Siyosiy ( davlat ) rejim Reja Siyosiy rejim tushunchasi va uning turlari. Demokratik rejim va uning asosiy belgilari. Liberal rejim. Nodemokratik rejim va uning turlari: totalitar, avtoritar, fashistik, irqiy va boshqa rejimlar. Davlat rejimi tushunchasi. Siyosiy rejim - halq irodasiga muvofiq siyosiy hokimyatning amalga oshirishga xizmat qiluvchi siyosiy tashkilot (Davlat, siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari, nodavlat uyushmalar), siyosiy normalar, prinsiplar, institutlar, jarayonlarning o'zaro aloqadorligi va mushtarak yig'indisidir. Siyosiy rejim insonlar faoliyatining alohida sohasi - siyosat, siyosiy munosabatlar va aloqalar sohasi bilan bog'liq. U muayyan siyosiy idoraning mahsuli sifatida vujudga keladi va irodaning amalga oshirishgasafarbar etilgan vositalarning institutsiyaviy (tashkiliy - to'z ulmaviy) rasmiylashgan shakli sifatida namoyon bo'ladi. Siyosiy rejim kishilar o'rtasidagi siyosiy munosabatlarning barqaror shakli bo'lib, uning yordamida jamiyat a'zolarining barchasiga nisbatan hokimiyat ta'siri amalga oshiriladi yoxud qatiy irodaviy qaror qabul qilinadi. Siyosiy rejim talqiniga chuqurroq kirib borish, uning mohiyatini anglab etish uchun siyosat va Rejim iboralarining lug'uviy hamda ilmiy manolarini aniqlash lozim. Siyosat - yunoncha politika so'zining tarjimasi bo'lib, uning manosi davlatning boshqarish san'ati , davlat ishlari demakdir. Qadimda yunon faylasufi demokritning fikricha, Siyosat - davlatning idora etish, boshqarish mahoratidir Bugungi kunda siyosat - davlat ishlarida ishtirok etish, davlatni yo'naltirib turish, uning shaklini, vazifasini, faoliyatini mazmunini belgilash deb, talqin qilinadi. Siyosat - turli ijtimoiy guruhlarning davlat hokimiyatiga munosabatining ifodasidir. Ingliz siyosatshunos olimlari G.Ponton va P.Jillsiyosatni quyidagicha uya jihatining mushtarak birligi tarzida ixohlayodi: kishilarning ijtimoiy masalalarini tushunish va hal etish usuli; bu faoliyat asosida yotuvchi prinsiplar; ayrim shaxs yoki guruhlarning vaziyat usulidan nazoratni qo'lga kiritish va uni saqlab qolish vositasi; Siyosiy rejim tushunchasi ilmiy doiralarda nisbatan yaqinda - XX asrning 60-yillarida paydo bo'ldi. Shu paytdan boshlab esa u jiddiy munozaralarga, tortishuvlarga sabab bo'ldi. Jumladan, ayrim olimlarning fikricha, «siyosiy rejim» so'zini sentezlash mohiyatiga ko'ra, davlat shakli tushunchasining sinonimi sifatida qaralishi kerak edi. Boshqa birlarining fikriga ko'ra esa, siyosiy umuman davlat shakli tarkibidan chiqarib tashlanishi zarur. Zero, deb tushuntiradi olimlar, davlatning amal qilishi siyosiy emas, balki davlat rejimining tavsiflaydi. Bu munozaralar oxir oqibatda siyosiy rejimni tushunishga ikki xil yondashuv- tor va keng manodagi yondashuvlarning paydo bo'lishiga olib keldi. Keng manodagi yondashuv siyosiy rejimni siyosiy hayot va umuman jamiyat siyosiy tizimi hodisalari qatoriga kiritadi. Tor manodagi yondashuv uni faqat davlat hayoti va davlatning o'zigagina mansub tushuncha sifatida talqin etadi va buni uning davlat shaklining boshqa tamonlarini- boshqaruv shakli va davlat to'z ulishi shaklinin, shuningdek, davlatning o'z fuqarolarini aniqlab berishi bilan izohlaydi. Lekin ko'p o'tmay, siyosiy rejim ham keng ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:14:45
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.03 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:00
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:14 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.03 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:00 ]
Arxiv ichida: doc