Shartnoma to'g'risida umumiy tushunchalar

Shartnoma to'g'risida umumiy tushunchalar

O'quvchilarga / Huquq
Shartnoma to'g'risida umumiy tushunchalar - rasmi

Material tavsifi

Shartnoma to'g'risida umumiy tushunchalar Reja: 1. Shartnoma tushunchasi va uning bozor munosabatlari sharoitidagi ahamiyati 2. Shartnomalarning turlari 3. Shartnomaning mazmuni 4. Shartnoma tuzish 5. Shartnomalarni o'zgartirish va bekor qilish FKning 8-moddasi talabiga ko'ra, shartnomalar taraflar o'rtasida fuqarolik huquq va burchlari vujudga kelishining asoslaridan biridir. Shubhasiz, bugungi kunda shartnomalarga alohida ahamiyat berilmoqda. Chunki shartnomalarda boshqa yuridik faktlarga qaraganda, taraflarning erki-irodasi to'la ifodalanadi. Shartnomaga kirishuvchi shaxslar kim bilan, qancha, qachon shartnoma tuzishni u tufayli yetkazib berilishi lozim bo'lgan pul, tovar, ashyolarni qaysi muddatlarda, qanday transportlarda yetkazilishini, to'lov amaldagi qanday shakllarda bo'lishini mutloqo o'zi, mustaqil hal qiladilar. Ular shartnomalar tuzishda erkindirlar, shartnoma tuzishga majburlashga yo'l qo'yilmaydi. Amaliyot shuni ko'rsatmoqdaki, shartnomalar tuzishning erkinligi, undan taraflarning o'zaro manfaatdorligi, shartnomada shartnoma intizomining mustahkamligi (ya'ni, xalq tili bilan aytganda, shartnomaning puldan qimmatligi), unda ma'muriy-buyruqbozlikka asoslangan javobgarlikdan ko'ra, mulkiy javobgarlikning keng belgilanishi xo'jalik yurituvchi subyektlarni tobora ushbu huquqiy vositadan (shartnomadan) to'laroq foydalanishga jalb qilmoqda. Shartnomalarning ahamiyatini keng tushuntirish mumkin. Ammo ularning sarasi shartnomalar to'lov intizomini kuchaytiradi, taraflarning faoliyatini har tomonlama rag'batlantiradi, o'z navbatida taraflarning mas'uliyatini oshiradi, xo'jalikning debitorlik va kreditorlik holatini yaxshilaydi, pirovardida taraflarning barqarorligini ta'minlaydi. Bu esa o'z navbatida jamiyatda tovarlar, xizmatlar va kapitallarning mo'l-ko'lligiga garovdir. Shu ma'noda sohani tezkor va ta'sirchan huquqiy mexanizmini yaratish, shartnomalar tuzish va bajarishni ta'minlash maqsadida mamlakatimizda Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to'g'risida qonun qabul qilindi, shartnomalarni tuzish va bajarish monitoringi yuritilmoqda. Bular o'z navbatida tuzilgan shartnomalarni tezroq va realroq ishlashiga xizmat qilmoqda. Shartnoma ikki yoki undan ortiq shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini belgilash, o'zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan o'zaro kelishuvidir. Shartnoma atamasi uch ma'noda: yuridik fakt; biron-bir yuridik faktga asoslangan, moddiy yoki moddiy manfaatlar to'g'risidagi huquqiy munosabat; shaxslar (fuqarolar va tashkilotlar) nima to'g'risida o'zaro kelishsalar, shuni aks ettiruvchi, ifodalovchi hujjat ma'nosida ishlatiladi. Bu yerda u o'zining birinchi ma'nosi - yuridik fakt sifatida ko'riladi va o'rganiladi. Yodingizda bo'lsa, yuridik fakt tushunchasi Fuqarolik-huquqiy munosabat mavzusida batafsil berilgan edi. Unda yuridik faktlar mazmuni jihatidan ikki asosiy toifaga: yuridik hodisalar va harakatlarga bo'lingan edi. Yuridik harakatlar o'z navbatida huquq yo'l qo'ygan harakatlar sifatida bir tomonlama va ikki tomonlama bitimlar (shartnomalar) dan iboratligi ko'rsatilgan edi. Ikki tomonlama bitimlarning hammasi (oldi, sotdi, ijara, qarz va boshqalar) shartnoma hisoblanadi. Bir tomonlama bitim, masalan, vasiyatnoma shartnoma bo'la olmaydi. Binobarin, har qanday shartnoma bitim deyilsa ham, ammo har qanday bitimni shartnoma deb atab bo'lmaydi. Demak, shartnoma bitimning bir ko'rinishi hisoblanar ekan, unga nisbatan bitimga oid qoidalar, jumladan, FKning 9-bobidaga qoidalar tadbiq etiladi. Shu bilan birga, shartnoma o'ziga taalluqli bo'lgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.12 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.12 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga