Sud-huquq islohotlari va jinoyat qonunini liberallashtirish masalalari Kirish……5 1-bob. Sud-huquq islohotlari davrida O'zbekiston Respublikasi jinoyat qonunini liberallashtirish tushunchasi, maqsadi va asosiy yo'nalishlari……8 1.1. O'zbekiston Respublikasi jinoyat qonunini liberallashtirish tushunchasi va asosiy yo'nalishlari……8 1.2. O'lim jazosini bekor qilish - jinoyat qonunini liberallashtirishning asosiy yo'nalishi sifatida……20 2-bob. Jinoyat va jazo tayinlash to'g'risidagi qoidalarni liberallashtirish masalalari……37 2.1. Jinoiy jazo choralarini liberallashtirish……37 2.1. Jinoyat uchun jazo tayinlash qoidalarini liberallashtirish…62. 2.2. Jinoiy javobgarlikdan va jazodan ozod qilish qoidalarini liberallashtirish masalalari……83 2.3. Voyaga yetmaganlarning javobgarligi to'g'risidagi qoidalarni liberallashtirish……102 Xulosa ……114 Foydalanilgan adabiyotlar……120 Kirish Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish har bir demokratik davlatning ustuvor vazifasidir. Bu borada Respublikamiz Konstitutsiyasi qabul qilinishi munosabati bilan insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish maqsadi belgilanib, unda inson huquqlari va davlat suvereniteti g'oyalariga, shuningdek, demokratiya va ijtimoiy adolatga sodiqlik elon qilingan, xalqaro huquqning umum etirof etilgan qoidalarining ustunligi tan olindi. Mazkur prinsiplardan kelib chiqib, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning bevosita rahbarligi va tashabbusi asosida hayotning barcha sohalarini isloh qilish, liberallashtirish, qonunchilikni takomillashtirish borasidagi choralar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Bu borada O'zbekiston Respublikasi jinoyat qonunini isloh qilish, uni liberallashtirish, hozirgi kun talabiga muvofiqlashtirish zarurati asosiy masalalardan biri sifatida namoyon bo'ldi. Zero, jinoyat-huquqiy sohani liberallashtirishning bosh maqsadi - O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning «Adolat - qonun ustuvorligida1» deb nomlangan nutqida belgilab berilganidek, - inson omili bo'lib, davlatning jinoyatchilikka qarshi kurashdagi odil siyosati orqali adolat hamda qonun ustuvorligini ta'minlashdan iborat. Mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov tomonidan ilgari surilgan ushbu insonparvar g'oyalar, o'z navbatida, jinoiy javobgarlik, jazo tizimi va uning turlari, jinoyat uchun jazo tayinlash qoidalarini takomillashtirishga tanqidiy jihatdan yondashishga xizmat qilib, jazoning aniq turlari uchun o'rnatilgan normalarni tubdan qayta ko'rib, isloh qilish va ularni takomillashtirishni taqozo etdi. Zero, bulardan ko'zlangan asosiy maqsad - «jamiyatimizni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir».2 O'zbekiston Respublikasining 2001 yil 29 avgustdagi «Jinoiy jazo choralarini liberallashtirish munosabati bilan Jinoyat kodeksi, JPK va MJTKlarga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish to'g'risida»gi qonuni O'zbekiston Respublikasining jinoyat va jazo to'g'risidagi qonunchiligini takomillashtirish, uni liberallashtirish borasida fundametal asos bo'lib xizmat qiladi1. Aynan ushbu qonun asosida mamlakatimizda huquqiy tizimni erkinlashuviga olib kelgan bir qator qonunlar qabul qilindi. Bu borada o'lim jazosining bekor qilinishi va uning o'rniga umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosining joriy etilishi2, jarima tariqasidagi jinoiy jazoni ijro etish tartibini takomillashtirish borasida uni ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirish mumkinligi to'g'risidagi qoidaning mustahkamlanishi3, tamom bo'lmagan jinoyatlar uchun jazo tayinlashning alohida qoidalarining ishlab chiqilishi4, shuningdek, amnistiya aktini qo'llash tartibi takomillashtirilishi5 haqidagi va boshqa qonunlar shular jumlasidandir. ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:14:45
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
101.71 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:01
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:14 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
101.71 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:01 ]
Arxiv ichida: doc