Shaxs va davlatning o'zaro munosabati tushunchasi

Shaxs va davlatning o'zaro munosabati tushunchasi

O'quvchilarga / Huquq
Shaxs va davlatning o'zaro munosabati tushunchasi - rasmi

Material tavsifi

Shaxs va davlatning o'zaro munosabati tushunchasi Reja: Shaxs va davlatning o'zaro munosabati tushunchasi. Shaxs va davlat munosabati haqidagi konstitutsiyaviy qoidalar. Shaxs va davlatning o'zaro majburiyatlari. Shaxs va davlatning o'zaro munosabati tushunchasi tushunchasi. Fuqarolar bilan davlat o'zaro huquqlar va burchlar orqali uzviy bog'liqdir. Bu bog'liqlik shaxs va davlat munosabati tushunchasi mohiyatidir. Shaxs bilan davlat o'rtasidagi huquqiy aloqa fuqarolikni anglatadi. Shaxs, jamiyat va davlat - bu uchchala asosiy qadriyat Konstitutsiyada belgilab qo'yilgan. Ular o'rtasida hayotda turli sohalarda yuzaga keladigan barcha munosabatlarning huquqiy tartibi Konstitutsiya qoidalarida o'z ifodasini topgan. Shaxs - fuqarolik jamiyatining erkin, ongli, mustaqil tarkibiy qismidir. Fuqarolik jamiyati esa, o'z-o'zini tashkillashtirgan xalq - uar qanday uokimiyatning uaqiqiy manbai va yetakchisidir. Fuqarolik jamiyati insonning o'z o'zini kamol toptirishga yordam beradi uamda shaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari ruyobga chiqishiga kumaklashadi. Davlat-jamiyat va shaxs manfaatlari va huquqlarining mustaqil, xalqchil, huquqiy himoyachisidir. Shu ma'noda Konstitutsiya fuqaro, jamiyat va davlat hokimiyati o'rtasidagi munosabatlarni belgilovchi o'ziga xos ijtimoiy shartnomadir. Konstitutsiya fuqarolarning umumiy teng huquqliligi, fuqaro va davlat o'rtasidagi munosabatlarda o'zaro mas'ulligi g'oyasiga asoslanadi. Shaxs va davlat munosabati haqidagi konstitutsiyaviy qoidalar Konstitutsiyaviy qoidalar shaxs va davlatning o'zaro munosabatlari qanday shakllanish lozimligi va bu inson uayotida qanday muuim auamiyatga ega ekanligini tushunib olishda yordam beradi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi shaxs va davlat o'rtasidagi o'zaro munosabatlar huquqiy tartibini belgilab beradi. Bunga ko'ra xalq, jamiyat, shaxs huquqi va manfaati birinchi o'ringa qo'yiladi. Agarda shaxs va davlat munosabatida davlat o'rniga e'tibor berilsa, davlat manfaati mohiyati zaminida ham inson huquqi va erki himoyasi yotadi. Biz bunyod etayotgan davlatning insonparvalik va xalqparvarlik mohiyati shunda aks etadi. Ya'ni davlat faoliyatining asosiy maqsadi insonga xizmat qilish ekanligi to'la e'tirof etiladi. Shaxs va davlat munosabatiga taalluqli barcha konstitutsiyaviy qoidalarni o'rganganimizda bunga to'la amin bo'lamiz. Asosiy qonunimizda shaxs va davlatning o'zaro munosabatlarida shaxsning huquqiy o'rni ham qat'iy mustahkamlangan. Shaxsning davlat oldidagi mas'ulligi va majburiyatlari ham konstitutsiyaviy qoidalar mazmuniga singdirilgan. Ya'ni konstitutsiyaviy qoidalar shaxsning davlat bilan yuzaga keladigan munosabatlari huquqiy me'yori va tartibini aniq va ravshan tarzda belgilab beradi va bajarilishini talab etadi. Fuqaro sifatida shaxs bilan davlat o'rtasida boshqacha munosabat shakllanadi. Fuqaro davlat oldida qonun bilan belgilangan majburiyatlarni bajaradi. Shaxs fuqaro sifatida Konstitutsiyaviy huquqlarga ega bo'lib, ularning amalga oshishi uchun davlat zarur shart-sharoitlarni ta'minlash majburiyatini oladi. Shu asnoda fuqaro va davlat o'zaro huquq va majburiyatlarga ega bo'ladi. Agarda shaxs davlat oldidagi mas'uliyatini va majburiyatini anglab yetsa, unga vijdonan amal qilib borsa, davlat rivoji va ravnaqi ta'minlanib boradi. Shaxs va davlatning o'zaro majburiyatlari. Istiqlol sharofati bilan har bir inson ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.46 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.46 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga