sharq mutafakkirlari ta'limotlarida inson huquqlari g'oyasi Reja: sharq mutafakkirlari inson huquqlari to'g'risida. Islom ta'limotlarida inson huquqlari g'oyasi. sharq mutafakkirlari inson huquqlari to'g'risida Inson huquqlari to'g'risidagi ta'limotning rivojida sharq mutafakkirlarining xizmatlari benixoya kattadir. Al-Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Ulugek, Alisher Navoiy, Bobir Mirzo singari unlab olimlar, davlat va jamoat arboblari dunyoqarashida, ularning amaliy ishlarida inson huquqlari masalasi alohida urin egallaydi. Ular turli muammolar singari inson huquqlari, erkinliklari, qadriyatlari masalasiga xam befarq qaramaganlar va bu borada o'z fikr-mulohazalarini bildirganlar. Inson to'g'risida gamxurlik qilish, inson erkinligi, xak-huquqlari to'g'risida kaygurish, inson shanini kamsitadigan urinishlarga yul kuymaslik g'oyalari shular jumlasidandir. Inson huquqlarini himoya qilishda va ularga berilgan huquqlardan foydalanishda soxibkiron Amir Temur amalga oshirgan ishlar diqqatga sazovordir. Soxibkironning butun hayoti va kurashi insonni kadrlash, uning yaxshi hayot kechirishi uchun kulay shart-sharoitlarni yaratib berish bilan chambarchas bog'liqdir. Amir Temur uzining «Temur tuzuklari»da mamlakat fuqarolarining xak-huquqlarini va ularni himoya qilishning zarurligini qayta-qayta takidlagan. Insonning mehnat qilish huquqi asarda kuyidagicha ta'riflab berilgan: «Agar kasbu hunar va ma'rifat axillaridan bulsa, bundaylarga saltanat korxonalaridan yumush berilsin. Bulardan boshqa, bilagida kuchi bor fakr-miskinlar esa. o'z ahvoli va kasbi-koriga karab ish tutsinlar» («Temur tuzuklari» T., F.Fulom nomidagi nashriyot, 1991, 67-bet). Amir Temurning inson huquqlari to'g'risidagi g'oyalari uning davlatni idora qilishdagi o'zi asoslagan qoidalarda juda aniq ifodalangan. Bu qoidalar qonun kuchiga ega bo'lib, ularda inson huquqlari masalasiga keng urin berilgan. Buyuk allomalar Forobiy, Ibn Sino, Beruniylar xam inson huquqlari masalasini chetlab utmaganlar. Somoniylar davrida amalda bo'lgan tartib qoidalar, usha davrning ijtimoiy-siyosiy tuzumi bu mutafakkirlarning dunyoqarashiga kuchili ta'sir kursatgan. Forobiy uzining «Fozil odamlar shaxri» asarida odamlarning malum bir kasb-hunar bilan shugullanishi, ular xar qanday takib vacheklashlardan xoli bo'lishi, erkin va ozod yashashi haqida yozadi. Forobiy uzining «Fozil odamlar shaxri» jamoasi haqidagi ta'limoti, uning komil inson haqidagi fikrlari bilan boglanib ketgan. Forobiy singari Ibn Sino xam inson va uning jamiyatda egallashi lozim bo'lgan o'rniga katta etibor bilan karagan. Allomaning inson va uning huquqlari to'g'risidagi qarashlari amaliy faosafaga doir ta'limotida asoslab berilgan. Ibn Sino fanlarining tasnifini berib, falsafani ikki: nazariy va amaliy kismlarga ajratadi. o'z navbatida, falsafaning amaliy kismini xam uchga bo'lib, shulardan ikkitasida inson to'g'risidagi ilmlar haqida so'z yuritadi: a) inson haqidagi ilm; b) insonning o'zaro munosabatlari to'g'risidagi ilm. «Risolatu tadbiri manzil» asarida Ibn Sino insonning shaxsiy talablari, ularni kondirish usullari, insonning jamiyatdagi tutgan o'rni va vazifalari bilan bog'liq masalalar to'g'risida fikr yuritadi. U «Ishorat va tanbixat» asarida insonning shaxsiy talablari orasida uning mehnat qilish huquqidan foydalanish, shaxsiy daxlsizligi, diniy e'tiqodi singari huquqlari, ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:14:45
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.37 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:14 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.37 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:59 ]
Arxiv ichida: doc