Sotsiologik tadqiqotlar

Sotsiologik tadqiqotlar

O'quvchilarga / Huquq
Sotsiologik tadqiqotlar - rasmi

Material tavsifi

Sotsiologik tadqiqotlar Reja: 1. Sotsiologik tadqiqotning maqsadi va vazifalari. 2. Sotsiologik tadqiqot usullari. 3. Sotsiologik tadqiqotlarni tashkil etish va o'tkazish usullari. 4. Sotsiologik tadqiqot natijalarini tahlil qilish va umumlashtirish. Tayanch iboralar Empirik, pilotanj, ilmiy matn, analitik muolaja, annotatsiya, sotsial eksperiment, gipoteza, sotsiometrlik so'rov, panel so'rov. 1-masala. Sotsiologiya fanini empirik sotsiologik tadqiqot jarayonisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Empirik so'zi qadimiy yunoncha bo'lib, tajriba manosini anglatadi. Empirik sotsiologik tadqiqot deganda, yangi dastur va uslubiyat bilan amaliy asosda ijtimoiy hayot hodisa va jarayonlar to'grisida olingan empirik ma'lumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish asosida zarur amaliy takliflar, tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Empirik sotsiologik tadqiqotda ijtimoiy faktlarni izlash, tasnif qilish, to'plash muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy fakt deganda, ilmiy asoslangan, muayyan vaqt davomida real ijtimoiy voqelikning alohida jihatlarini tasnif qilish orqali olingan ma'lumotlarga aytiladi. Hozirgi bozor munosabatlariga o'tish jarayonida jamiyatda ro'y berayotgan muhim o'zgarishlarni, kishilar o'rtasidagi munosabatlarni amaliy sotsiologik tadqiqotlarsiz ilmiy asosda o'rganib bo'lmaydi. Jamiyatni ilmiy boshqarish doimo amaliy sotsiologik tadqiqot natijalariga tayanmogi zarur. Mavjud ijtimoiy muammolarni hal etib borishda, jamiyatning ijtimoiy rivojlanishida va unga rejali prognoz berish bilan uni ilmiy asosda boshqarishda amaliy sotsiologik tadqiqot natijalari muhim vazifalarni bajaradi. Sotsiologik tadqiqotlarning sifat darajasini va samaradorligini oshirish uchun empirik ma'lumotlarning ishonchli ekanligini, ilmiy asoslanganligini ta'minlash uchun uning metodologik asosiga alohida etibor qaratilmogi lozim. Ushbu bo'limda amaliy sotsiologik tadqiqot ishlari olib borishning metodologiyasi, uslubiyati, asosiy usul va vositalari xususida to'xtalib o'tamiz. Amaliy sotsiologik tadqiqot jarayonini 4 asosiy bosqichga bo'lib qo'rsatish mumkin. Bu bosqichlarning har biri o'ziga xos xususiyatlarga va muhim jihatlarga egadir. Bular quyidagilardan iborat: 1. bosqich. Sotsiologik tadqiqotni tayyorlash va tashkil qilish: Amaliy sotsiologik vazifani belgilash va tadqiqot predmetini tanlash. Sotsiologik tadqiqot o'tkazish bo'yicha byurtma qabul qilish va uni o'tkazish bo'yicha shartnoma to'zish. Bajariladigan ishlar bo'yicha kalendar reja, texnik vazifalarni va byudjet (sarf qilinadigan xarajatlar smetasini) tuzish. Dastur ishlab chiqish. Tadqiqot uslubiyati, texnikalarni va vositalarini ishlab chiqish. 2. bosqich. Asosiy bosqich bo'lib, amaliy tadqiqot ishlari olib borish jarayonini o'z ichiga oladi: Sotsiologik tadqiqot tanlovini o'tkazish. Pilotaj. Dastlabki sotsiologik ma'lumotlarni yigish. Empirik ma'lumotlarning sifat va aniqlik darajasini nazorat qilish. 3. bosqich. Empirik ma'lumotlarni qayta ishlash: Olingan empirik ma'lumotlarni guruhlarga ajratish. Taqsimiy jadval tuzish. Empirik ma'lumotlarni kompyuterga kiritish va modellashtirish. 4. bosqich. Yakunlovchi bosqich bo'lib olingan ma'lumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish, ulardan ilmiy xulosalar chiqarish va amaliy takliflar, tavsiyalar ishlab chiqishni o'z ichiga oladi: Tadqiqot ma'lumotlarning dastlabki tasnifi va nazariy jihatidan fahmlamoq. Ilmiy-nazariy xulosalar, muayyan ilmiy-amaliy takliflar, tavsiyalar va tadbirlar ishlab chiqish. Berilgan vazifa bo'yicha ilmiy matnlar, hisobotlar tayyorlash. Germaniyalik sotsiologlar amaliy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.6 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.6 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga