Siyosiy va huquqiy ta'limotlar tarixi fanining predmeti, metodi va ahamiyati

Siyosiy va huquqiy ta'limotlar tarixi fanining predmeti, metodi va ahamiyati

O'quvchilarga / Huquq
Siyosiy va huquqiy ta'limotlar tarixi fanining predmeti, metodi va ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

Siyosiy va huquqiy ta'limotlar tarixi fanining predmeti, metodi va ahamiyati Reja: 1.Siyosiy va huquqiy ta'limotlar tarixi fanining predmeti, o'rganish uslublari va ahamiyati. 2. Siyosiy va huquqiy ta'limotlar tarixi fanining vazifalari va unga qo'yilgan talablar. 3.Siyosiy va huquqiy ta'limotlar tarixi fanining boshqa umumnazariy fanlari bilan aloqadorligi. 1. Siyosiy va huquqiy ta'limotlar tarixi fanining predmeti, o'rganish uslublari va ahamiyati. Siyosiy va huquqiy ta'limotlar tarixi davlat va huquq haqidagi nazariy bilimlarning paydo bo'lishi va rivojlanish tarixini o'rganuvchi ham tarixiy , ham nazariy ixtisoslikka mansub fandir. Siyosiy huquqiy ta'limotlar tarixi fanining predmeti bo'lib,jamiyatdagi nazariy ta'limotlardan tashqarii siyosiy va huquqiy voqelikni o'zida aks etuvchi turli tasavvurlar, his-tuyg'ular,e'tiqodlar, kayfiyatlar, fikrlar ham mavjud. Bular turli asarlarda, davlat va jamoat arboblarining fikrlarida va mulohazalarida ifodalangan.Ular maxsus nazariya darajasida bo'lmasada , jamiyatdagi turli ijtimoiy-siyosiy harakatlarning manfaatlarini , siyosiy dasturlarini aniqlash va yoritish imkonini beradi.Fanning predmeti bularning barchasini qamrab oladi. Mazkur o'quv fanining o'qitishdan maqsad bo'lajak huquq sohasi mutaxassislarini umumjahon miqyosidagi siyosiy va huquqiy ta'limotlarning paydo bo'lishi hamda rivojlanish qonuniyatlarini o'rgatish, ularning tafakkuri tarixiy sinovlardan o'tgan ibratli siyosiy va huquqiy fikrlar bilan boyitish, turli siyosiy va huquqiy g'oyalar, fikrlar, nazariyalar mohiyatini anglab olish malakasini shakllantirishdir. «Siyosiy va huquqiy ta'limotlar tarixi» fanini o'rganishda ijtimoiy fanlarni o'rganishda qo'llaniladigan uslublardan foydalaniladi. Falsafiy va maxsus-huquqiy, formal mantiiqiy, dialektik, sistematik, qiyosiy- tarixiylik uslublari alohida o'rin tutadi. Siyosiy va huquqiy ta'limotlar tarixi fani yuristlarning zamon talabiga mos dunyoqarashini shakllantirib, huquq sohasidagi ilmlarini yanada mustahkamlashga yordam beradi. hozirgi davrda davlat va huquq haqida chuqur ilmiy tasavvurga ega bo'lish zamonaviy dunyoviy tafakkurning teranlashuviga va O'zbekistonning jahon hamjamiyatida insonparvar demokratik huquqiy davlat sifatida o'z qonuniy o'rnini egallashiga xizmat qiladi. Siyosiy va huquqiy ta'limotlar tarixining ahamiyati shundaki, u bo'lajak huquqshunoslarni umumjahon miqyosidagi ta'limotlarning paydo bo'lish va rivojlanish qonuniyatlari bilan tanishtirish bilan birga,ularda bu ta'limotlarning mohiyatini anglab olish malakasini shakllantiradi. 2. Siyosiy va huquqiy ta'limotlar tarixi fanining vazifalari va unga qo'yilgan talablar Siyosiy va huquqiy ta'limotlar tarixi fanining birinchi vazifasi - huquq sohasi bo'yicha bo'lajak mutaxassislarga siyosiy va huquqiy ta'limotlarning rivojlanishi jarayonida ruy berayotgan evolyutsiyasi haqida bilim berish. Siyosiy va huquqiy ta'limotlar tarixi fanining ikkinchi vazifasi - davlat va huquq haqidagi nazariyalarni hayotga tadbiq qilish uchun talabalarni nazariy bilimlar bilan qurollantirish. Siyosiy va huquqiy ta'limotlar tarixi fanining uchinchi muhim vazifasi - talabalarda bugungi kunda mavjud qonunlarni siyosiy va huquqiy oqimlar, nazariyalarining mohiyatini anglash va tushuntirib bera olish malakasini shakllantirishdir. Siyosiy va huquqiy ta'limotlar tarixi fanining vazifalari quyidagilar: - huquq sohasi bo'yicha bo'lajak mutaxassislarga siyosiy-huquqiy ta'limotlarning rivojlanishi jarayonida ro'y berayotgan evolyutsiyasi haqida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 38.83 KB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 38.83 KB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga