni asoslash muhim hisoblanadi. Bugungi kunda fuqarolik ishlari bo'yicha sudlarda seleksiya yutug'i bilan bog'liq nizolarni ko'rilayotgan bo'lsada, ularni hal etishda bir qator muammolarga duch kelinayotganligini aytib o'tish lozim. Ayniqsa, juda uzoq davom etadigan ijodiy jarayonda shaxsning ishtirokini aniqlash va uning mualliflik huquqini aniqlash har doim sudlar oldida muammo bo'lib qolmoqda. Ko'pchilik vaziyatlarda seleksiya yutug'i muallifligini va muallifga to'lanishi lozim bo'lgan haqni belgilashda sudlar tomonidan xatoliklarga yo'l qo'yilmoqda. Ta'kidlash lozimki, mualliflik huquqi insoning o'z ijod mahsuliga bo'lgan shaxsiy-nomulkiy huquq bo'lib, u kishini nafaqat ma'naviy va ruhiy jihatdan qo'llab-quvvatlashga balki, kelgusidagi ijodiy faoliyatini rivojlantirib borishda ham muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Seleksiya yutuqlariga nisbatan mualliflik va hammualliflik huquqini belgilash intellektual mulk obyektlarining boshqa turlariga qaraganda o'zining murakkabligi bilan ajralib turadi. Zero, bu holat birinchi navbatda yangi nav va zotni yaratish jarayonining uzoq davom etishi bilan belgilansa, ikkinchidan yangi navni yaratish jarayoni har doim tabiiy-iqlim sharoitlarining o'zgarishlari bilan o'zaro uyg'unlikda olib borishlari bilan ifodalandi. Shu munosabat bilan seleksiya yutuqlariga nisbatan mualliflik huquqini belgilash odatda tegishli ilmiy-tadqiqot muassasasida faoliyat yuritayotgan olimlar va seleksiyachilarning muayyan navni yaratishda o'zining ilmiy-ijodiy mehnati bilan ishtirok etgan yoki yetmaganlik masalasiga bog'liq. O'zbekiston Respublikasining «Seleksiya yutuqlari to'g'risida» gi Qonunining (mazkur qonun 1996 yil 30 avgustda qabul qilingan bo'lib, 2002 yil 29 avgustda ushbu qonun yangi tahrirda qabul qilingan) 5-moddasiga muvofiq, ijodiy mehnati bilan o'simliklarning yangi navi yoki hayvonlarning yangi zotini yaratgan (chiqargan yoki aniqlagan) jismoniy shaxs seleksiya yutug'ining muallifi deb e'tirof etiladi. Mazkur qoida (ya'ni, yangi navni yaratish) yangi navga patent olish uchun talabnoma topshirishgacha bo'lgan muddatda davom etadi. Zero, bu davrda nav yaratilib ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:14:45
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
38.64 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:14 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
38.64 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:59 ]
Arxiv ichida: doc