Shartnoma to'g'risida umumiy qoidalar Reja: 1. Shartnoma tushunchasi va uning bozor munosabatlari sharoitidagi ahamiyati 2. Shartnomalarning turlari. 3. Shartnomaning mazmuni. 5. Shartnomalarni o'zgartirish va bekor qilish. 1. Shartnoma tushunchasi va uning bozor munosabatlari sharoitidagi ahamiyati. FKning 8-moddasi talabiga ko'ra, shartnomalar taraflar o'rtasida fuqarolik huquq va burchlari vujudga kelishining asoslaridan biridir. Shubhasiz, bugungi kunda shartnomalarga alohida ahamiyat berilmoqda. Chunki shartnomalarda boshqa yuridik faktlarga qaraganda, taraflarning erki-irodasi to'la ifodalanadi. Shartnomaga kirishuvchi shaxslar kim bilan, qancha, qachon shartnoma tuzishni u tufayli yetkazib berilishi lozim bo'lgan pul, tovar, ashyolarni qaysi muddatlarda, qanday transportlarda etkazilishini, to'lov amaldagi qanday shakllarda bo'lishini mutlaqo o'zlari, mustaqil hal qiladilar. Ular shartnomalar tuzishda erkindirlar, shartnoma tuzishga majburlashga yo'l qo'yilmaydi. Shartnoma erkinligi tamoyilining mazmuni FKning 354-moddasida mustahkamlab qo'yilgan. Unga ko'ra, fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkindirlar. Buning manosi shundan iboratki, hech kim ularni shartnoma tuzishga majbur qila olmaydi. Shartnoma fuqarolar va yuridik shaxslarning o'z xohishiga ko'ra, o'z erki irodasi bilan tuziladi. Albatta, ularni shartnoma tuzishga undovchi sabablar (motiv) turlicha bo'lishi mumkin: o'z ehtiyojlarini qanoatlantirish, foyda olishga intilish, tasis hujjatlarida belgilab qo'yilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish va h.k. Bazan, boshqa uchinchi shaxslar shartnoma tuzish haqida talab, taklif yoxud iltimos qilishlari mumkin. Biroq har qanday holda ham shartnoma tuzish haqidagi qaror fuqaro yoki yuridik shaxs tomonidan mustaqil, o'z erki-irodasi asosida qabul qilinadi. Shartnoma tuzish vaqtida fuqaro (yuridik shaxs rahbari, vakili) fikri tiniq, ruhiy holati normal, o'zini o'zi idora qila oladigan, o'z harakatlarining oqibatlarini ko'ra oladigan holda bo'lishi lozim. Agar subyektning ichki ruhiy holatida, ongida ro'y bergan buzilishlar, tashqi ta'sirlar tufayli shartnoma tuzishga majbur etilsa, unday shartnoma haqiqiy hisoblanmaydi. Bu shartnomalar erkinligini real ta'minlashning o'ziga xos yuridik kafolati hisoblanadi deb aytish mumkin. Amaliyot shuni ko'rsatmoqdaki, shartnomalar tuzishning erkinligi, undan taraflarning o'zaro manfaatdorligi, shartnomada shartnoma intizomining mustahkamligi (yani, xalq tili bilan aytganda, shartnomaning puldan qimmatligi), unda ma'muriy-buyruqbozlikka asoslangan javobgarlikdan ko'ra, mulkiy javobgarlikning keng belgilanishi xo'jalik yurituvchi subyektlarni tobora ushbu huquqiy vositadan (shartnomadan) to'laroq foydalanishga jalb qilmoqda. Shartnomalarning ahamiyatini keng tushuntirish mumkin. Ammo ularning sarasi shartnomalar to'lov intizomini kuchaytiradi, taraflarning faoliyatini har tomonlama rag'batlantiradi, o'z navbatida taraflarning mas'uliyatini oshiradi, xo'jalikning debitorlik va kreditorlik holatini yaxshilaydi, pirovardida taraflarning barqarorligini ta'minlaydi. Bu esa, o'z navbatida, jamiyatda tovarlar, xizmatlar va kapitallarning mo'l-ko'lligiga garovdir. Shu manoda sohaning tezkor va ta'sirchan huquqiy mexanizmini yaratish, shartnomalar tuzish va bajarishni ta'minlash maqsadida mamlakatimizda Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to'g'risida qonun qabul qilindi, shartnomalarni tuzish va bajarish monitoringi yuritilmoqda. Bular, o'z navbatida, tuzilgan shartnomalarni tezroq va realroq ishlashiga xizmat qilmoqda. Shartnoma ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:14:45
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
41.78 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:59
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:14 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
41.78 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:59 ]
Arxiv ichida: docx