Shaxsiy nomulkiy huquqlar tushunchasi va turlari

Shaxsiy nomulkiy huquqlar tushunchasi va turlari

O'quvchilarga / Huquq
Shaxsiy nomulkiy huquqlar tushunchasi va turlari - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1.Nomulkiy huquqlarning tushunchasi va belgilari 2. Nomulkiy huquqlarning tasnifi va turkumlash mezonlari 3. Fuqaroning ismga (nomga) bo'lgan huquqi va uni fuqarolik huquqiy himoya qilish Nomulkiy huquqlarning tushunchasi va belgilari Shaxsiy nomulkiy munosabatlar, shaxsiy huquqlar ibora-lari huquqiy mazmunga ega bo'lib turli qonunlar va boshqa norma-tiv hujjatlarda mustahkamlab qo'yilgan. Masalan, Konstitutsiya-ning VII bobida, Fuqarolik kodeksining 99-moddasida shaxsiy huquqlar haqida qoidalar mavjud. Boshqa qonunlarda (masalan, Jinoyat kodeksi, Oila kodeksi va h.k.) ham shaxsiy huquqlarni himoya qilish, ulardan foydalanish masalalari o'z aksini topgan. Shaxsiy huquq juda keng qamrovli tushuncha va faqat Konsti-tutsiyadagina bu keng mazmun o'z ifodasini topgan. Biroq, alohida qonunlarda, jumladan, FK yoki JKda bu tushunchalar talqinida ayrim o'ziga xosliklar mavjud. Biroq ayni vaqtda ular o'rtasida tutash nuqtalar ham yo'q emas. Ayrim mualliflar inson huquqlari - shaxs huquqiy maqomini belgilashning muhim va ajralmas tarkibiy qismi ekanligini ko'rsatib, bu huquqiy maqom turlicha ekanligini e'tirof etadi. Ularning fikricha, shaxsning umumiy huquqiy maqomi bilan birga, uning tarmoq, tarmoqlararo va maxsus huquqiy maqomlari ham mavjud hamda ular o'rtasida o'zaro bog'lanish borligini esdan chiqarmaslik shart[84]. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining VII bobida o'z ifodasini topgan shaxsiy huquqlar ham o'z mazmuniga ko'ra yuqori-dagi nuqtai nazarga mosdir. Albatta, Konstitutsiyada mujassamlan-gan shaxsiy huquqlar mazmuni o'z talqiniga ko'ra FKda nazarda tutilgan shaxsiy huquqlardan g'oyat keng. Bu shaxsiy huquqlar bir vaqtning o'zida turli huquq tarmoqlari orqali himoya qilinadi. Ilmiy adabiyotlarda nomoddiy ne'matlarning va nomulkiy huquqlarning o'ziga xos xususiyatlari to'g'risidagi fikrlarda umu-miylik ko'proq ekanini ta'kidlash lozim. Ularda shaxsiy nomulkiy ne'matlarning quyidagi xususiyatlari ko'rsatib o'tiladi: -ular fuqarolarning turli ehtiyojlarini qondirishga qara-tilgan bo'ladi; -ular bevosita pulda baholanishi mumkin emas; -ular shaxsdan ajralmaydi (bunday ne'matlarni sotish, hadya qilish, meros qilib qoldirish va boshqacha tarzda shaxsdan ajratish mumkin emas); -ular umumiy qoidagi ko'ra, fuqaroning tug'ilishi bilan boshlanib, o'limi bilan tugaydi[85]. Shaxsiy huquqlarning nomoddiy xarakteri iqtisodiy mazmun-dan mahrum holda yuzaga keladi. Bu shuni bildiradiki, shaxsiy nomulkiy huquqlar baholanishi mumkin emas, ular uchun tekinlik xosdir, ularning amalga oshirilishi boshqa shaxslarning teng qiymatdagi mulkiy majburiyatlarini nazarda tutmaydi. Nomulkiy ne'matlar obyekti, bu shaxsdan ajratib bo'lmaydigan nomoddiy ne'matlar: nom (ism), sha'n, qadr-qimmat, sog'lik, shaxsiy hayot siri, shaxsiy daxlsizlik va boshqalardir. Ixtiro, foydali model, sanoat namunalarining tegishli huquqiy munosabatlar obyekti deb tan olinishi uchun yana aqliy faoliyat natijalarini baholay oladigan vakolatli organning qarori ham kerak. Qonunlar bir qator hollarda ba'zi nomulkiy huquqlar yoki shu huquqlar mazmuniga kiruvchi ba'zi vakolatlarni boshqa shaxsga o'tkazishni (berishni) ko'zda tutadi. Chunonchi, tovar belgisiga bo'lgan huquq yuridik shaxs qayta tashkil etilishi sababli boshqa yuridik shaxsga o'tishi mumkin. Ba'zi shaxsiy nomulkiy huquqlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 44.63 KB
Ko'rishlar soni 57 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 44.63 KB
Ko'rishlar soni 57 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga