Sud - huquq islohotlarini rivojlantirishda jinoiy jazo tizimining o'rni

Sud - huquq islohotlarini rivojlantirishda jinoiy jazo tizimining o'rni

O'quvchilarga / Huquq
Sud - huquq islohotlarini rivojlantirishda jinoiy jazo tizimining o'rni - rasmi

Material tavsifi

Sud-huquq islohotlarini rivojlantirishda jinoiy jazo tizimining o'rni Har qanday demokratik islohotlarning izchillik bilan hayotga tatbiq etilishi, davlat huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida qonuniylik prinsipining joriy qilinishi qonunda sodir etgan shaxslarga qanday jazo qo'llanishi kerakligi haqida aniq ta'rif bo'lishini talab etadi. Bunday shaxsga nisbatan davlat majburlovining har qanday chorasi emas, balki amaldagi jinoyat qonunida ko'zda tutilgan jazo qo'llanilishi lozim bo'ladi. Jinoyat qonuni normalarini tatbiq etish nazariyasi va amaliyotda ijtimoiy xavfli qilmish uchun ja'zolar ro'yxati (jazo tizimi) ga katta ahamiyat beriladi. Shu bois jinoyat Kodeksining umumiy qismida shaxs kafolatlarini ta'minlovchi jazo tizimda nazarda tutilgan, chunki jinoyat qonunida ko'zda tutilgan muayyan ja'zolargina jinoyatchilikka qarshi kurashda tanlanishi hamda jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan qo'llanilishi mumkin. Jazo tizimi jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxsga nisbatan sud tomonidan tayinlanishi mumkin bo'lgan va og'irligiga qarab jinoyat qonunida tegishli tartibda belgilangan jazo turlarining batafsil ro'yxatidir. Yangi tizim avval amalda bo'lgan va og'irroq jazodan uncha og'ir bo'lmagan jazoga o'tish prinsipiga tayangan jazo tizimidan farqli o'laroq, «uncha og'ir bo'lmagan jazodan og'irroq jazoga o'tish» prinsipiga asoslandi. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 43-moddasida jinoyat qonunida nazarda tutilgan ja'zolar muayyan tartibda joylashtirilgan bo'lib, jazo tizimini tashkil qiladi. Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jazo turlari ularning og'irlik darajasiga qarab muayyan tartibda joylashtirilgan qa'tiy ro'yxati jazo tizimi deb aytiladi. Kriminalist olim M.X.Rustamboyev jazo tizimiga quyidagicha ta'rif bergan jazo tizimi yengilidan og'iriga qarab joylashtirilgan jazo turlari yig'indisidir. Jazo tizimi jinoyat huquqining umumiy prinsiplariga asoslanadi, bu prinsiplar: qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi, demokratizm, insonparvarlik, odillik, ayb uchun javobgarlik, javobgarlikning muqarrarligi prinsiplariga asoslanadi. O'zR JKning 43-moddasida berilgan jazo tizimi rasmiy bo'lib, o'rni, nomlanishini erkin ravishda o'zgartirilishi mumkin emas. 43-moddadagi jazo tizimida har bir jazoning nomi tartib raqami, muayyan tartibda joylashtirilgan o'rni bor. Ularning joylashgan o'rni, nomini o'zgartirish faqat O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qabul qilgan tegishli qonuni bilangina amalga oshiriladi. Jazo tizimi tushunchasi o'zida bir qator belgilarni nazarda tutadi. Jumladan: jazo tizimida nazarda tutilmagan birorta majburlov chorasi, jinoiy jazo sifatida tayinlanishi mumkin emas, ja'zolarning turlari, qo'llanish turtibi va asoslari faqat jinoyat qonunidagina belgilangan bo'lib, jazo tizimidagi ja'zolarning ro'yxati sudlar uchun majburiy hisoblangan. Jazo tizimining ancha yengil turidan og'irroq turiga o'tish asosida qurilishi jinoyat huquqida odillik, tenglik, insonparvarlikni aks ettiruvchi gumanizm prinsiplari taraqqiy etishidan dalolat beradi. Bevosita qonunning o'zida jazoning alohida turlarini qo'llash shartlari, chegalari va qoidasi ko'rsatilgan bo'lib, bu esa jinoyatchilikka qarshi kurash siyosatining bir xil bo'lishini ta'minlaydi. Jazo tizimida jinoyat huquqining asosiy prinsiplari o'z aksini topgan. Demak, har bir jinoyat qonunning jazo tizimi umume'tirof etilgan prinsiplarga asoslanishi va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 54.28 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 54.28 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga