Sud - huquq islohotlari davrida O'zbekiston Respublikasi jinoyat qonunini liberallashtirish tushunchasi maqsadi va asosiy yo'nalishlari

Sud - huquq islohotlari davrida O'zbekiston Respublikasi jinoyat qonunini liberallashtirish tushunchasi maqsadi va asosiy yo'nalishlari

O'quvchilarga / Huquq
Sud - huquq islohotlari davrida O'zbekiston Respublikasi jinoyat qonunini liberallashtirish tushunchasi maqsadi va asosiy yo'nalishlari - rasmi

Material tavsifi

Sud-huquq islohotlari davrida O'zbekiston Respublikasi jinoyat qonunini liberallashtirish tushunchasi, maqsadi va asosiy yo'nalishlari Reja: 1. Kirish 2. Jinoyat qonunini liberallashtirish tushunchasi, asosiy yœnalishlari 3. O'lim jazosini bekor qilish - jinoyat qonunini liberallashtirishning asosiy yo'nalishi sifatida Malumki, O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng huquq ijodkorligi faoliyati jadallik bilan rivojlana boshlandi. Qonun chiqaruvchi o'zbek xalqining tarixiy rivojlanish xususiyati va mahalliy huquqiy an'analaridan kelib chiqib, mamlakatning yangi huquqiy institutlar tizimini va normativ negizini takomillashtirishga kirishdi. Bu borada qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining Jinoyat qonuni shular jumlasidandir. Jinoyat qonuni O'zbekiston Respublikasi Oliy davlat hokimiyati organi - Oliy majlisning normativ (me'yoriy) hujjati bo'lib, u jinoyat huquqining umumiy prinsiplari va vazifalari, ayrim jinoiy qilmishlarning belgilari, ularni sodir etganlik uchun jazo choralarini belgilaydi. O'zbekiston Respublikasining amaldagi jinoyat qonuni 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan bo'lib, 1995 yil 1 apreldan kuch kirgan. Jinoyat qonuni - tarixiy o'zgaruvchan kategoriya, chunki ijtimoiy ishlab chiqarishning uzluksiz ravishda rivojlanishi, ishlab chiqarish va boshqa ijtimoiy munosabatlarning doimiy ravishda mukammalashib, rivojlanib borishi, jamiyat hayotining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va g'oyaviy jihatdan o'zgarib borishi, o'z navbatida, jinoyat qonunchiligida o'zgarishlar yuz berishiga olib keladi.1 Darhaqiqat, O'zbekiston Respublikasining amladagi Jinoyat kodeksi Respublika mustaqillikka erishgandan keyin qabul qilingan dastlabki Jinoyat kodeksi bo'lib, u oldingi qonunlardan tub farq qiladi. Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat qonuni - qonun chiqaruvchi Oliy davlat hokimiyati organi Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, umum etirof etilgan xalqaro huquqiy normalar asosida qabul qilingan huquqiy akt hisoblanadi; - u o'zining vazifalari, prinsiplari, maqsadi bilan oldingi qonunlardan tubdan farq qiladi; - amaldagi Jinoyat qonuni, eng avvalo, inson huquqlari eng oliy qadriyat ekanligini tan olib, ularni kafolatlashni nazarda tutadi; - huquqiy-demokratik davlatda jinoyat qonuni davlatning jamiyatni sog'lomlashtirish, xalqning o'zi tomonidan amalga oshiriladigan haqiqiy xalq hokimiyatini shakllantirishga qaratilgan jinoyatga oid siyosatning quroli bo'lib xizmat qiladi; - umumiy huquq tizimida jinoyat qonuni alohida o'rin egallab, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solibgina qolmasdan, balki ularni huquqqa xilof tajovuzlardan ham himoya qiladi; - jinoiy javobgarlikning asoslari va prinsiplarini mustahkamlab, jinoyat huquqining umum qoidalarini ishlab chiqadi; - qanday ijtimoiy xavfli qilmishlar(harakat yoki harakatsizlik) jinoyat ekanligini va jinoyat sodir qilgan shaxslarga nisbatan qanday jinoiy ja'zolar tayinlanishi mumkinligini belgilab, muayyan huquqiy shartlar mavjud bo'lgan insonparvarlik, odillik prinsiplaridan kelib chiqqan holda, jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilishni nazarda tutadi; - fuqarolarni O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa qonun talablariga rioya qilish ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Yuqoridagilar bilan birga, O'zbekiston Respublikasining amaldagi jinoyat qonuni jinoyat huquqining yagona manbai hisoblanadi. Zero, jinoyat huquqining normalari faqat Jinoyat qonunida mujassamlashgan bo'lib, qilmishning jinoiyligi va jazoga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 46.53 KB
Ko'rishlar soni 74 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 46.53 KB
Ko'rishlar soni 74 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga