Shartnomaviy majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik

Shartnomaviy majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik

O'quvchilarga / Huquq
Shartnomaviy majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik - rasmi

Material tavsifi

Shartnomaviy majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik Reja: 1. Shartnoma majburiyatlarining buzilganligi uchun javobgarlikning tushunchasi va ahamiyati. 2. Shartnomaviy majburiyatlar bo'yicha javobgarlikning shakllari. 3. Shartnoma majburiyatlari bo'yicha javobgarlikning asoslariga umumiy tavsif. 4. Uchinchi shaxslar harakatlari uchun javobgarlik. 1 . Shartnoma majburiyatlarining buzilganligi uchun javobgarlikning tushunchasi va ahamiyati. Shartnomalar mulkiy huquq va majburiyatlar vujudga kelishining asosidir. Shunga ko'ra shartnomalar tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishda asosiy vosita sanaladi. Shartnoma shartlarini buzishning oldini olish hamda bartaraf etishning asosiy yo'llaridan, vositalaridan biri huquqiy javobgarlik normalarini qo'llash, shuningdek bu xildagi huquqbuzarliklar uchun jazo choralaridan foydalanishdir. Amaliyot shuni ko'rsatadiki, ayrim shartnoma majburiyatlarini bajaruvchilar bazan ularni bajarilishiga mas'uliyatsiz qaraydilar. Bunday hollarda majburiyatning malum huquqiy choralarni qo'llash vositasida majburan bajarilishi ta'minlanadi. Javobgarlik - unda ko'rsatilgan sanksiyalarni qo'llash xavfi bilan shartnoma tomonlarini kerakli harakatlarni qilishga majburlaydi. H.R.Rahmonqulov takidlaydiki, «shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun javobgarlik choralari tashkilot, korxonalarning mulkiy manfaatdorligini himoya qilishni ta'minlaydi, buzilgan huquqlarini tiklash uchun imkoniyat yaratadi, bu huquqni buzganlarga qonuniy talablar bildirish imkoniyatini beradi»1. Huquqiy javobgarlik choralarini aniq va to'g'ri qo'llash shartnoma munosabatlari ishtirokchilarining qonun normalari hamda shartnoma shartlarini buzilishini oldini olishga, qonundan va shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatlarini majburiy bajarilishini tamin etishga, u yoki bu tomonning buzilgan huquqlarini tiklash imkoniyatini beradi. Malumki, xo'jalik shartnomalariga binoan tomonlar o'zlariga bir qator majburiyatlarni oladilar. Bular, mol-mulkdan, tabiat resurslaridan oqilona foydalanish, moddiy-texnika ta'minoti, atrof-muhit muhofazasi, ijara haqi, ishlab chiqarish obyektlari, asbob-uskunalarning saqlanishini ta'minlash, texnikadan foydalanish qoidalari, veterinariya talablari, texnika xavfsizligi, yong'indan himoya qilish qoidalari talablari bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Shartnomalardan kelib chiqadigan ushbu talab va shartlarga rioya qilmaslik, ularni qo'pol ravishda buzish huquqiy javobgarlikka tortish uchu to'la asos bo'lib hisoblanadi. Xo'jalik huquqiy munosabatlarda javobgarlikning funksiyasini inkor etib bo'lmaydi. U juda foydali rol o'ynaydi. Ishlab chiqaruvchi korxona bilan sotib oluvchi korxona o'rtasidagi oldi-berdilarning ekvivalentligini ta'minlaydi. (zararlarni qoplash, neustoykani to'lash). Ammo shuning bilan javobgarlikning roli nihoyaga etmaydi. Uning vazifalaridan biri qarzdorni majburiyatlarini bajarmasligi natijasida yuzaga keladigan zararning oldini olishdir. Jarima sanksiyalari va kreditor tomonidan qarzdorga nisbatan qo'llaniladigan tezkor ta'sir choralari shunga xizmat qiladi. Ammo yuridik javobgarlikning mohiyati shundaki, u «korxonaning xo'jalik yuritish faoliyatidan kelib chiqadigan barcha salbiy iqtisodiy oqibatlarning korxonaning mulkiy doirasidagi inikosidir», shuning uchun, agar bu oqibatlar boshqa tashkilotning faoliyat yuritishi sababli yuzaga kelgan bo'lsa, ular o'sha tashkilot zimmasiga o'tkazilishi lozim. Shartnomaviy majburiyat ijrosini rag'batlantirishning iqtisodiy usullaridan foydalanish va taraflar axloqiga huquqiy ta'sir choralarini qo'llash orqali ta'minlanadi. Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiy rag'batlantirish usullari alohida ahamiyat kasb etadi. Mulk huquqi yoki xo'jalik yuritish huquqi subyektlari bo'lgan korxonalar va tashkilotlar majburiyatlarning tegishli ravishda ijro etilishidan manfaatdordirlar, chunki ular ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.69 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.69 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga