Buxoro Iqtisodiyot va bank kolleji PARLAMENT jamoasining Siz qonunni bilasizmi? ko'rik tanlovining Yoshlarga oid qonunchilik - yoshlar nigohida sharti bo'yicha tayyorlagan taqdimoti. PARLAMENT Bugungi kunda O'zbekistonda yoshlarga davlat siyosati darajasida e'tibor berilmoqda. Biz buni mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar va yurtboshimizning g'amxo'rliklarida ham ko'rishimiz mumkin. O'zbekistonda yoshlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qiladigan huquqiy baza ham yaratilgan bo'lib, shunday qonunlardan eng asosiysi O'zbekiston Respublikasida «Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to'g'risidagi» qonun bo'lib, bu qonun 1991 yil 20 noyabrda qabul qilingan. Bu qonun IV qism va 21-moddadan iborat. Mamlakatimizda yoshlarga yurtboshimiz tomonidan berilayotgan e'tiborning yana bir muhim huquqiy asosi bu 2014-yilning 6-fevralida qabul qlingan 21-24-sonli prezident qarorida ham ko'rishimiz mumkin. Ushbu qaror Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan O'zbekistonda Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risida bo'lib, ushbu qaror 7-qism 67-banddan iborat. Serquyosh zaminimizda yoshlarga mana shunday imkoniyatlar yaratilayotganligi dan biz yoshlar yurtboshimizdan minnatdormiz. PARLAMENT PARLAMENT jamoasining O'zbekiston Respublikasining «Yoshlarga oid davlat siyosati asoslari to'g'risidagi» qonuniga o'zgartirish kiritish masalasidagi taklifini bildirishdan oldin bir narsani alohida ta'kidlab o'tmoqchimiz. Ushbu qonun yoshlar bilan bog'liq bo'lgan deyarli barcha masalalarni o'zida qamrab olgan. Lekin shunday bo'lsada biz jamoamiz bilan kelishilgan holda ushbu qonunga quyidagicha o'zgartirishlar kiritishni taklif qilamiz. TAKLIFIMIZ!! Jamoamiz bilan kelishgan holda bizlar, «Yoshlarga oid davlat siyosati asoslari to'g'risidagi» qonunning 6 -9 va 19-moddalarga o'zgartirishlar kiritish takliflari bilan chiqdik. Bizning birinchi taklifimiz, hammamizga ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida 15 kishidan iborat Ekologig harakat vakillari bor. Xuddi shunday, Oliy Majlisda yoshlarning huquq va erkinliklarini himoya qiladigan va faqat yoshlar manfaatlarini ko'zlab ish ko'radigan harakat vakillari bo'lsa, degan taklifni beramiz va bu taklifimizni «Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to'g'risida»gi qonunning 6-moddasiga o'zgartirish kiritish yo'li bilan mustahkamlansa, maqsadga muvofiq bo'lardi deb o'ylaymiz. TAKLIFIMIZ!! Jamoamizning ikkinchi taklifi shundan iboratki, Respublikamizda huquqshunoslik fani bo'yicha o'tkazilib kelinayotgan fan olimpiadasi bekor qilingan. Shu munosabat bilan, Siz qonunni bilasizmi? ko'rik tanlovining Respublika bosqichida I-o'rinni egallagan jamoa a'zolariga, oliy o'quv yurtlariga kirishlari uchun imtiyozlar berilsa, degan taklifni bildiramiz, va bu taklifimizni «Yoshlarga oid davlat siyosati asoslari to'g'risidagi» qonunning 9-moddasiga o'zgartirish kiritish orqali mustahkamlanishini taklif qilamiz. TAKLIFIMIZ!! Jamoamizning uchinchi taklifi «Yoshlarga oid davlat siyosati asoslari to'g'risidagi» qonunning 9- moddasiga o'zgartirishlar kiritish orqaligina amalga oshirilishi mumkin. Ya'ni, iste'dodli (ixtirochi va kashfiyotchi) yoshlarni qo'llab quvvatlash va ularga sharoitlar yaratib berish taklifidir. Bunday qo'llab quvvatlash ularning ixtirolari va kashfiyotlari uchun imtiyozli kreditlar berish va ularni uy-joy bilan ta'minlash orqali amalga oshirilsin degan taklifni beramiz. Bu taklifimiz qonunga o'zgartirish kiritish orqali amalga oshirilsa, maqsadga muvofiq bo'ladi deb o'ylaymiz. ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:14:45
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
311.86 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:00
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:14 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
311.86 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:00 ]
Arxiv ichida: pptx