Siyosiy va huquqiy ta'limotlar tarixi o'quv fani sifatida predmeti, tizimi, uslubi

Siyosiy va huquqiy ta'limotlar tarixi o'quv fani sifatida predmeti, tizimi, uslubi

O'quvchilarga / Huquq
Siyosiy va huquqiy ta'limotlar tarixi o'quv fani sifatida predmeti, tizimi, uslubi - rasmi

Material tavsifi

Siyosiy va huquqiy ta'limotlar tarixi o'quv fani sifatida: predmeti, tizimi, uslubi Reja: 1. Siyosiy va huquqiy ta'limotlar tarixi tushunchasi. Siyosiy va huquqiy ta'limotlarning paydo bo'lishi va rivojlanishi. Siyosiy va huquqiy ta'limotlar tarixi fanining huquqshunoslik va boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Siyosiy va huquqiy ta'limotlar tarixi fanining predmeti va o'rganish usullari. ta'limotlar- - turli shakllardagi nazariy qarashlarning mohiyati, tegishli bilimlarning tarixan maydonga kelishi va rivojlanishi, siyosiy-huquqiy ko'rinishlarni bilish chuqurlashib borgan nazariy konsepsiyalar, g'oyalar va qoidalar nazarda tutiladi. Siyosiy va huquqiy ta'limotlar tarixi fanining vazifasi : dunyo siyosiy va huquqiy ta'limotlarining yuzaga kelishi, shakllanishi va rivojlanishining asosiy bosqichlari, yo'nalishlarini yoritishdan iboratdir. Siyosiy va huquqiy ta'limotlar rivojlanish davrini quyidagicha davrlarga bo'lish mumkin: Siyosiy va huquqiy ta'limotlar tarixi fani Siyosiy-huquqiy ta'limotlar tarixini o'rganishda quyidagi qoidalariga rioya qilishni unutmaslik darkor: Birinchidan: u yoki bu ta'limotni, nazariyani, konsepsiyani yoki biror-bir mutafakkirning siyosiy-huquqiy qarashlari, fikrlari, tasavvurlarini o'rganish uchun o'sha davr shart-sharoitlari talablaridan kelib chiqqan holda o'rganmoq zarur. Aks holda juda ko'p g'oya va fikrlar bugungi kunda unchalik ahamiyatsiz ko'rinishi mumkin. Shu boisdan davlat, huquq haqidagi qarashlarni qanday shart-sharoitlarda shakllanib, rivojlanganligini aniqlash juda muhim ahamiyatga loyiq. Ikkinchidan: mutafakkirning umumiy falsafiy qarashlarini o'rganish zarur. Uning siyosiy-huquqiy g'oyalari, fikrlari qanday falsafiy yo'nalishlar va qarashlar bilan uyg'unligini bilish ham talab etiladi. Uchinchidan: yuristlar uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan davlat, huquq, qonuniylik to'g'risidagi nazariy bilimlarini kelib chiqishi, to'g'risida alohida mutafakkir yoki nazariyotchilarning aniq fikrini, g'oyalarni bilish ham muhimdir. To'rtinchidan: muayyan nazariyotchi, mutafakkirning siyosiy-huquqiy qarashlari davlat siyosati, mafkurada qanday o'rin tutgani, kimlarning manfaatini himoya qilishga qaratilganligini aniqlashi etibordan chetda kolmasligi zarur. Beshinchidan: siyosiy-huquqiy mafkura tarixida mutafakkirning, nazariyotchi, davlat arbobi, siyosiy arbobning siyosiy-huquqiy qarashlari ulardan avvalgisiga nisbatan qanday yangiliklar bilan farqlanishini aniq tasavvur etish shart. Ularni jamiyat taraqqiyoti uchun qanday ahamiyatga ega bo'lishligini o'rganish ham muhimdir. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati: Karimov I.A. Adolat - qonun ustuvorligida. - Xalq so'zi, 2001, 30 avgust. Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo'lida. 6-tom. - T., «O'zbekiston», 1998. Karimov I. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz. T.: O'zbekiston. 200. - 109 b. Boboev. H.B.Siyosiy huquqiy ta'limotlar tarixi. T.: TDYuI 2003.-205B. Istoriya politicheskix i pravovix ucheniy. Uchebnik dlya vuzov. Pod obshey redaktsiey Nersestsyantsa V.S. - M., izd. «Norma-Infra», 199. Gegel. Filosofiya prava. - M., «Nauka», 1981. Islamov Z.M. Obshestvo. Gosudarstvo. Pravo (Voproso' teorii). «Adolat», 2001. Filosofskiy ensiklopedicheskiy slovar. -M., izd. «Norma-Infra» 2001. ww.ziyonet.o'z ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.93 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.93 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga