Shaxs taraqqiyotini davrlarga bo'lish

Shaxs taraqqiyotini davrlarga bo'lish

O'quvchilarga / Huquq
Shaxs taraqqiyotini davrlarga bo'lish - rasmi

Material tavsifi

Reja: Umr davrlarini ajratish nazariyalari Bolalik davri. O'smirlik davri. O'spirinlik davri. Psixikaning irratsional (aqliy bilish jarayonlaridan tashqari) tarkibiy qismlari bo'lmish emotsiya, mayl va shu kabilar yordamida shaxs xulqini tahlil qiluvchi nazariya psixodinamika deyiladi. Mazkur nazariyaning yirik namoyandalaridan biri - bu amerikalik psixolog E.Eriksondir. U shaxs rivojini 8 ta davrga ajratadi va ularning har qaysisi o'ziga xos betakror xususiyatga egadir. Birinchi davr - go'daklik. Ushbu davrda go'dakda ongsizlikka asos-langan tashqi dunyoga nisbatan «ishonch» tuyg'usi vujudga keladi. Bu-ning bosh sababchisi ota-onaning mehr-muhabbati, g'amxo'rligi va jon-kuyarligining nisxonasidir. Agarda go'dakda ishonch negizi paydo bo'lmasa, balki borliqqa nisbatan ishonchsizlik hissi tug'ilsa, u taq-dirda voyaga yetgan odamlarda mahdudlik, umidsizlik shaklida aks etuv-chi xavf vujudga kelishi, ehtimol. Ikkinchi davrda, ya'ni ilk bolalikda jonzodda yarim mustaqqil-lik va shaxsiy qadr-qimmat tuyg'usi shakllanadi yoki aksincha, ularning qarama-qarshisi bo'lmish uyat va shubha hissi hosil bo'ladi. Bo-lada mustaqillikning o'sishi, o'z tanasini boshqarishga keng imko-niyat yaratib, bo'lg'usida shaxs xususiyatlariga aylanuvchi tartib va intizom, mas'uliyat, javobgarlik, hurmat tuyg'ularini tarkib top-tirishga puxta zamin hozirlaydi. Uchinchi davr - o'yin yoshi deb atalib, 5 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bola-larni o'ziga qamrab oladi. Mazkur davrda tashabbus tuyg'usi, qaysidir ishni amalga oshirish va bajarish maylini tarkib toptiradi. Mabo-do unda xohish-istakni ro'yobga chiqarishning yo'li to'sib qo'yilsa, ushbu holatda bola o'zini aybdor deb hisoblaydi. Mazkur yosh davrida davra, ya'ni guruhiy o'yin, tengqurlari bilan muloqotga kirishish jarayonla-ri muhim ahamiyat kasb etadi, natijada bolaning turli rollar sinab ko'rishiga, xayoloti o'sishiga imkon yaratiladi. Xuddi shu davrda bolada adolat tuyg'usi, uni tushunish mayli tug'ila boshlaydi. To'rtinchi davr - maktab yoshi deb nomlanib, undagi asosiy o'zga-rishlar ko'zlagan maqsadga erishish qobiliyati, uddaburonlik va mah-suldorlikka intilish tuyg'usi bilan ajralib turadi. Uning eng mu-him qadriyati - omilkorlik va mahsuldorlikdan iboratdir. Ushbu yosh davrining salbiy jihatlari (illatlari) ham ko'zga tashlanadi va ularning qatoriga ijobiy xislatlari yetarli darajada bo'lmaganli-gi, ongi hayotning barcha qirralarini qamrab ololmasligi, muammo-larni yechishda aql-zakovatning yetishmasligi, bilimlarni o'zlashti-rishda qoloqligi (sustligi) va hokazo. Xuddi shu davrda shaxsda meh-natga nisbatan individual munosabati shakllana boshlaydi. Beshinchi davr - o'spirinlik - o'zining betakror xislati, indi-vidualligi va boshqa odamlar bilan keskin tafovutlanishi bilan tavsiflanadi. Shuningdek, o'smirlik shaxs sifatida noaniklik, muayyan rolning uddalamaslik, qat'iyatsizlik singari nuqsonlarga (illatlarga) egadir. Mazkur davrning eng muhim xususiyati «rolni kechiktirish»ning o'zgarishi hisoblanib, birmuncha taraqqiyot bosqi-chiga ko'tarilishining daqiqasidir. Unda ijtimoiy hayotda bajara-yotgan rollarining ko'lami kengayadi, lekin ularning barchasini jid-diy egallash imkoniyati mavjud bo'lmaydi, vaholanki bu kezda o'spi-rin rollarda o'zini sinab ko'rish bilan cheklanadi, xolos. Erikson o'spirinlarda o'z-o'zini anglashning psixologik mexanizmlarini ba-tafsil tahlil qiladi, unda vaqtni yangicha his qilish, psixoseksual qiziqish, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.53 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.53 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga