Smeta - byudjet yo'li bilan moliyalashtirishning huquqiy asoslari

Smeta - byudjet yo'li bilan moliyalashtirishning huquqiy asoslari

O'quvchilarga / Huquq
Smeta - byudjet yo'li bilan moliyalashtirishning huquqiy asoslari - rasmi

Material tavsifi

Smeta-byudjet yo'li bilan moliyalashtirishning huquqiy asoslari Reja: 1. Smeta-byudjet yo'li bilan moliyalashtirish tushunchasi va uning tarkibi. 2. Smeta-byudjet orqali moliyalashtirish tartibi. 3. Byudjetdan tashqari mablaglar va ularning huquqiy tartibga solish. Smeta-byudjet yo'li bilan moliyalashtirishning mohiyati shundaki, moddiy nemat ishlab-chiqarish sohasiga oid bo'lmagan va uzdaromadlariga ega bo'lmagan davlat va mahalliy muassasalar o'z kundalik xarajatlari va faoliyatini kengaytirish chikimlarini moliyaviy rejalar-xarajatlar sistemasi asosidagi byudjet mablaglari hisobidan koplaydilar. Smeta-byudjet yo'li bilan moliyalashtirish, bu moliyalashning umumiy qoidalari asosida pul mablaglarini qaytarmaslik va xak tulamaslik sharti bilan berilishidir. Shu bilan birga smeta-byudjet yo'li bilan moliyalashtirish o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'ladi. Smeta-byujet yo'li bilan moliyalash ijtimoiy soha muassasalari: Maorif, sog'liqni saqlash , jismoniy tarbiya, madaniyat muassasalariga nisbatan amalga oshiriladi. Bular katorida maorif va xak ta'limi muassasalari muhim urinni egallaydi. O'zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyuldagi «ta'lim to'g'risidagi» qonunning 42 moddasida aytilishicha «Davlat tasarrufidagi ta'lim muassasalarini pul bilan Respublika va mahalliy byudjetlar hisobidan davlat me'yorlari asosida amalga oshiriladi. hozirgi sharoitda ijtimoiy madaniy tadbirlarning moliyaviy ta'minlashning o'ziga xos xususiyati sifatida fan, madaniyat, ta'lim, sog'liqni saqlash muassasalari faoliyatida tijorat tamoyillarining rivojlanaetganligi ushbu muassasalar tomonidan qonunlarga rioya kilgan holda tulik qo'shimcha xizmatlar ko'rsatishga ruxsat etilgani kayd etilishi mumkin. Davlat xarajatlarining ancha kismi uzoq muddatli iqtisodiy me'yorlar asosida sog'liqni saqlash sohasiga sarflanadi. Yana jismoriy tarbiya, yoshlar siyosati sohasidagi tadbirlar, texnika taraqqiyoti uchun xam byudjet hisobidan moliyaiashtiriladi. Milliy mudofaa harakatlari (armiyani saklab turish, qurol-yarok va harbiy texnika sotib olish, ilmiy tekshirish, kapital qurilishi, harbiy xizmatchilarning nafaqa ta'minoti) xam davlat byudjeti hisobidan koplanadi. Smeta- byudjet orqali moliyalashtirish tartibi huquq tartibot, xavfsizlik idoralari, sud va prokurorlarning mablag bilan ta'minlashda kullaniladi Smeta-byudjet yo'li bilan moliyaviy taominlash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilab qo'yilgan bo'lib, uning asosida smeta, yani muassasa, tashkilotlarni saklab turish uchun kuzda tutilgan mablaglar miqdorini belgilab beruvchi moliyaviy reja yotadi. Smeta muassasasini moliyaviy ta'minlash hamda byudjet mablaglarini sarflash rejasi vazifasini bajaradi. Muassasalarning kamrab olish darajasiga ko'ra, smeta yakka (individual), markazlashgan tadbirlar smetasi va yigma smetalarga bulinadi. Yigma smetalar vazirliklar, idoralar tizimidagi muassasalar, tashkilotlarning yig'indisidan iborat. Markaziy tadbirlar smetasi vazirliklar idoralar, boshqarmalar, bo'limlar tomonidan tuziladi. Bunday smetalar konferensiyalar, uchrashuvlar va xokozolar uchun tuziladi. Yakka va yigma smetalar shakli Moliya vazirligi tomonidan tasdiklanadi. Yakka smeta ayrim olingan muassasalarning o'ziga xos xususiyatlarini aks ettiradi. Bu tudagi byudjet tashkilotlari uchun xarajatlar smetasining namunaviy shakli belgilanadi. Bunday yagona shakldagi smetalar quyidagi uch asosoy bo'limdan iborat. Muassasa quyidagi umumiy ma'lumotlar, umumiy xarajatlar miqdorining uch oylikka bulingan xoldagisi. Xarajatlarni (lavozim birliklari miqdori, xizmat kursatuvchi kontingent) aniklashga imkon beruvchi tezkor ishlab- chiqarish ko'rsatkichlari. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.21 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.21 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga