Sud-huquqiy tizimini liberallashtirish marralari Mamlakatimizda izchillik va sobit qadamlik bilan amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar ijtimoiy-siyosiy va davlat - huquqiy hayotning barcha sohalarini qamrab oldi va bu jarayon ijobiy natijalar bermoqda. Pirovard maqsadi - huquqiy davlat va adolatli jamiyat barpo etish bo'lgan ushbu islohotlar Respublikaning sud-huquqiy tizimida ham samarali kechmoqda. Davlatimiz rahbari Islom Karimov Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi va Prezident Devonining O'zbekiston mustaqilligining 16 yilligiga bag'ishlangan qo'shma majlisdagi dasturiy ma'ruzasida mustaqil davlat tarzidagi taraqqiyot davrimizni ikki muhim bosqichga bo'ldi. Dastlabki bosqichda (1991 - 200 yillar) xalqimizning tarixan shakllangan milliy va madaniy xususiyatlarini hisobga olgan holda siyosiy demokratiya va erkin iqtisodiyotga erishishning, yangi davlat va jamiyat barpo etishning oqilona strategiyasi ishlab chiqildi. Mustaqil sud hokimiyatini qaror toptirish mazkur strategiyaning, islohotlar dasturining muhim tarkibiy bo'g'ini bo'ldi. Prezidentimiz takror va takror ta'kidlaganlaridek, sudlarni jazolovchi va faqat davlat manfaatlarini himoya qiluvchi organdan qonun ustuvorligini va inson huquqlari himoyasini ta'minlovchi organga aylantirishga qaratilgan yaxlit sud hokimiyati tizimini shakllantirish markaziy vazifa etib belgilandi. Sud hokimiyatining nufuzi va ahamiyati shundaki, avvalo, sudlov davlat nomidan amalga oshiriladi; sudlov maxsus tashkil etilgan idora tomonidan amalga oshiriladi; sudya faqat qonunga bo'ysunadi; sud hokimiyati siyosiy partiyalar va boshqa davlat hokimiyat organlaridan mustaqildir; sud funksiyalari o'ziga xos, faqat ugina davlat nomidan majburlov va jazolash funksiyasini ado eta oladi; sud qarorlari qat'iy va barcha uchun majburiydir. Sud hokimiyati - davlat hokimiyatining alohida tarmog'i bo'lsa, odil sudlov - davlat faoliyatining muhim yo'nalishlaridan biri fuqarolarni sud yordamida muhofazalash, ularni ijtimoiy himoyalashning oliy konstitutsiyaviy shaklidir. Sud hokimiyati - sud tomonidan fuqarolik, xo'jalik, ma'muriy va jinoyat ishlarini ko'rib chiqish, nizolarni huquqiy hal etish orqali namoyon bo'ladi. Bunda sud fuqarolar, korxona, muassasa va tashkilotlarning huquq va qonuniy manfaatlariga ta'sir etish; jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topish, jinoyat ishi bo'yicha jazo tayinlash; shaxsni sud tartibida ayrim huquqlardan, mulkdan, shaxsiy huquq va erkinliklardan mahrum etish yoki ularni cheklash; adolatni ta'minlash va o'rni kelganda shaxsning aybsizligini isbotlab, hukm chiqarish kabi faoliyatida qonunni qo'llash bilan shug'ullanadi. Demokratiyaning ulkan yutug'i sifatida birinchi bosqichda mamlakatimiz tarixida ilk bor Konstitutsiyaviy sud qaror topdi, yangi mazmundagi umumiy yurisdiksiya sudlari, xo'jalik sudlari va hakamlik sudlari joriy etildi. Sudlar to'g'risidagi qonun, Jinoyat kodeksi, Jinoyat - protsessual kodeksi, odil sudlovga oid boshqa qonunchilik bazasi vujudga keltirildi. Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sudlar faoliyatining asosiy mazmuniga aylandi. Sud jarayonida ayblov va himoyaning tengligini ta'minlashning ta'sirchan huquqiy mexanizmlari yaratildi. Fuqarolarning sud himoyasiga bo'lgan konstitutsiyaviy huquqlari kafolatlandi. Sud islohotlari jarayonida jinoyat va fuqarolik ishlarini ko'ruvchi sudlarning ixtisoslashuviga asos solindi. Jinoyat ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:14:45
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
39.24 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:01
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:14 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
39.24 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:01 ]
Arxiv ichida: doc