Soliq tizimini boshqarish sohasida vakolatli organlar va ularning vazifalari

Soliq tizimini boshqarish sohasida vakolatli organlar va ularning vazifalari

O'quvchilarga / Huquq
Soliq tizimini boshqarish sohasida vakolatli organlar va ularning vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Soliq tizimini boshqarish sohasida vakolatli organlar va ularning vazifalari Reja: Davlat boshqaruvining markaziy va mahalliy organlari. Davlat boshqaruv organlarining vakolatlari xarakteri, pul bilan ta'minlash manbalari va faoliyatini hududiy ko'lamlari. Soliq tizimini boshqarish tushunchasi. Soliq sohasini boshqarishdagi vakolatli davlat organlari va ularning vazifalari. O'zbekiston Respublikasining soliq sohasi va davlat soliq xizmati organlarining faoliyati O'zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to'g'risida»gi 1997-yil 29-avgust qonuniga asosan tartibga solinadi. Davlat soliq xizmati organlari soliqlar, yig'imlar va boshqa tolovlarning toliq va o'z vaqtida byudjetga tushishini ta'minlash maqsadlarida tuziladi. O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi, Qoraqalpoglston Respubliqasi hamda Toshkent shahar davlat soliq bosh boshqarmalari, viloyatlar davlat soliq boshqarmalari, shuningdek tumanlar, shaharlar va shaharlardagi tumanlarning davlat soliq inspeksiyalari davlat soliq xizmati organlariga kiradi. O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi ilk bor O'zbe- kiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O'zbekiston SSR davlat soliq organlari haqida»gi 1991-yil 12-avgust qaroriga asosan tashkil etilgan bolib, keyinchalik o'z kuchini yo'qotdi va O'zbe- kiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasining Davlat soliq bosh boshqarmasini O'zbekiston Respublikasining davlat soliq qo'mitasiga aylantirish to'g'risida»gi 1994-yil 18-yanvar farmoniga asosan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi negizida O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi tashkil etildi hamda qo'mitaning nizomi va tuzilmalari tasdiqlandi. Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to'g'risida»gi 1997-yil 29-avgust qonuni, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to'g'risida» gi 1998-yil 12-yanvar qarori, «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to'g'risida»gi 200-yil 13-mart Qarori va «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni takomillashtirish to'g'risida»gi 200-yil 5-may qarorlari bilan qo'mita nizomi va tuzilmalari qayta tasdiqlandi. O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi soliqqa oid qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishini ta'minlash, davlatning iqtisodiy manfaatlari va mulkiy huquqlarini himoya qilish sohasida nazoratni amalga oshiruvchi davlat soliq xizmatining markaziy organi hisoblanadi. Quyidagilar Davlat soliq qo'mitasining vazifalari hisoblanadi: O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga va amaldagi boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq soliq tolovchilardan soliqlar, yig'imlar va boshqa majburiy tolovlar undirish yoli bilan davlat byudjetiga, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasiga va Respublika yol jamg'armasiga daromadlar to'liq hajmda tushishini ta'minlash; soliq tolovchilar tomonidan soliqqa oid qonunlarga rioya etilishi, soliqlar, yiglmlar va boshqa majburiy tolovlar to'g'ri hisoblab chiqilishi, ularning toliq va o'z vaqtida tolanishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish; soliq solish subyektlari va obyektlari toliq va o'z vaqtida hisobga olinishini ta'minlash, soliq tolovchilarni toliq qamrab olish va hisobga olish mexanizmini takomillashtirish; soliq solish bazasini kengaytirish, soliq sohasida huquq buzilishlarini aniqlash, ularga barham berish va ularning oldini olish bo'yicha kompleks tadbirlar olkazish yoli bilan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.49 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.49 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga