Siyosiy huquqiy ta'limotlar tarixining predmeti va metodi

Siyosiy huquqiy ta'limotlar tarixining predmeti va metodi

O'quvchilarga / Huquq
Siyosiy huquqiy ta'limotlar tarixining predmeti va metodi - rasmi

Material tavsifi

Siyosiy huquqiy ta'limotlar tarixining predmeti va metodi Reja: 1. Siyosiy va huquqiy ta'limotlar tarixining predmeti 2. Siyosiy va huquqiy ta'limotlarning o'rganish metodologiyasi 3. Siyosiy va huquqiy ta'limotlar tarixining ahamiyati. Mustaqil O'zbekiston yangi davlat barpo etayotgan bugungi kunda insoniyatning siyosiy va huquqiy tajribasiga va bu tajribani o'zida ifoda etgan siyosiy va huquqiy ta'limotlar tarixiga murojat qilish zaruriy ehtiyojga aylanmoqda. Jamiyatimiz ma'naviyati barcha xalqlar tomonidan yaratilgan siyosiy madaniyat yutuqlarini o'z ichiga oladi va o'zida mujassamlantiradi. O'tmish avlodlarning davlat va huquq, adolatli ijtimoiy tuzum haqidagi fikrlari va ularni qanday yo'nalishda rivojlanganligini bilish, ayniqsa yoshlar uchun, nixoyatda muhimdir. Siyosiy va huquqiy ta'limotlar tarixining vazifasi avloddan-avlodga o'tib kelayotgan siyosiy va huquqiy bilim sohasidagi tajribani o'rganish, umumlashtirishdan iboratdir. Bu bebaho boylikdan foydalanmasdan turib, yangi milliy davlat qurish vazifalarini amalga oshirish mushkuldir. Siyosiy va huquqiy ta'limotlar davlat va huquqning paydo bo'lishi natijasida vujudga keldi. Siyosiy ta'limotlar keng manoda jamiyatdagi sinflar, tabaka va toifalar, millatlar va ellatlar, shuningdek davlatlar o'rtasidagi munosabatlarni ifoda etuvchi g'oyalar, qarashlar va vazifalarni o'z ichiga oladi. Bu qarashlarning o'zagini hokimiyat masalasi, davlat tuzish va boshqarish uslublari masalalari tashkil qiladi. Jamiyatning rivojlanishi natijasida siyosiy va huquqiy bilimlar ham rivojlanadi, boyib bordi. Shunga muvofiq siyosiy va huquqiy ta'limotlar tarixining predmeti ham rivojlanib, o'zgarib bordi. Siyosat, davlat, huquq muammolari falsafa, politologiya, sotsiologiya, huquqshunoslik va boshqa gumanitar fanlar tomonidan ham o'rganiladi. Ular o'rtasida vorislik aloqalari mavjud. Biroq har bir fanning bu muammolarga yondoshishi o'zgachadir. Agar siyosiy va huquqiy ta'limotlar davlat va huquqning paydo bo'lishi bilan shakllana boshlagan bo'lsa, siyosatshunoslik fani siyosatning iqtisodiy, ijtimoiy va ma'naviy faoliyatdan mustaqil ijtimoiy faoliyat sifatida ajralib chiqishi natijasida shakllandi. Bu esa tarixning yangi va eng yangi davriga to'g'ri keladi. Bundan tashqari siyosatshunoslik fanining predmeti siyosiy ta'limotlar emas, balki real siyosiy jarayonlarning o'zidir. Siyosiy va huquqiy ta'limotlar tarixi davlat va huquq haqidagi nazariy bilimlarning paydo bo'lishi va rivojlanish tarixini o'rganuvchi ham tarixiy, ham nazariy ixtisoslikka mansub fandir. Uning doirasida davlat, huquq, siyosat va qonun chiqarish haqidagi nazariy bilimlarning paydo bo'lishi va rivojlanishi tadqiq qilinadi va yoritiladi. Bu fanda siyosiy va huquqiy hodisalarni ifodalovchi nazariy g'oyalar, qonun-qoida va ta'limotlar tarixi o'z aksini topgan. Jamiyatda nazariy ta'limotlardan tashqari siyosiy va huquqiy voqelikni o'zida aks etuvchi turli tasavvurlar, his-tuyg'ular, e'tiqodlar, kayfiyatlar, fikrlar ham mavjud. Bular xalq og'zaki ijodida, badiiy asarlarda, jamoat va siyosiy arboblarning siyosiy va huquqiy hodisalar haqida aytgan fikr va mulohazalarida ifodalangan. Ular maxsus nazariya darajada bo'lmasada, jamiyatdagi turli ijtimoiy-siyosiy harakatlarning manfaatlarini, siyosiy dasturlarini aniqlash va yoritish imkonini beradi. Siyosiy ta'limotlar tarixi bularni ham o'z ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.38 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.38 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga