Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy adolat va himoya haqidagi g'oyalari

Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy adolat va himoya haqidagi g'oyalari

O'quvchilarga / Huquq
Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy adolat va himoya haqidagi g'oyalari - rasmi

Material tavsifi

Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy adolat va himoya haqidagi g'oyalari Reja: 1. Avestoda ijtimoiy adolat to'grisida g'oyalar. 2. 9-15 asrlarda davlatni boshqarish va adolatli jamiyat qurish haqidagi g'oyalar 3. Amir Temur va temuriylar davri milliy davlatchilik to'g'risidagi qarashlarda demokratik tamoyillar 4. Navoiy va Bobur asarlarida ijtimoiy adolat to'g'risidagi g'oyalar Shior Ilmdan bir shu'la dilga tushgan ong Shundan bilursanki ilm bepoyon. Rudakiy Tayanch tushunchalar: Avesto, Konstitutsiya, ijtimoiy adolat, milliy davlatchilik, Temur tuzuklari. Ayolni sev, Ayolga yolbor, Ming bir kecha ertaklaring ayt, Alpomishlar tug'ib beradi. Ayolni sev, Ostonasin o'p, Qasr qurma ko'nglini so'ra, Balo kelsa turib beradi. Ayolni sev, O'laman degil, Ish yaratgan parvardigordan, Senga umr so'rab beradi. Farida Afro'z Savollar 1. Yusuf Xos Hojibnung Qutadg'u bilib asarida el uchun ikki narsa mustahkam tayanchdir, bular qaysilar? 2. Davlat arbobi buyuk sohibqiron Amir Temur mamlakatni boshqarishda nimalarga katta e'tibor qaratgan? 3. Navoiyning adolat to'grisidagi siyosiy qarashlari uning qaysi asarida o'z aksini topgan. 4. Ibn Sino jamiyat aholisini nechaga ajratadi va ular qaysilar? 5. Amir Temur tuzuklari necha qismdan iborat? 6. Xorazmiy o'zining qaysi asarlarida ijtimoiyni adolatni ta'minlash zarurligini qonun ustivorligini talqin etgan? Ajdodlarimizning qadim bitigi bo'lmish Avestoda siyosiy-huquqiy merosimiz tarixi hamda yurtimizda yashagan el-elatlar, afsonaviy qahramonlar, saltanatlar, davlat va uning boshqaruv tizimi, xalqlarning mashg'ulotlari bayon etiladi. Unda zardushtiylik dinining qonun-qoidalari bilan birga, ijtimoiy hayot, jumladan, ota-onaning farzand oldidagi va farzandlarning ota-ona oldidagi burchi haqida yozilgan. AVESTO Xalqimizning eng qadimgi og'zaki ijodida ham, yozma manbalarda ham adolat tushunchasi haqida fikr yuritilganda, u insonlar o'rtasidagi ezgulik, odamiylik, yaxshilik tamoyili sifatida qayd etiladi. Darhaqiqat, adolat so'zining zamirida qancha-qancha hikmat bor, har bir inson qalban, jisman adolatga intiladi. Adolat to'g'risidagi g'oyalar Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig» asarida ham o'z ifodasini topgan. Unda mamlakat boshlig'i bo'lish uchun kishi andishali, pokiza xulqli, aql-idroki kuchli bo'lishi, g'aflatda qolmasligi, yolg'on gapirmasligi shart degan yo'l-yo'riqlar berilgan. Muallifning ta'kidlashicha, el uchun ikki narsa mustahkam tayanchdir: biri hushyorlik, ikkinchisi adolat. Adolat haqidagi g'oyalar Abu Ali Hasan ibn Ali Tusiy - Nizomulmulk siyosiy-huquqiy qarashlarida, xususan uning «Siyosatnoma» asarida keng aks etgan. Davlat arbobi, buyuk sohibqiron Amir Temur mamlakatni boshqarishda, avvalo, yurtning osoyishtiligi, raiyatning ijtimoiy ahvoli, qolaversa, saltanatning sobitligi va, nihoyat, podshohning kelajagi vazirning donoligiga bog'liqligiga katta e'tibor qaratgan. Amir Temur davlat ishlarini yuritishda ulamolar, ilm-fan ahli, umuman o'n ikki ijtimoiy tabaqaga tayangan, ularning ijtimoiy ahvoliga qarab munosabatda bo'lgan, iqtidori loyiq mansabga ta­yinlagan, ilm-ma'rifat taraqqiyot asosini belgilab beradigan hayotiy omillardan biri ekanini chuqur anglagan holda o'z davrining eng kuchli olimu ulamolari, fozil zotlarini Samarqandga to'plagan, ularga shart-sharoit yaratib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 891.47 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:59 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 891.47 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga