Shikoyat va arizalar bilan murojaat qilish huquqini ta'minlashda prokurorning vazifalari

Shikoyat va arizalar bilan murojaat qilish huquqini ta'minlashda prokurorning vazifalari

O'quvchilarga / Huquq
Shikoyat va arizalar bilan murojaat qilish huquqini ta'minlashda prokurorning vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Shikoyat va arizalar bilan murojaat qilish huquqini ta'minlashda prokurorning vazifalari Reja: Prokurorning huquqiy hujjatlari. Prokuror arizasi Shaxslarni ushlab turish joylarida( IVSda), dastlabki qamoq joylarida ( SIZOda) qonunchilikka rioya etilishi ustidan prokuror nazoratini amalga oshirish. Shikoyat va arizalar bilan murojaat qilish huquqini ta'minlashda prokurorning vazifalari Shaxslarni ushlab turish, qamoqqa olinganlarni va jinoiy ja'zolarni o'tash joylarida qonunlarga rioya etilishi ustidan, shuningdek jinoyat-huquqiy ta'sirning boshqa choralarini ijro etish chog'ida prokuror o'z vakolatlari doirasida shu shaxslarning bergan shikoyat va arizalari bilan batafsil tanishib chiqishi va tegishli choralarni ko'rishi lozim bo'ladi. Bu toifa shaxslardan ariza olinishining o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Chunki, bu shaxslar odatda o'zlarining buzilgan huquq va erkinliklarini ariza va shikoyat bilan murojaat orqali hal etish uchun birinchi bo'lib intilmaydilar. Shuning uchun bu toifa shaxslarning huquq va erkinliklarini tiklash masalasida prokurorlar o'z vakolatlari doirasi yani, ushlab turilgan va ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan shuningdek, qamoq tariqasidagi jazoni o'tash uchun xukm qilingan shaxslarning saqlanishining qonuniyligi ustidan nazorat viloyat va unga tenglashtirilgan prokurorlar vakolatlariga ularning katta yordamchilari va yordamchilari orqali amalga oshiriladi. Jazo tariqasida ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning saqlanishini bevosita maxsus(ixtisoslashtirilgan) prokurorlar amalga oshiradilar va jinoyat-huquqiy ta'sirning boshqa choralarini ijro etish (tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini ijro etish muassasalari va ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan undanda engilroq jazo choralari-masalan: axloq tuzatish ishlari, manzil koloniyalarda ozodlikdan mahrum etish jazosini o'tash maxsus prokuror yoki hududiy prokuror tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin. Bu toifa shaxslarni huquq va erkinliklarini poymol bo'lmasligi uchun bevosita prokurorlarning o'zlari vaqti vaqti bilan kamida oyida bir marta ularning saqlanish joylarida ma'muriyat vakillari ishtirokida va ishtirokisiz qabul uyushtirishlari, ular bilan bevosita suhbat qilishlari va ularga nisbatan qo'llanilgan intizomiy jazo choralarini qonuniyligini ham bira to'la tekshirib ketishlari shart hisoblanadi. Bu toifa shaxslar bevosita prokurorga ariza bilan kelmaydi. Balki, prokurorning o'zi ariza olish uchun ularning oldiga borishi kerak bo'ladi. Prokurorning huquqiy hujjatlari. Prokuror nazorati hujjatlarining barcha turlari prokuratura faoliyatining ushbu yo'nalishida ham qo'llanishi mumkin. Ularni qo'llash muddatlari, rasmiylashtirish tartibi, ko'rib chiqish muddatlari prokuratura faoliyatining boshqa yo'nalishlarida qo'llanadigan prokuror nazorati hujjatlaridan farq qilmaydi. Lekin ijro masalasiga kelinganida, albatta bu toifa prokuror nazoratining o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, hujjatlarni ko'rib chiqish muddatlarini prokurorlar tomonidan qisqartirilishi yani, maksimal muddatda javob olinishini oldini olishlari zarur. Chunki, zudlik bilan hamda darhol qonunbuzilishiga chek qo'yilishi talab etiladi. Qonun buzilishining darajasi(xarakteri)ga qarab, jinoiy ja'zolarni ijro etish muassasalarida qonunlar ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi ixtisoslashgan maxsus prokuror tegishli prokuror nazorati hujjatini qabul qiladi. Bu hujjatlarga: protest, qaror, taqdimnoma, ariza va ogohlantiruv kiradi. Jinoiy ja'zolarni ijro etish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.55 KB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.55 KB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga