Shaxs: erkinlik va demokratiya Erkinlik - insonning turli muqobilliklarda tanlov imkoniyatini beradigan, uning talablariga chuqur singdirilgan holatidan iboratdir. Shaxs xillari (tiplari) - insoniyat o'tmishi turli davrlari shartsharoitlari bilan bog'liq holda shaxsning farqlanishi. Demokratiya (yunoncha: xalq hokimiyati) - davlat-siyosiy tuzumi shakli bo'lib, uning manbasi xalq hisoblanadi. Asosiy tushunchalar «Erkinlik» tushunchasida shaxs tarixiy-madaniy ehtiyojlarining ifodalanishi. «Men» va «o'zga men» muvozanati - erkinlik asosi. Sihat-salomatlik- erkinlikning biologik ifodasi. Berilgan imkoniyatlardan yaxshisini tanlash - erkinlik mezoni. Shaxsning jamiyat va uning siyosiy hokimiyati tashkiliy darajalariga bog'liqligi. Huquqiy tizimlar va shaxs dinamizmi. Demokratiya - shaxs qadriyatlarini ta'minlash vositasi. Erkinlik butun ijtimoiy tarix davomida insoniyat va inson shaxsi hayotining dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Chunki erkinlik ijodiy, yaratuvchi, faol, o'z oldiga qo'ygan maqsadi sari harakat qiluvchi insonning ehtiyoji bo'lib, uning tabiati bilan bog'liqdir. Shaxs: erkinlik va demokratiya Erkinlik nima, degan savolga berilgan javoblar ichida, dastavval, uni voqelik - olam rivojlanishining zaruriy jihatlari bilan bog'lash ko'zga tashlanadi. Zaruriyat deganda uni taqdir taqozosi (diniy qarashlar), voqelik rivojlanishining pirovard natijada qonuniy, zaruriy holda yuz berib, o'ziga yo'l topib olishi (materialistik, deterministik qarashlar), ma'naviy rivojlanish ifodasi, (turli ruhshunoslik va subyektiv yo'nalishdagi qarashlar) kabi tarzlarda talqin etiladi. Bu qarashlarda, albatta, muammoning muayyan jihatlari o'z ifodasini topgan. Shaxs erkinligi individual sezgi, subyektiv erkinlik sifatida tanlov qilishdan boshlansa-da, insonning tabiatan faolligi tufayli yuqoriroq bosqichlarda - maqsadga erishish uchun tanlangan vositalarni ishlatib, muayyan xatti-harakatlar qilishda (obyektiv erkinlikda) nihoyasiga yetadi. Shaxs erkinligining ichki tomoni belgilovchi va tuzilishiga ko'ra ancha murakkab bo'lib, asosiy unsurlar sifatida maqsad va vositalarni tanlash, amalga oshirish uchun zarur bo'lgan vaziyatlarni bilishni, bu bilingan, o'zlashtirilgan tashqi zaruriyatni ichki e'tiqod bilan muvofiqlashtirib olish va, nihoyat, o'zligini to'la namoyon etish kabilarni o'z ichiga oladi. XX asr Yevropamutafakkirlaridan M.Xaydegger, K.Yaspers va J.P.Sartr inson ichki erkinligi masalasida muhim ta'limotlarni ilgari surganlar. Haqiqiy erkin tanlov - bu individning ichki ehtiyojiga muvofiq qilingan tanlovki, uning ichki e'tiqodi, samimiyligi, sofdilligi bilan bog'liqdir. Tashqi erkinlik - bu, dastavval, mavjud ijtimoiy munosabatlar tizimida shaxs o'rni va ahamiyatining ifodalanishi, uning ichki erkinligining hissiy-buyumlashgan tarzda namoyon bo'lishidir. Bunda oxir-oqibatda shaxs bilan sotsium manfaatlarining uyg'unligi masalasi alohida ahamiyatga ega. Demokratiyaning ilk ko'rinishlari sivilizatsiya tongidayoq qaror topgan bo'lib, insoniyatning buyuk qadriyati hisoblanadi. Biroq insoniyat rivojlanishining butun bosqichlarida demokratiya yo sahnadan ancha vaqtda tushib ketib, yo qisqa vaqtda tiklanib, mutafakkirlarning o'y-fikrlari markazida inson bilan inson, inson bilan jamiyat uyg'unligini ta'minlaydigan ijtimoiy muhit shakllarini topishga urinish yotadi. Demokratiya Sharq uyg'onish davrida Forobiy va boshqalar antik davrning demokratiyaga doir qarashlarini rivojlantirib, ancha ilgarilab ketgan edilar. Movarounnahrda jamiyatni, kishilar hayotini tashkil ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:14:45
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.91 MB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:59
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:14 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.91 MB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:59 ]
Arxiv ichida: pptx