Sud-huquq islohotlari davrida fuqarolik protsessual kodeksini takomillashtirishning ayrim masalalari Har bir mamlakatning kelajagi va istiqboli unda qonun ustuvorligini qanchalik kafolatlanganligi bilan chambarchas bog'liqdir. qonun-jamiyat taraqqiyotining asosiy sharti hisoblanadi. Shu ma'noda jamiyatdagi har bir shaxsning turmush tarzi qonunga muvofiq bo'lishi lozim. O'z navbatida qonun fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilmog'i, ularning tinch va osuda hayotini ta'minlashi kerak. Mustaqillik tufayli xalqimizning ruhiga mos Konstitutsiyamizga, davlat tilimizga, urf-odatlarimiz va an'analarimizga ega bo'ldik. O'tgan davr mobaynida juda katta yutuqlarga erishdik. yaqin o'tmishimizni eslaylik, solishtirib ko'raylik, dunyoqarashimiz, bilimimiz, ma'naviyatimiz benihoya o'zgardi. Onggimiz, milliy g'ururimiz yuksaldi. Boshlangan iqtisodiy islohotlar, huquqiy islohotlar o'z samarasini bera boshladi. Konstitutsiyada sud hokimiyatiga to'la mustaqillik berilganligi, sudyalarning faqat qonunga bo'ysunishlari, ularga qonun darajasida erkin faoliyat olib borish huquqining berilishi davlatchiligimizning demokratik tamoyillarga asoslanganligi natijasidir. Konstitutsiyada belgilanganidek, «Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirishi borasidagi faoliyatiga biron bir tarzda aralashishga yo'l qo'yilmaydi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo'ladi. Sudyalarning daxlsizligi qonun bilan kafolatlanadi». Ma'lumki, davlat va jamiyatning obro'si o'sha davlatda mavjud bo'lgan sud va sudyalarning qonun talablariga og'ishmasdan amal qilishlariga, qabul qilingan har qanday qarorlar qonun normalariga nechog'lik mos kelishiga bevosita bog'liqdir. Darhaqiqat, qonunlarimiz meyerida bo'lsa-yu, sud tizimida ishlovchilar uning normasiga mos qaror qabul qilmasa yoki boshqacha tadbiq qilinsa, yo'l qo'yilgan nuqsonlar, avvalo, sud tizimining obro'siga putur yetkazadi. Sud obro'siga putur yetkazilishi ayni zamonda davlat va jamiyat obro'siga putur yetkazilishi, deb qaralishi kerak. Hozirgi vaqtda jamiyat taraqqiyotining barcha sohalarida tub islohotlar amalga oshirila boshlandi. Shunday islohotlardan biri sud tizimini ixtisoslashtirishdir. Bu sohada O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 200 yil 14 avgustda «Sud tizimini takomillashtirish to'g'risida»gi Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmon O'zbekistonda sud tizimini isloh qilish va jahon andozalariga javob beradigan sud tizimini vujudga keltirishga qaratilgan muhim qadam bo'ldi. Unga ko'ra, fuqarolik hamda jinoyat ishlarini ko'ruvchi sudlar tashkil qilindi. Endilikda biz rivojlangan mamlakatlar sud tizimini, amaliyotini o'rganib, o'zimizga joriy qilishimiz lozim bo'ladi. Masalan, Germagiya Federativ Respublikasida umumiy (jinoiy va fuqarolik ishlari bo'yicha) sudlardan tashqari, maxsus ixtisoslashtirilgan sudlar tizimi mavjud bo'lib, ularga ma'muriy sudlar, mehnat nizolari bo'yicha sudlar, moliyaviy sudlar, oila sudlari, savdo-sotiq hamda ijtimoiy masalalar bo'yicha sudlar tashkil qilingan. Prezidentimizning ushbu Farmoni sud tizimini isloh qilishning debochasi bo'ldi. Hozirgi kunda sudlarni ixtisoslashtirishimiz uchun bir qator ishlarni amalga oshirishimiz lozim bo'ladi. Hozirgi kunda, mustaqil sudga erishish uchun hozircha to'liq tayyor emasligimizni ham hisobga olish kerak, chunki amalga oshirilayotgan tadbirlar o'tish davri islohotlaridir. Shu tufayli sud islohotni bir necha bosqichda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Birinchi navbatda, uning barcha konsepsiyalarini chuqur o'rganish va muhokama qilish rejasini o'ylab ko'rish; ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:14:45
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
40.65 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:01
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:14 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
40.65 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:01 ]
Arxiv ichida: doc