Ctandartlashtirish, sertifikatlashtirish to'g'risidagi qonunlarning iste'molchilar huquqlarini himoya qilishdagi roli Reja: «Standartlashtirish to'g'risida»gi qonunning iste'molchilar huquqlarini himoya qilishdagi roli va ahamiyati «Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to'g'risida»gi Qonunlarning iste'molchilar huquqlarini himoya qilishdagi roli va ahamiyati «Standartlashtirish to'g'risida»gi qonunning iste'molchilar huquqlarini himoya qilishdagi roli va ahamiyati Bu qonunning iste'molchilar huquqlarini himoya qilishdagi rolini yaxshi tushunib etmoq uchun «Standart» nimaligini tushunib etmoq kerak. Standart - bu standartlashtirilayotgan obyektga kompleks me'yorlar, qoidalar, talablar ko'rsatilgan, nufuzli tashkilot tomonidan tasdiqlangan ilmiy-texnikaviy hujjat hisoblanadi. Demak, standart iste'molchilarning yuqori sifatli tovarlar sotib olishini kafolatlashda xizmat qiladigan muhim hujjat hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi FK ko'rsatilishicha iste'molchining asosiy va muhim huquqlaridan biri bu ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) lar tomonidan iste'molchilarga taqdim etilayotgan tovarlar natijalarining tegishli darajada sifatli bo'lishiga huquqlidir (FK ning 5-qismi 8-moddasi). Tovar (ish, xizmat) ning tegishli darajada sifatli bo'lishiga nisbatan talabalar birinchi galda ishlab chiqaruvchiga qaratilgandir. Shu o'rinda «sifat» degan iborani talqin etib o'tish joiz. Ko'plab olimlar unga turlicha ta'rif berishgan. Jumladan, Aristotel fikricha «sifat shunday mavjud turga xos alomatki, u bir mavjudlikni, uning turiga xosligini boshqa mavjudlikdan», yani «narsalarni taqqoslab baholashga oid xususiyatdir». Gegel esa, «shunday narsalar borki, o'zining sifatiga qarab borligini tasdiqlaydi», deb takidlaydi. Bundan to'rt asr ilgari ingliz geografii va tarixchi olimi R.Gaklyut barcha eksporterlarga qarata: «… Sizning mahsulotlaringiz sifati ishonchliligi boshidanoq sizning mahsulotingizga nisbatan ishonch uyg'otadi, ammo o'z vaqti bilan soxta va yolg'on mahsulotlar bu ishonchni yo'qotib, sizga va sizning mahsulotlaringizga nafrat hamda obro'sizlanishni (ishonchsizlikni) yuzaga keltirishi mumkinligini unutmang» deb tavsiya etgandi. Umuman olganda tovar (ish, xizmat) sifati - tadbirkorlik faoliyati foydaliligini belgilovchi muhim ko'rsatkich hisoblanadi. Demak, sifat bu birinchi galda farq, ikkinchi galda ishonch, uchinchi galda baho, to'rtinchi galda obro'ni belgilaydi. Sifat jihatidan talabga javob bermaydigan tovarlarni qabul qilish yoki qilmaslik borasida iste'molchiga keng huquqlar beriladi. Bunday qoidaning nazarda tutilishi, avvalo, iste'molchi sifatida tovar sotib oluvchi, ish, xizmatga buyurtma beruvchilarning manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Tovarning sifatini quyidagi jihatlar bilan belgilash mumkin: Sifatning oliy darajasi (foydalanish uchun yaroqlilik, ehtiyojni to'la qanoatlantirish xususiyati). Uzoq muddatliligi (chidamliligi). Tashqi ko'rinishi, shaklining chiroyliligi, jozibadorligi. Almashuvchanligi. Foydalanishga qulayligi, texnik xizmat ko'rsatishning va ta'mirlashning engilligi. Montaj (yig'ish) ning engilligi va ekspluatatsiyada qulayligi. Xavfsizlik ko'rsatkich. Xizmat ko'rsatishning kafolatlanganligi, boshqa jihatlari. Demak, sifatli tovar topshirish majburiyatini olgan ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) iste'molchiga yuqorida sanab o'tilgan talablarni o'zida aks ettirgan tovarni topshirishi kerak bo'ladi. Tovar, ish va xizmatning sifatini aniqlashning asosiy mezonlaridan biri - bu ushbu tovar, ish, xizmatning tegishli standartlarga mos kelishidir. Tovar, ish va xizmatni standartlashtirish tegishli tartibda davlatning vakolatli organlari tomonidan amalga oshiriladi. ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:14:45
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.27 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:01
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:14 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.27 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:01 ]
Arxiv ichida: doc