Shayboniylar davlati va huquqi. O'zbek xonliklarining davlat tuzumi va huquqi

Shayboniylar davlati va huquqi. O'zbek xonliklarining davlat tuzumi va huquqi

O'quvchilarga / Huquq
Shayboniylar davlati va huquqi. O'zbek xonliklarining davlat tuzumi va huquqi - rasmi

Material tavsifi

Shayboniylar davlati va huquqi O'zbek xonliklarining davlat tuzumi va huquqi Reja: Shayboniylar davlati tuzumi Ashtarxoniylar davlati. Mustaqil o'zbek xonliklarining vujudga kelishi va ularning davlat tuzumi Xiva xonligi. Qo'qon xonligi. Shayboniylar davlati tuzumi Temuriylar va Oltin O'rda davlatida feodal tarqoqlik, o'zaro nizo va janglar oqibatida XV asrning 20-yillarida Dashti Qipchoqning sharqiy hududlarida, ya'ni Oltin O'rdaning Oq O'rda qismida Volga bo'ylaridan to Sirdaryo shimoligacha bo'lgan hududlarni o'z ichiga olgan ko'chmanchi o'zbeklar davlati tashkil topadi. XV asr o'rtalariga kelib o'zbeklar davlati hozirgi Qozog'iston va janubiy-g'arbiy Sibirning juda katta hududlarini o'z ichiga olgan. Xususan, ko'chmanchi o'zbeklar davlatining chegaralari shimoldan Turkiyagacha, janubdan Xorazmning g'arbiy qismi bilan Orol dengizi va Sirdaryoning quyi oqimigacha yetib borgan. Sharqiy chegara esa Sabron (Savron)dan o'tgan. G'arbdan Topol va Yoyiq (Urol) daryolari chegara bo'lgan. Bu davlat Qozog'iston, G'arbiy Sibirning ko'p qismi va Xorazmning janubiy-g'arbiy hududlarini o'z ichiga olgan. Unga Volga daryosining o'ng qirg'og'idan (Buyuk Bulg'ordan) to Darbandgacha bo'lgan yerlar ham bo'ysungan. Ushbu davlatning asoschisi temuriylar saltanatiga barham bergan Muhammad Shayboniyxonning (1450-1510-y.) bobosi Abulxayrxon (142829-146869-y.) hisoblanadi. Mazkur davlat 40 yildan ziyodroq vaqt hukm surgan. Temuriy shahzodalarning o'zaro taxt talashishi davrida Abulxayrxon tez orada Movarounnahr ijtimoiy-siyosiy hayotida hal qiluvchi o'rin egallaydi. Chunonchi, Shayboniylar sulolasi vakillari Oltin O'rda namoyandalari sifatida Movarounnahrni sobiq Chig'atoy ulusining tarkibi deya, unga o'z da'volarini haqli hisoblaydilar. Abulxayrxonning nevarasi Muhammad Shayboniyxon tomonidan 1499-1510-yillar oralig'ida Temuriylar mulki to'la egallanadi. Yangi davlatning poytaxti dastlab Samarqand deb topildi. XVI asrning 60-yillarida Buxoro ma'muriy-siyosiy markaz mavqeini oladi. XVI asrda Rossiyada «Buxariya», «Velikaya Buxariya», Sharqiy Turkiston esa «Kichik Buxoro» nomi bilan mashhur bo'lgan. Ko'chmanchi o'zbeklar davlati tashkil topishi bilan bu hudud huquqiy tizimida yangi o'zgarishlar joriy qilinishiga ehtiyoj tug'ildi. Chingizxon va Temur davrida qo'shinda joriy qilingan harbiy tartibqoidalar saqlanib qoldi. Shayboniyxon hokimiyatni mustahkamlab olgach, bir qator islohotlar o'tkazdi. Bular yer-suv va pul islohotlaridir. Shayboniyxon 1505-yilda yirik qonunshunoslarning kengashini chaqirib unda bundan avvalgi o'n yil ichida soliqlarning og'irligidan, amaldorlar zulmidan qochib yersuvlarini tashlab ketganlar mulklarining taqdiri muhokama qilindi. Kengash egasiz yer-suv, mulklar podsho tasarrufiga o'tkazilishi, egalari qaytib kelgach davlat xazinasidan ularning mol-mulklari qaytarib berishi va ushbu mol-mulkdan foydalanganlik uchun tegishli haq to'lash to'g'risida qaror qabul qildi. 1507-yilda pul islohoti o'tkazilib, mamlakatning barcha yirik shaharlarida vazni bir xil bo'lgan kumush tangalar, mis chaqalar zarb etilib, muomalaga kiritildi. Abdullaxon I ning qisqa vaqt hukmdorligidan (1539-1540-y.) so'ng mamlakatda qo'sh hokimiyatchilik yuzaga keldi. Buxoroda Ubaydulloxon o'g'li Abdulaziz (1540-1550-y.), Samarqandda esa Ko'chkunjixon o'g'li Abdulatif (1540-1551-y.) hokimiyatni boshqaradi. Abdullaxon II (1583- 1598-y.) davriga kelib mamlakat yana markazlashtiriladi. Mamlakat poytaxti Buxoroga ko'chiriladi va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.82 KB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.82 KB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga