Shaxsga qarshi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish

Shaxsga qarshi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish

O'quvchilarga / Huquq
Shaxsga qarshi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish - rasmi

Material tavsifi

Shaxsga qarshi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish Reja: Hayotga qarshi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish masalalari. Sog'liqqa qarshi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish masalalari. Hayot yoki sog'liq uchun xavfli jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish masalalari. Jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish masalalari. Oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish masalalari. Qasddan odam o'ldirish (JK 97-moddasi) Jinoyat kodeksining 97-moddasi ikki qismdan iborat bo'lib, ushbu moddaning 1-qismida «oddiy» odam o'ldirganlik uchun javobgarlik belgilangan. Albatta, odam o'ldirish «oddiy» bo'lishi mumkin emas. Jinoyatni JK 97-moddasi 1-qismi bilan kvalifikatsiya qilish inkor usuli bilan amalga oshiriladi. Ishda, yani sodir etilgan qilmishda JK 97-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan odam o'ldirganlik uchun javobgarlikni og'irlashtiruvchi holatlarning mavjudligi va JK 98-102-moddalaridagi engillashtiruvchi holatlarning borligi aniqlanadi. Agarda yuqorida aytilgan holatlar bo'lmasa, aybdorning qilmishi JK 97-moddasi 1-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi1 . O'ch olish maqsadida, rashk tufayli, tuzalmaydigan kasalni azobdan qutqarish maqsadida jabrlanuvchining iltimosiga ko'ra, mushtlashish vaqtida o'ldirish, bezorilik belgilari bo'lmasa, hasad, qo'rqoqlik va hokazo tufayli sodir etilgan odam o'ldirish JK 97-moddasi 1-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi. O'z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsni yoki uning yaqin qarindoshlarini qasddan o'ldirishdan boshqa barcha holatlarda o'ch olish maqsadida shaxsni o'ldirganligi uchun aybdor JK 97-moddasi 1-qismi bilan javobgarlikka tortiladi. Dastlab aytib o'tilgan holatda odam o'ldirganlik JK 97-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan kvalifikatsiya qilinadi, buning uchun odam o'ldirish aynan shaxsiy munosabatlar tufayli o'ch olish maqsadida sodir etilganligini aniqlash lozim bo'ladi. Shaxsiy munosabatlar tufayli o'ch olish maqsadida odam o'ldirishdan bezorilik oqibatida odam o'ldirishni farqlash lozim. Bezorilik oqibatida odam o'ldirishga jabrlanuvchining ahamiyatga ega bo'lmagan harakati (chekish uchun sigareta bermaslik, biror-bir korxonaning qaerda joylashganligini aytmaslik va hokazo) bahona bo'ladi yoki u hech bir sababsiz ham amalga oshiriladi. O'ch olish motivi jabrlanuvchining xulq-atvori, xatti-harakati tufayli bevosita odam o'ldirilishidan oldin yoki ancha ilgari vujudga kelishi mumkin. Shaxsiy munosabatlar tufayli bevosita o'ldirish sodir bo'lishidan avval o'ch olish motivi paydo bo'lgan holatlarda, odam o'ldirish kuchli ruhiy hayajonlanish yoki zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish yoxud ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish tufayli sodir etilmaganligini ham aniqlash lozim. Rashk tufayli odam o'ldirish ham JK 97-moddasi 1-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Odam o'ldirish motivi sifatida rashk o'zida ishonchsizlik, egoizm, qahr-g'azab kabi unsurlarni jamlagan bo'ladi. Ko'pincha rashk tufayli odam o'ldirishga yer yoki xotinning xayoliy xiyonat qilganligi, jabrlanuvchining turmushga chiqishga yoki uylanishga rozilik bermaganligi yoki jabrlanuvchining nikohsiz birga yashash to'g'risidagi taklifni rad etganligi sabab bo'ladi. Agar qilmishda JK 97-moddasi 2-qismi nazarda tutilgan og'irlashtiruvchi holatlar bo'lmasa, kimning aybi bilan boshlanganligidan qati nazar urishish yoki mushtlashish vaqtida odam o'lsa, aybdorning qilmishi JK 97-moddasi 1-qismi bilan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30 KB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30 KB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga