Shaxsiy huquq va erkinliklar. Siyosiy huquqlar Reja: O'zbekiston Respublikasida inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklarining konstitutsiyaviy asoslari. Shaxsiy huquq va erkinliklar. Siyosiy huquqlar, ularning tuzilishi va turlari. O'zbekisto Respublikasining Konstitutsiyasida insonning siyosiy huquqlari. O'zbekiston Respublikasida inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklarining konstitutsiyaviy asoslari xalqaro hamjamiyatning tula huquqli azosi bo'lgan O'zbekistonning qonunchiligi xam xalqaro huquq talablariga bo'lishi kerak. Bunday talablar Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi, fuqarolik huquqlari va siyosiy huquqlari to'g'risida xalqaro Pakt, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquq to'g'risidagi xalqaro Pakt, Ovrupoda Xavfsizlik va hamkorlik Kengashining hujjatlarida, turli xalqaro shartnomalarda o'z ifodasini topgan. Ular mamlakat Konstitutsiyasi hamda milliy qonunchilik orqali kafolatlanishi kerak. Davlat inson huquqlari bo'yicha xalqaro huquq, me'yorlarini etirof etish bilan birga, fakat xalqaro hamjamiyat oldida emas, balki o'z fuqarolari xam muayyan majburiyatlar oladi. Respublikamizning Konstitutsiyasi insonga keng kulamdagi huquq va erkinliklar berishi bilan birga, unga malum majburiyatlar xam yuklaydi. Asosiy konstitutsiyaviy huquq, erkinlik va burchlar inson hayoti faoliyatining barcha muhim sohalarini kamrab oladi. O'zbekiston Respublikasining Asosiy qonuni insonning asosiy huquqlari va erkinliklarini tartibga solishida ijtimoiy adolat, fuqarolarning umumiy tengligi, fuqaro va davlatning o'zaro javobgarligi g'oyasiga asoslanadi. U fuqarolarning huquq va erkinliklarini daxlsizligini, insonni sud orqali himoyalanish huquqini kayd etadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan asosiy huquq va erkinliklar xar bir insonga, xar bir fuqaroga taalukli bo'lib, barcha uchun teng va barobardir. Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklar shaxsning huquqiy maqomi asosini tashkil etib, boshqa huquq sohalari bilan konkretlashtiriladi. Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklar xar bir shaxs O'zbekistonning xar bir fuqarosi uchun taaluklidir. Asosiy huquq, erkinlik va burchlarning o'ziga xos xususiyati shundagi, ular xech bir istisnosiz xar bir kishi yoki xar bir fuqaro uchun teng va birdir. Davlat u yoki bu asosiy huquqni tan olishida ularni xamma tomonidan amalga oshirish imkoniyatning huquqiy zaminini yaratadi. «huquq» va «erkinlik» tushunchalari o'rtasidagi farq malum manoda shartlidir. Erkinlik tushunchasi shaxsning mustaqiligi, uning ichki dunyosiga tashqaridan ta'sir kursatilishidan muhofaza etilishi (vijdon, dinga e'tiqod qilish, fikr yuritish erkinligi, badiiy, ilmiy, texnik va boshqa ijod turlarining erkinligi kabilar) bilan malum darajada bog'liqdir. «huquq» tushunchasi esa ko'p darajada davlat tomonidan ruyobga chikariladigan harakat, kursatiladigan xizmat yoki shaxsning malum ijtimoiy-siyosiy, xo'jalik tizimida ishtirok etishga xakli ekanligini bildiradi. Shaxsiy huquq va erkinliklar Shaxsiy huquq va erkinliklar inson erkinligining asosiy jabhalarini kamrab oladi, kishining jamiyatdagi turmushi, yashash va faoliyat ko'rsatish asoslariniifodalaydi, uning shaxsiy hayotini, xususiy erkinliklarini turli xildagi aralashuvlardan himoya qiladi. O'zbekison Respublikasi Konstitutsiyasining shaxsiy huquq va erkinliklarga bagishlangan 7-bobi 8 moddadan iborat bo'lib, ularda quyidagi huquq va erkinliklar ifoda etiladi: yashash huquqi (24-modda) erkinlik va ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:14:45
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.32 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:00
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:14 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.32 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:00 ]
Arxiv ichida: doc