O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI TARIX VA IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI MILLIY G'OYA, MA'NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TA'LIMI KAFEDRASI Mirzayeva Farangiz Shermatovnaning 5141500-Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavr darajasini olish uchun Shaxsga qarshi jinoyatlarni yuridik jihatdan baholash (tahlil etish) mavzusida yozgan Ilmiy rahbar: dots. A.Yoqubov Himoyaga tavsiya etildi Tarix fakulteti dekani dots.F.Rahmonov 2015 yil Qarshi - 2015 MUNDARIJA: Kirish……3 I. SHAXSGA QARSHI JINOYATLAR 1.1. Shaxsga qarshi jinoyatlarning umumiy tavsifi…… 1.2. Qasddan va boshqa holatlarda odam o'ldirish jinoyati haqida umumiy ma'lumot…… II. SOG'LIQQA QARSHI JINOYATLAR 2.1. Hayot yoki sog'liq uchun xavfli jinoyatlar 2.2. Badanga shikast yetkazish tushunchasi, uning tahlili va turlari…… 2.3. Qasddan badanga og'ir shikast yetkazish…….…… …… II. SHAXSNING KONSTITUSIYAVIY HUQUQ VA ERKINLIKLARIGA QARSHI JINOYATLAR 3.1. Konstitusiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlarning umumiy tavsifi…… Xulosa…….73 Adabiyotlar rо'yxati……75 Ilovalar……77 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Davlatning bosh vazifalaridan biri inson haqida g'amxо'rlik qilishdir. Binobarin О'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida inson omili, uning shaxsiy huquq va erkinliklari belgilangan. Konstitusiya normalarida, har qanday holatdan qati nazar, shaxsning qonuniy huquq va manfaatlari mustahkamlangan, kafolatlangan va himoya qilingan. Chunonchi Konstitusiyamizning 18-moddasida «О'zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bо'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar», deb qayd etilgan bо'lsa, uning 19-moddasida «Fuqarolarning Konstitusiya va qonunlarda mustahkamlab qо'yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki cheklab qо'yishga hech kim haqli emas», deb qayd etilgan. О'zbekistonda amalga oshirilayotgan tub demokratik islohotlarning pirovard maqsadi inson huquqlari va manfaatlari tо'la-tо'kis ta'minlanadigan huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iborat. Mamlakatimiz hayotining har bir jabhasida kechayotgan tub islohotlar, eng avvalo, demokratik huquqiy jamiyat qurish, xalq farovonligini oshirish, inson manfaatlarini oliy qadriyat darajasiga kо'tarish, har bir fuqaroning haq-huquqlari himoyasini ta'minlashga yо'naltirilgan. О'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta'kidlaganidek, …bugungi siyosiy-huquqiy voqelikni hisobga olgan holda, mamlakatimizda huquqiy ta'lim va ma'rifatni, jamiyatda huquqiy bilimlar targ'ibotini tubdan yaxshilashga yо'naltirilgan maqsadli keng kо'lamli chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish zarur. Ushbu dasturning amalga oshirilishi aholining inson huquq va erkinliklariga nisbatan hurmat bilan munosabatda bо'lishini, fuqarolarda qonunga itoatkorlik tuyg'usining yanada ortishini ta'minlaydi». Shuni ta'kidlash kerakki, shaxsning huquq va erkinliklari turli huquq sohalarining normalari bilan himoya qilinadi, lekin jinoyat qonunlarida fuqarolarning huquq va erkinliklari buzilganligi uchun jinoiy javobgarlik belgilangan bо'lib, huquqning bu sohasi ana shu javobgarlikni qо'llash orqali fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qiladi. Jinoyat kodeksining «Shaxsga qarshi jinoyatlar» bо'limida hayotga, sog'liqqa qarshi, hayot ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:14:45
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
196.87 KB
Ko'rishlar soni
65 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:14 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
196.87 KB
Ko'rishlar soni
65 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:59 ]
Arxiv ichida: doc