SOLIQ HUQUQI TUSHUNCHASI METODI VA PREDMETI 1. Soliq tushunchasi va uning ahamiyati. 2. Soliq huquqining rivojlanishida ijtimoiy- iqtisodiy muhit. 3. Soliq huquqi haqidagi qarashlar va uning ta'rifi. Reja: O'zbekiston Respublikasida amal qilayotgan soliq tizimi ko'p tomonlama milliy iqtisodiyotning o'ziga xos xususiyatlarini aks ettirish bilan birga, ko'p jihatdan soliq solishning g'arb tizimi ko'rsatkichlariga to'g'ri keladi, bu esa, davlatimiz ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanishining strategik maqsadlari bilan uzviy bog'liqdir. Soliq tushunchasi va uning ahamiyati Soliq tizimining tuzilish tamoyillari, odatda, u yoki bu mamlakat rivojlanishining iqtisodiy rivojlanishiga bog'liq bo'lib, umumiy qonuniyatlarga ega. O'zbekiston soliq tizimining rivojlanishi negiziga bir qancha taraqqiy etgan xorijiy davlatlarda asosiy hisoblangan va o'z samaradorligini ko'rsatgan soliq tizimining tuzilish tamoyillari asos qilib olingan. Ular orasida davlat tomonidan qattiq markazlashtirilgan boshqaruv asosida soliq tizimini bir butunligini ta'minlaydigan tizimlilik; soliqni undirishning keng qonunchilik asosi; ayrim hollarda soliq to'lovchiga soliq solishning aniq tizimini tanlash huquqi berilgan soliqlar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik; soliqlarni umumdavlat (markaziy) soliqlari va mahalliy soliqlarga qat'iy bo'lish; har yili soliqlar stavkalarini aniqlash hamda davlat tomonidan har yili qabul qilingan davlat byudjeti to'g'risidagi qonun doirasida siyosiy o'zgarishlar va iqtisodiy kon'yukturani hisobga olgan holda, soliq siyosatini amalga oshirish imkoniyati bilan ta'minlangan soliq tizimining qayishqoqligi (moslashuvchanligi); mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini rag'batlantirish bilan bog'liq. Soliq tizimining rivojlanish negizida ma'lum huquqiy institutlar va tushunchalar yotadi, ularni e'tiborga olmaslik soliq haqidagi qonun hujjatlarining buzilishini keltirib chiqaradi, soliq yig'imlaridan kelib tushadigan mablag'larning keskin kamayishiga sabab bo'ladi. Soliqning ma'muriylashtirish tashkiliy-huquqiy unsurlarining muvozanatlashuviga, nazoratning shakl va uslublariga ham katta e'tibor qaratiladi. Soliq institutlarining yuzaga kelishi davlat va bozor infratuzilmasi mavjudligi hamda ularning ishlashi bilan bog'liq obyektiv zaruriyat natijasidir. Agar sobiq rejali taqsimot tizimi doiralarida korxonalar foydasining turli ishlab chiqarish fondlarini shakllantirishdan qolgan qismi byudjetga o'tkazilag bo'lsa, bozor iqtisodiyoti soliq munosabatlarining ahamiyatliligini hokimiyat organlarini moliyaviy mablag'lar bilan ta'minlash usuli sifatida, iqtisodiy jarayonlarga taraqqiy etgan davlatning ta'sir ko'rsatuvchi muhum unsuri sifatida belgilab berdi. Soliqlar huquqining paydo bo'lishi va rivojlanishi jamiyatning demokratlashuvi, huquqiy davlat g'oyasi bilan bog'liqdir. Soliq solish huquqiy tabiat nuqtai -nazaridan ijtimoiy ishlab chiqarish bilan davlat o'rtasidagi mulkiy munosabatlarni tartibga solish, ularni muayyan doiraga kiritish chora - tadbiridir. Soliq huquqning asosiy vazifasi mulkchilik huquqini davlatning noqonuniy va cheklanmagan da'vo, talablaridan himoyalash, soliq to'lovchi bilan davlat manfaatlari muvozanatini saqlab turishdir. Soliq huquqining rivojlanishida ijtimoiy- iqtisodiy muhit Soliqqa tortishda yuzaga keladigan huquqiy munosabat qarz va qarzdor munosabatidir. Qarz va qarzdor munosabatining yuzaga kelishi uchun taraf mavjud bo'lishi kerak. Soliq munosabatlarida bu taraflardan biri soliq undiruvchi va ikkinchisi esa soliq to'lovchidir. Soliq undiruvchi - ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:14:45
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.97 MB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:00
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:14 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.97 MB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:00 ]
Arxiv ichida: ppt