Silliq milli o'tochar qurollarning snaryadlardagi izlarga ko'ra aynanligini aniqlash muammolari Agar millari maxsus ariqchali qurollarning aynanligini aniqlash uchun tadqiqotning ko'plab maxsus usullari, metodikasi ishlab chiqilgan bo'lsa, silliq milli qurollarning otilgan snaryadlarga ko'ra aynanligini aniqlash uchun bunday usullar juda kam yaratilgan. Bu turdagi usullarni ixtiro etish va yaratishning qiyinligi quyidagilar bilan tushuntiriladi: sochma o'q va pitralar, hatto zavodda yasalgan bo'lsa ham, qurol mili kanalida harakatlanish jarayonida deformatsiyaga uchraydi, agar ular birorta qattiqroq to'siqqa urilsa, ular shu qadar kuchli deformatsiyalanadiki, ulardagi izlar bo'yicha aynanlikni aniqlash uchun umuman yaroqsiz bo'lib qoladi. Aytilganlardan sochma o'q va pitralar daliliy ashyolar sifatida qiziqish uyg'otmas ekan, degan xulosa chiqarmaslik kerak. Sochma o'qlarning kimyoviy va spektrografik tahlil etishlar shuni ko'rsatadiki, voqea joyidan (murdadan) va gumonlanuvchi shaxsdan olingan sochmalar tarkibi bo'yicha bir xil bo'lishi mumkin. Silliq milli qurollardan otilgan snaryadlardagi iz hosil bo'lish mexanizmi maxsus ariqchali qurollardan otilgan snaryadlardagi iz hosil bo'lish mexanizmidan farq qiladi. Ko'pincha qo'lbola usulda yasalgan dumaloq o'qlar qurol mil kanali diametridan kichik diametrga ega bo'ladi va otilishda mil kanali devorlari bilan zich ta'sirlashmaydi. Bunday o'qlarda mil kanalining ayrim sohalaridan izlar qolishi mumkin. Agar o'qlarning diametri qurol mili diametridan kattaroq bo'lsa, bunday o'qlarda aniqroq izlar vujudga kelishi mumkin. Bunday hollarda o'qlarda ko'plab mayda shilinishlardan iborat yopiq halqalar qoladi. Agar otish yetakchi belbog'lar va turli qovurg'alarga ega bo'lgan o'q bilan bajarilgan bo'lsa, u holda aynan shu qismlarda aniq ifodalangan izlar qolishi mumkin. Otilgan o'qlarda silliq mil kanali izlarining alomatlari to'liq ifodalangan hollarda miltiq kalibri izlarning yopiq halqalardagi, shuningdek yetakchi belbog'lar va qovurg'alardagi o'q diametrini o'lchab aniqlash mumkin. ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:14:45
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
7.77 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:00
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:14 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
7.77 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:00 ]
Arxiv ichida: doc