Sof islomiy tushunchalar asliyat va talqinlar. Diniy ekstremistik tashkilotlar davolariga raddiyalar

Sof islomiy tushunchalar asliyat va talqinlar. Diniy ekstremistik tashkilotlar davolariga raddiyalar

O'quvchilarga / Huquq
Sof islomiy tushunchalar asliyat va talqinlar. Diniy ekstremistik tashkilotlar davolariga raddiyalar - rasmi

Material tavsifi

Sof islomiy tushunchalar: asliyat va talqinlar. diniy ekstremistik tashkilotlar davolariga raddiyalar «JIHOD» TUShUNChASINING ASL MOHIYaTI Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda shunday deyiladi: «Bir kishi Rasululloh (s.a.v.)ga men jihodda qatnashmoqchiman, dedi. U zot (s.a.v.): Ota-onang bormi, deb so'radilar. Ha, deb javob qildi u kishi. Shunda Payg'ambar (s.a.v.): ularning huzuriga borib yordam ber, xizmatini qil. Shu sening jihodingdir, dedilar». Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda shunday deyiladi: «Jihod to'rt xildir: Amri maruf (yaxshi ishlarga buyurish), nahyi munkar (gunoh, yomon ishlardan qaytarish), o'zining zarariga bo'lsa ham rost so'zlash, fosiq kishining masxara qilishiga chidab turish». ** Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda shunday deyiladi: «Musulmonlarning afzali, qo'lidan va tilidan musulmonlarga ozor etmaydiganidir. Mo'minlarning afzali esa, hushxulqlirog'idir. Muhojirlarning afzali, Alloh qaytargan narsalardan o'zini yiroq tutuvchidir. Jihodning afzali esa, Alloh yo'lida o'z nafsi va xohishiga qarshi qilinadigan jangdir». Saudiya Arabistoni muftiysi Shayx Abdulaziz ibn Abdulloh ibn Muhammad mazkur mavzu yuzasidan shunday deydi: «Jihod qilishga buyurish, faqatgina valiyul amr (davlat rahbari) vakolatiga xosdir. Bu narsa ahli sunna va jamoa ulamolari nazdida to'g'ri deb topilgan. Valiyul amr (davlat rahbari) iznisiz jihodga chiqish shariat qoidalariga zid bo'lib, gunohi kabiralardan biri hisoblanadi». Quroni karim Niso surasi 93-oyatda shunday deyiladi: «Kimda-kim qasddan bir mo'minni o'ldirsa, uning jazosi jahannamda abadiy qolishdir. Yana unga Alloh g'azab qilgay, lanatlagay va unga ulkan azobni tayyorlab qo'ygay». AR-RIYoD. 2003 yil 12 may MOSKVA. 2010 yil 29 mart Quroni karim Niso surasi 29-oyatda shunday deyiladi: «O'zlaringizni o'ldirmangiz! Albatta, Alloh sizlarga rahm-shafqatlidir». Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda shunday deyiladi: «Kimki o'zini temir parchasi bilan o'ldirsa, u kishi o'sha temir parchasi qorniga suqilgan holda qiyomatda jahannam o'tida abadiy qolur. Kimki o'zini zahar bilan o'ldirsa, u kishi o'sha zahar bilan qiyomat kunida do'zax azobida doimiy azoblanur». Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda shunday deyiladi: «Kimki o'zini tog' tepasidan tashlab o'ldirsa, o'lgandan keyin ham jahannamda shu xil azobga giriftor bo'ladi. O'zini suvga tashlab yoki osib yoki kuydirib o'ldirgan kishilarning hukmi ham uning hukmi bilan barobardir». ** Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda shunday deyiladi: Alloh taolo hadisi qudsiyda marhamat qilurki: Bandam o'zini-o'zi o'ldirib, Mening unga bergan umrimga shukr qilmay, shoshildi. Shuning uchun unga jannatni abadiy harom qildim». Xudkushlik g'oyasi haqida ulamolar fikri Pokistonlik zamonaviy hanafiy ulamolardan Tohir Qodiriy shunday deydi: Ekstremistik tashkilotlar (xudkushlik orqali) narigi dunyoda mukofotga etishish haqidagi cho'pchaklari bilan yoshlarning ongini zaharlamoqdalar. Aslida esa Islom tinch aholini o'ldirish va xudkushlik amaliyotlarini qoralaydi. ** Pokiston ulamolari kengashining fatvosida shunday deyiladi: Xudkushlik hujumlari Islomda mavjud bo'lmagan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.1 MB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:00 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.1 MB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga