So'roq o'tkazish taktikasi Reja: 1. So'roq tushunchasi va ko'rsatuvlarning psixologik asoslari 2. So'roq o'tkazishga tayyorgarlik ko'rish 3. Jabrlanuvchi va guvohlarni so'roq qilish taktikasi 4. Gumon qilinuvchi va ayblanuvchilarni so'roq qilish 5. Yuzlashtirib so'roq qilish tartibi 6. Voyaga yetmagan shaxslarni so'roq qilish 7. So'roq natijalarini protsessual rasmiylashtirish So'roq tergovchi bilan jinoiy voqea haqida ma'lumot beruvchi shaxs o'rtasidagi o'zaro muloqotdir. Qonun talabiga ko'ra, tergovchi so'roq qilinuvchidan ko'rsatuv olish orqali ma'lumot to'playdi. Ma'lumki, so'roq vaqtida olingan ko'rsatuvlar jinoyat ishi bo'yicha dalil manbaining bir ko'rinishi hisoblanadi, to'plangan axborotlar esa jinoyatning ayrim holatlarini aniqlash uchun xizmat qiladi. Tergov amaliyotida jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilingan va ekspert mutaxassislarni so'roq qilish ko'proq uchraydi. So'roq o'tkazishning qonuniy asoslari O'zbekiston Respublikasi JPK 96-108-moddalari orqali tartibga solinadi. Gumon qilingan shaxslarni so'roq qilish tartibi JPK 109-113-moddalarida ko'rsatilgan. Guvoh va jabrlanuvchilarni so'roq qilish tartibi va usullari ushbu Kodeksning 114-124-moddalarida qayd qilingan. Kriminalistik taktik uslublarni qo'llash nuqtai nazaridan guvoh va jabrlanuvchilarning protsessual holati va huquqlari deyarli bir xil bo'lib, ularning holatlari o'xshashligi sababli bir usulda so'roq qilinadi. Lekin ushbu protsessual shaxslarning holatlarini ba'zi tomonlari e'tiborga olinib ularni so'roq qilishda turli uslubni qo'llash mumkin. Jumladan, gumon qilinuvchiga nisbatan jinoyat ishi yuzasidan hali aniq va asosli isbotlar bo'lmaganligi uchun uni faqat gumon qilingan shaxs sifatida so'roq qilinadi. Ayblanuvchi esa tergovchining unga nisbatan to'plangan dalillari asosida ayblanuvchi sifatida so'roq qilinadi va taktik uslublar mana shu holatlarga asosan qo'llaniladi. Guvoh bilan jabrlanuvchining protsessual holati deyarli bir xil, huquq va burchlari ham o'xshash. Lekin ayrim holatlar mavjudki, guvoh bilan jabrlanuvchi orasida ba'zi bir farq ham bordir. Jumladan, jabrlanuvchi jinoyat oqibatidan bevosita moddiy, ma'naviy va jismoniy zarar ko'radi, shuning uchun tergov natijasidan bir muncha manfaatdor. So'roq jarayonida jabrlanuvchi ko'rsatuv berishda voqeani to'g'ri va obyektiv yoritishiga uning shaxsiy adovati va psixologiyasi, ya'ni ruhiy holati ta'sir etishi mumkin. Guvohda esa bu xususiyatlar bo'lmaganligi uchun odatda xolis ko'rsatuv beradi. So'roq qilinuvchi shaxslar ko'rsatuvlarining shakllanishi murakkab jarayondir, chunki uni yuzaga kelishida his eta bilish va mantiqli fikrlashning turli shakllari ishtirok etadi. Shu sababli so'roq qilishda shaxsning ruhiy holatini, xususiyatlarini nazarda tutgan holda taktik uslublarni qo'llab, jinoyat ishiga tegishli ma'lumotlarni olish mumkin. Ko'rsatuvni qanday hosil bo'lishini, uning psixologik asoslarini bilish tergovchiga taktik uslublarni to'g'ri qo'llashga yordam beradi. Gumon qilinuvchi va aybdor, guvoh va jabrlanuvchilarning jinoyat ishida tutgan turli protsessual holati hamda tergov qilinayotgan shaxsning jinoyatdagi roliga qarab ularni so'roq qilishda farqlar mavjud. Ammo ko'rsatuvlarning tashkil topishida o'ziga xos umumiy psixologik qonuniyat ham bor, albatta. Tergov qilinayotgan jinoyat holatlarini qabul qilish, xotirada saqlab qolish va gapirib ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:14:45
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
79.79 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:00
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:14 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
79.79 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:00 ]
Arxiv ichida: doc