Siyosiy tartibot (rejim). Davlat organlari. Davlat mexanizmi 8-sinf O'zbekiston davlati va huquqi asoslari fani 8-mavzu Davlat hokimyatini amalga oshirish usullari va uslublari tizimiga siyosiy tartibot deyiladi. Mamlakatdagi siyosiy vaziyat, ya'ni jamiyatdagi siyosiy erkinlik darajasini aynan siyosiy tartibot belgilaydi. Biror bir mamlakatdagi siyosiy tartibot haqida gapirilganda, birinchi galda ushbu mamlakatda davlat hokimiyati qay yo'sunda tashkil qilinganligi, inson huquq va erkinliklarining ta'minlanganligi, siyosiy fikrlar xilma-xilligining holati, aholining ijtimoiy faolligi e'tiborga olinadi. Hokimiyat ustida turgan siyosiy kuchlarning davlatni boshqarishdagi qo'llaydigan usullari va uslublarining yaxlit tizimi siyosiy tartibot deb ataladi. Siyosiy tartibot asosan ikki xil bo'ladi: 1. Demokratik; 2. Nodemokratik. Demokratik tartibot sharoitida insonning siyosiy va fuqarolik huquqlari hurmat qilinadi. Fuqarolar davlat hokimiyat idoralarini tuzishda va ularninng faoliyatida faol ishtirok etadilar Agar davlatda demokratik tartibot hukmron bo'lsa, bu davlatda fuqarolar umume'tirof etilgan huquq va erkinliklardan to'la foydalanadilar, davlat esa ularni har tomonlama kafolatlaydi va himoya qiladi. Demokratik tartibot belgilari: 1) shaxsning iqtisodiy jihatdan erkin bo'lishi; 2) inson va fuqaro huquqlari va erkinliklarining e'tirof qilinishi va kafolatlanishi; 3) davlat boshqaruvi ozchilikning ko'pchilikka bo'ysunishi tamoyili asosida amalga oshirilishi; 4) hokimiyat vakolatlarining bo'linishi; 5) ijtimoiy hayotda fikrlar xilma-xilligi (pluralizm), ijtimoiy-siyosiy birlashmalarning ko'pligi; 6) qonun ustuvorligi. Demokratik davlatda g'oyaviy va siyosiy xilma-xillik konstitutsiya tomonidan qo'llab-quvvatlanib, siyosiy partiyalarning faoliyatiga ruxsat etiladi. Siyosiy partiyalar esa oliy va mahalliy hokimiyat idoralariga deputatlarni saylashda ishtirok etish orqali o'zlari iloji boricha ko'proq a'zolarini hokimiyat idoralariga kiritishga harakat qiladilar. Demokratik saylovda g'alaba qilgan siyosiy partiyalar hukumatni tuzish va o'z siyosatini o'tkazish huquqiga ega bo'ladilar. Demokratiyaga zid tartibot - nodemokratik tartibot deb ataladi. Bunday tartibotda davlat idoralari demokratik tamoyillar va qoidalarga rioya etmaydilar. Davlat boshqarishini amalga oshirish maxsus idoralar tomonidan amalga oshiriladi va bu idoralar huquqshunoslik fanida davlat organlari deyiladi. Davlat organlari quyidagi turlarga bo'linadi: a) Vakillik organlari: qonun chiqaruvchi, mahalliy xalq deputatlari kengashlari; b) Ijroiya organlari: davlat boshlig'i (prezident, monarx), hukumat, vazirlik va davlat qo'mitalari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar (prokuratura, ichki ishlar vazirligi va uning organlari, adliya vazirligi va boshqalar); d) Mahalliy ijroiya organlari (viloyat, tuman va shahar hokimliklari); e) Sud va konstitutsiyaviy nazorat idoralari: Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud va uning viloyat (shahar bo'g'inlari). Savol va topshiriqlar: 1. Siyosiy tartibot nima? 2. Siyosiy tartibot turlarini aytib bering. 3. Demokratiya so'zining lug'aviy ma'nosi bilan demokratiya atamasining mohiyatini taqqoslang. 4. Demokratik tartibotning asosiy belgilarini sanab bering. 5. Demokratik tartibot hukm surayotgan davlatdagi fuqarolarning ahvolini tavsiflab bering. Shunday davlatlarga misol keltiring. 6. Nodemokratik tartibot nima? 7. Totalitar tartibot haqida nimalarni bilasiz? 8. Sobiq Sovet Ittifoqida fuqarolarning siyosiy ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:14:45
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.47 MB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:00
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:14 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.47 MB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:00 ]
Arxiv ichida: ppt