Siyosiy va ma'naviy - madaniy munosabatlar ijtimoiy tuzumning tarkibiy qismi sifatida

Siyosiy va ma'naviy - madaniy munosabatlar ijtimoiy tuzumning tarkibiy qismi sifatida

O'quvchilarga / Huquq
Siyosiy va ma'naviy - madaniy munosabatlar ijtimoiy tuzumning tarkibiy qismi sifatida - rasmi

Material tavsifi

Siyosiy va ma'naviy- madaniy munosabatlar ijtimoiy tuzumning tarkibiy qismi sifatida Reja: 1. Siyosiy tizim va siyosiy hokimiyat tushunchalari 2. Siyosiy jarayon 3. ma'naviy -madaniy munosabatlar tushunchasi 4. ta'lim 5. Fan va madaniyat 6. Diniy munosabatlar 1. Siyosiy tizim va siyosiy hokimiyat tushunchalari Uyushgan holda siyosiy tizimni tashkil etuvchi siyosiy munosa-batlar jamiyatda siyosiy hokimiyatning faoliyat ko'rsatishi bilan bog'liq munosabatlardir, davlat hokimiyati esa uning markazlashgan ifodasi bo'lib hisoblanadi. Umuman hokimiyat - bu bir guruh kishilar (guruhlar)ning o'z istak-irodasini boshqa insonlar yoki guruhlar (o'z ixtiyoridagi, qo'l ostidagi) orqali amalga oshirishga erishish imkoniyati va qobiliyat-lari bilan xarakterlanadigan (tavsiflanadigan) ijtimoiy munosa-batdir. Aksiyadorlik jamiyatida rahbar shaxsning hukmronligi qatiy rasmiylashtiriladi va o'zining umumiy sarmoyadagi hissasiga suyanadi, menedjer esa sarmoya egalarining vakolatlariga tayanadi. Ibodatxonaning hukmdorligi sig'inuvchilarning qaysi konfessiyaga oidligi, e'tiqodining qanchalik qatiyligiga bog'liq. Partiya, kasaba uyushmalari va hokazo jamoat birlashmalari rahbarlarining hukmronligi, shuningdek, jamoa xo'jalik tuzilmalari (shirkat, his-sadorlik jamiyatlari va hokazo)ning o'z a'zolariga nisbatan yurita-digan hokimiyatlari, hukmronliklari ham rasmiylashtirilgan va ularning shaxsiy obro'-etiborlaridan tashqari jamoat birlashmasi yoki xo'jalik tuzilmasi a'zolari tomonidan berilgan vakolatlarga tayanadi (masalan, saylov yo'li bilan berilgan vakolatlar). Siyosiy hokimiyat - bu muayyan bir guruh kishilar (elita)ning butun jamiyat ustidan hukmronligi bo'lib, bo'ysunmaslik hollarida majburlash, zo'rlik vositalarini qo'llanishi bilan tavsif (xarak-ter)lanadi. Bu jamiyat (uning katta bir qismi) ustidan hukmronlik bo'lgani uchun ham ommaviy hokimiyat deb ataladi. Siyosiy hokimiyat malum miqdorda konstitutsiyaviy huquq bilan tartibga solib bori-ladigan bir qator siyosiy institut (soha)lar vositasida amalga oshi-riladi. Davlat hokimiyati qonunan butun jamiyatga taalluqlidir va o'z hukmronligi ostidagilarga belgilangan holatlarda, belgilangan usullar bilan va belgilangan darajada jismoniy zo'rlik (zulm) qo'llash monopoliyasiga egadir. Qator Konstitutsiyalarda (masalan, Ispaniya Konstitutsiyasi) ommaviy hokimiyat haqida ko'proq gapiri-ladi. Bunda davlat organlari va o'zini o'zi boshqaruv organlari ko'zda tutiladi. Siyosiy hokimiyatni amalga oshirishda, siyosiy partiyalar va ularga yaqin turuvchi jamoat tashkilotlari ham ishtirok etadilar. Hukmron hokimiyatlarga muxolif bo'lgan va betaraf jamoat tashqi-lotlari ommaviy hokimiyat institutlarining shakllanishi va fao-liyat ko'rsatishiga turli shakllarda o'z ta'sirini ko'rsatadi. Omma-viy axborot vositalari, bazan esa ibodatxona va boshqa diniy tuzilmalar tomonidan ham kuchli ta'sirni ko'rish mumkin. Bu institut (muassasa)larning barchasi siyosiy tizimning institutsional negizi, asosini - siyosiy hokimiyatni amalga oshirish mexanizmini tashkil etadi. Adabiyotlarda siyosiy tizimning tuzili-shiga nisbatan o'zaro bir-biriga qarama-qarshi (zid) hamda ozmi-ko'pmi mos keluvchi turli-tuman fikr va mulohaza hamda xulosalar berilgan. Bazilarida siyosiy tizim yuqorida ko'rsatib o'tilgan institutlar va ular orasida belgilangan hamda yuzaga kelgan tartib bilan atroflicha izohlansa, boshqalarida siyosiy tizimning siyosiy muassasalar, siyosiy me'yorlar, siyosiy muloqot vositalari, siyosiy ong vositalaridan iboratligi takidlanadi. Uchinchi bir turdagi adabiyotlar esa ikkinchi guruh ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.65 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.65 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga