Statistik kuzatish materiallarini svodkalash va guruhlashtirish mutlaq va nisbiy ko'rsatkichlar Reja: Statistik svodkalash va guruhlash tushunchasi; Statistik guruhlashtirish turlari; Tipologik,tuzilmaviy yoki varriatsion, tahliliy (analitik) guruhlashtirish. Korrelatsion guruhlashtirish; Murakkab, ko'p o'lchamli, ikkilamchi guruhlashtirish; Statistik jadval elementlari; Statistik svodkalash va guruhlash tushunchasi. Statistik kuzatuvlar natijasida juda ko'p miqdorda har xil blank varaqa va formulyarlar yig'ilib qoladi, ularning har biri alohida yig'indi birligini va u uchun belgilangan alomatlarni xarakterlaydi. Statistik kuzatuvlar, yuqorida ko'rsatilganidek bizga hali qayta ishlanishi va guruhlanishi kerak bo'lgan bir talay ishlanmagan, hali xom bo'lgan materiallarni beradi. Shu asosda hisob-kitob yo'li bilan o'rganilayotgan yig'indining o'ziga xos bo'lgan tipik ko'rinishi keltirib chiqariladi. Ma'lumotlarni bir tizimga solish, qayta ishlash - svodkalash (jamlash) deb ataladi. Statistik ma'lumot - bu dastlabki statistik ma'lumotlarni hisoblab, alohida birliklarni xulosalash va ularni bir to'plam yoki yig'indi (masalan Respublikada sudlanganlar soni) holiga keltirishdir. Shuni aytish kerakki, statistik ma'lumot, to'g'ri qurilgan guruhlarga asoslanganidagina effektiv tarzda amalga oshirilishi mumkin. Gap shundaki, kuzatilayotgan hodisalar qonuniyatini o'rnatish va o'lchash faqat ularning to'plamlarini sifatli bir tomonlama guruhlarga bo'lib o'rgangandagina mumkin. Faqat shunday guruhlarnigina xulosalash va umumlashtirvchi ko'rsatkichlari bilan xarakterlash mumkin. Vaholanki, statistik kuzatuv yakunida dastlabki ma'lumotlar yig'iladi va odatda ular sifatiga nisbatan har xil birliklarga tegishli bo'ladi va shu sababli birinchi o'rinda birliklarni bir biridan chegaralab, bir xil bo'lgan, bir ko'rinishda bo'lgan guruhlarga bo'lish kerak. Statistik kuzatuvning ikki bosqichi - statistik kuzatuv ma'lumotlarni tizimlashtirish va ilmiy tahlil qilishdir. Bu statistik svodkalash deb aytiladi. Agar ma'lumotlar noto'g'ri tahlil etilsa, statistik kuzatuv ma'lumotlari o'zining haqiqiy xarakterini yo'qotishi mumkin. Shuning uchun ularni shunday qayta ishlab chiqish kerakki, javob aniq, obyektiv, ommaviy kuzatuv natijalariga asoslangan bo'lishi kerak. Statistik svodkalash mazmuni bu dastlab statistik kartochka, ro'yxat, anketada mavjud materiallar muayyan tartibga keltiriladi, tizimlashtiriladi, ular bir natija, birlashtirilgan statistik ko'rsatgichlar bilan xarakterlanadi. Svodkalash natijasida biz katta faktik, har tomonlama ijtimoiy-huquqiy birlikni tizimlashtirilgan ma'lumotlarni olamiz. Bunga erishish uchun svodkalash muayyan programma asosida o'tkazilishi kerak. Programmalarning belgilariga qarab guruhlarga tomonlamaligi, doirasi va sifatiga e'tibor berish kerak. Shakliga ko'ra, statistik svodkalash markazlashtirilmagan - joylarda o'tkazilgan svodkalash, masalan IIV, Prokuratura, Soliq organlari va sudning eng quyi ajratilgan ma'lumotlar kiritiladi. Bunday programmalar jadvalning maketi sifatida bo'lib statistik ko'rsatgichlar kuzatuv jarayonida to'ldirib borilishi mumkin. Markazlashtirilgan svodkalash faqat markazda amalga oshiriladi. Aralash svodkalash dastlab tumanda keyin shaharda so'ngra markazda amalga oshiriladi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarda svodkalashning aralash shakli keng tarqalgan. Svodkalashning tarkibiy elementlari: jinoyat yoki boshqa ijtimoiy-huquqiy holatni butun va alohida guruhlarini aks ettiruvchi ko'rsatgichlar tizimini tashkil etish; olingan ma'lumotlarni tizimli guruhlashtirish; guruh va umumiy natijalarni hisoblash; ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:14:45
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.62 KB
Ko'rishlar soni
61 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:01
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:14 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.62 KB
Ko'rishlar soni
61 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:01 ]
Arxiv ichida: doc